Ko`p ekiladigan navlarning oziqlanish maydonini aniqlash. Tugunak vazniga ko`ra uni ekish meyori Reja
Karbonat angidrid gazi (dioksid SO2)
Download 27.45 Kb.
|
Ko`p ekiladigan navlarning oziqlanish maydonini aniqlash. Tugunak vazniga ko`ra uni ekish meyori
Karbonat angidrid gazi (dioksid SO2) o‘simliklarning
organik moddalarni sintez qilishida eng zarur vosita hisoblanadi. O‘simlik quruq biomassasining 40 foizini fotosintez jarayonida singdirilgan uglerod tashkil etadi. Inson ishlab chiqarish jarayonida havo tarkibidagi karbonat angidrid gazini ko‘paytiradi, bu asosan yirik shaharlar va ishlab chiqarish korxonalari atrofida sodir bo‘ladi. 1 gektar maydonda o‘sayotgan o‘simliklar har kuni 500-550 m3 karbonat angidrid gazini o‘zlashtiradi, buning uchun ular tarkibida 0,03 foiz karbonat angidridi bo‘lgan 1 million m3 havoni o‘zlashtirish kerak. Havoni karbonat angidrid gazi bilan to‘yinishi uning tuproqdan ajralishi va havo harakati hisobiga sodir bo‘ladi. Organik o‘g‘it solingan va mikroflorasi yaxshi 1 ga yerdagi tuproqdan sutka mobaynida 500 kg karbonat angidrid gazi ajralib chiqadi, go‘ng solinmagan maydonlarda esa uning miqdori 7-12 marta kam bo‘lib, bunday tuproqda o‘sayotgan o‘simliklar oziq moddaning hamda karbonat angidrid gazining yetishmasligidan qiynalib o‘sadi. O‘simliklarni bu gaz va oziq moddalar bilan ta’minlashga tuproqqa organik o‘g‘it solish va erga sifatli ishlov berish bilan erishiladi. Karbonat angidrid gazini ko‘p ajralib chiqishiga o‘g‘itlarni qo‘llash tizimi, sug‘orish, mulchalash, qator oralariga ishlov berish va tuproqning suv- havo tartibotiny tizimli olib borish ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Havo tarkibidagi 0,03 % karbonat angidrid gazi o‘simlik uchun yetarli emas, uning miqdori 0,1-0,3 %ga etkazilsa fotosintezning jadalligi oshadi va o‘simlik hosildorligi ko‘payadi. CO2 kontsentratsiyasi 0,23 %ga yetkazilganda bodring hosili 21- 27 va pomidorniki esa 27-32 %ga ko‘paygan. O‘simliklar maqbul sharoitda o‘sib, barglari yaxshi rivojlangan va Yorug‘lik yetarli bo‘lsayu, lekin karbonat angidrid gazi yetishmasa ular majruh bo‘lib qoladi. Bir gektar 37 himoyalangan yerda o‘sayotgan sabzavot o‘simliklari oftobli kunlarda sutkasiga 700 kg karbonat angidrid gazini o‘zlashtiradi. Ammo texnik usulda isitiladigan zamonaviy issiqxonalar tuprog‘idan sutka mobaynida 250-500 kg karbonat angidrid gazi ajraladi. Bu o‘simliklar uchun yetarli emas. Yetishmaydigan gaz miqdorini issiqxonani shamollatish hisobiga qoplash ham mumkin emas. Shuning uchun issiqxona havosini karbonat angidrid gazi bilan to‘yintirishning turli usullari qo‘llaniladi (oziqlantiriladi, go‘ng solinadi). Karbonat angidrid gazi havo tarkibida me’yoridan oshib, 1 foizga etsa, u o‘simliklarga salbiy ta’sir etadi. Gazning ko‘payib ketishini ko‘p hollarda o‘simlik ildiz tizimi sezadi. Tuproqning zichlashib qolishi va qatqaloq hosil bo‘lishi unda havo almashinuvini yomonlashtiradi. O‘simlik ildiz tizimiga kislorod yetishmaydigan holatda CO2 kontsentratsiyasi ortib ketishi o‘simlikning yer ostki qismiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun o‘simliklar qator orasiga kultivatorlar yordamida o‘z vaqtida ishlov berilib, qatqaloqlar yo‘qotilishi kerak. Shundagina o‘simlikning ildiz qismini kislorod bilan yetarli darajada ta’minlash va shu qatlamdagi ortiqcha CO2 gazining chiqib ketishi uchun sharoit yaratiladi. Issiq kunlarda issiqxonalarda Yorug‘lik yetishmaydigan bo‘lsa ham SO2 gazi kontsentratsiyasi ko‘payib ketishi mumkin. Issiqxona tuproq aralashmasi tarkibida kalsiy moddasi ko‘p bo‘lganda SO2 gazi kontsentratsiyasi me’yoridan ortiq bo‘lishi hisobiga o‘simliklar nekroz kasalligi bilan zararlanadi va barglari sarg‘ayib ketadi. Meva-sabzavotlar saqlashda foydalaniladigan maxsus havo tarkibi boshqariladigan xonalar havosi tarkibida karbonat angidrid gazi 3-20 % bo‘lsa turli xilda zararli mikroorganizmlarning mahsulotlarga salbiy ta’sir qilishidan saqlaydi. 38 Download 27.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling