Ko’p kriteriyali masalalar
Ko‘p kriteriyali optimizatsiya masalalarining muammolari va yechish usullarini sinflash
Download 30.16 Kb.
|
o\'yinlar nazariyasidan mustaqil ta\'lim1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Interaktivlik
Ko‘p kriteriyali optimizatsiya masalalarining muammolari va yechish usullarini sinflash
Ko‘p kriteriyali optimizatsiya masalalarini yechish davomida maqsadlarning aniqmasligi va o'lchamsiz kriteriyalarga o‘tish kabi o‘ziga xos savollarni aniqlashtirishga to'g'ri keladi. Ko‘p kriteriyali optimizatsiyaning usullarini yaratishda vujudga keladigan asosiy muammolarni sanab o'tamiz. Kriteriyalarni normallashtirish, ya’ni ularni umumiy (o‘lchamsiz) masshtab o‘lchamiga keltirish muammosi. 2 . Optimallik prinsipini tanlash, ya’ni optimal yechim qaysi m a’noda boshqa yechimlardan (afzal) ustun ekanligini aniqlash muammosi. 3. Afzal kriteriyalarni aniqlash, ya’ni fizik, iqtisodiy va boshqa m a’nolardan kelib chiqqan holda, ayrim kriteriyalarning boshqalaridan afzal ekanligi muammosi. 4. Ko‘p kriteriyali optimizatsiya masalalarida optimumni hisoblash muammosi. Bu yerda, aniq xossaga ega bo‘lgan masala optimumini hisoblash uchun, chiziqli, nochiziqli, diskret optimizatsiya usullaridan foydalanish muammosi nazarda tutilgan Ko‘p kriteriyali optimizatsiya masalalarini yechish davomida kriteriyalarni normallashtirish zaruriyati kelib chiqadi, ya’ni barcha kriteriyalarni umumiy masshtab va o'lchamsiz ko‘rinishga keltirish kerak bo‘ladi. Keyinchalik, barcha kriteriyalar manfiymas, ya’ni , holga keltiriladi. Ko‘p hollarda quyidagicha almashtirish, yordamida o‘lchamsiz holga keltiriladi, bu yerda Bunday normallashtirilgan kriteriyalar quyidagi ikki muhim xossaga ega bo‘ladi: birinchidan ular o'lchamsiz, ikkinchidan, ixtiyoriy da tengsizlikni qanoatlantiradi. Bunday holga keltirish kriteriyalarni bir-biri bilan taqqoslash imkonini beradi. Interaktivlik Yechim qabul qilishni qo‘llab-quvvatlovchi sistema tomonidan taqdim etilgan m a’lumotlar asosida tanlash va yechim qabul qilishni hal qiluvchi "ekspert" ishtirokida ko‘p kriteriyali masalani yechish amalga oshiriladi. Bunda bir nechta "ekspertlardan" iborat bo'lgan guruhlar ishtirok etishi mumkin. Yechimni qidirishdagi algoritm va usullarda inson omilining ishtirok etishi interaktivlik deyiladi. Download 30.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling