Ko`p ekiladigan navlarning oziqlanish maydonini aniqlash. Tugunak vazniga ko`ra uni ekish meyori Reja


Download 27.45 Kb.
bet2/9
Sana04.02.2023
Hajmi27.45 Kb.
#1161434
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ko`p ekiladigan navlarning oziqlanish maydonini aniqlash. Tugunak vazniga ko`ra uni ekish meyori

O‘rta Yorug‘sevar: oqbosh, xitoy, pekin gulkaramlari hamda sabzi, petrushka, selderey, piyoz, sarimsoq, salat, ismaloq, no‘xatlar Yorug‘likka ehtiyoji kamroq bo‘ladi. Bu ekinlar uchun kun uzunligi 8-9 soat, Yorug‘lik kuchi 20-30 ming lyuks bo‘lishi maksimal, 5 ming lyuks bo‘lishi esa minimal hisoblanadi.
Yorug‘lik kuchi 2400 lyuks bo‘lganda bodring, 1100 lyuks bo‘lganda esa loviya gullashi mumkin.
Ildizmevasi, ildizi, piyoz boshchasi tarkibidagi oziq moddalar hisobiga bargli hosil beradigan petrushka, selderey, piyoz va sarimsoq kabi sabzavotlar Yorug‘likka eng kam talabchan hisoblanadi. Bu o‘simliklarning barra mahsuloti uchun kun uzunligi 5-6 soat va Yorug‘lik kuchining jadalligi 0,5-2 ming lyuks bo‘lishi yetarli hisoblanadi.
Ayrim o‘simliklar qorong‘ulikda tez o‘sadi, Yorug‘lik esa ularning o‘sishini sekinlashtiradi. Masalan, rovoch, sikoriy va sparja qorong‘i joyda yetishtiriladi. Pishib etilmagan bryussel karami va gulkaramlarni qorong‘i joyda to‘liq etiltirish mumkin.
Shampinion va qo‘zqorinlar Yorug‘likka umuman zaruriyat sezmaydi.
Markaziy Osiyoda yoz faslida Yorug‘lik kuchi 60 ming lyuksga etadi. O‘rta kengliklarda qish faslining bulutsiz kunlarida Yorug‘lik jadalligi 5 ming lyuksdan oshmaydi, bu ko‘rsatkich issiqxonalarda ochiq maydondagiga nisbatan bir yarim – ikki barobar kamdir.
33
O‘sish va rivojlanish bosqichlarida sabzavot o‘simliklari Yorug‘likka nisbatan turlicha munosabatda bo‘ladi. Urug‘lar una boshlashda Yorug‘likni talab etmaydi, ammo nihollarning hosil bo‘lishi davrida quyosh nuri ko‘p talab etiladi. Bu davrda Yorug‘lik yetishmasligi nihollar nobud bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Yorug‘lik yetishmagan sharoitda o‘simliklar bir necha dona chinbarglarini hosil qilishi mumkin, lekin bu holat, o‘z navbatida, o‘simlikni kuchsizlantiradi. Generativ organlar hosil bo‘lishi davrida o‘simliklar Yorug‘likni yetarli bo‘lishini talab etadi. Agar bu davrda Yorug‘lik yetishmasa g‘uncha, gul va hosil bo‘lgan mayda mevalar (tugunchalar) to‘kila boshlaydi, Yorug‘likka talabi susayadi. Chunki shakllangan organlar o‘simlikning barg, poya va ildiz qismlaridagi organik birikmalar hisobiga etilib qoladi. Gulkaram hosili shakllanayotgan paytda Yorug‘lik unga salbiy ta’sir etadi karamboshchasi qo‘ng‘ir ko‘kimtir rangga kirib, iste’molga yaroqsiz bo‘lib qoladi.

Download 27.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling