Ko‘plab mamlakatlarda yoshlarning radikallashuviga bir qancha omillar ta’sir ko‘rsatmoqda


Download 219.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana08.01.2023
Hajmi219.29 Kb.
#1084158
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mustaqil ish



Radikal diniy oqimlar 
"Ko‘plab mamlakatlarda yoshlarning radikallashuviga bir qancha omillar 
ta’sir ko‘rsatmoqda" . 
Aslida radikal tushunchasi chegara bilmaydi. Bunga misol, «Otamdan qolgan 
dalalar» filmida jahli chiqqan ayolning Stalinning suratini oyna-poynasi bilan 
sindirib tashlaganini ko‘rib qo‘shnisi shaytonlab qoladi, esingizdami? Ana shu, 
masalan, shovinistik radikalizmga bir misol. Ya’ni radikalizmning aynan islom yoki 
dindor musulmonlar bilan o‘lchanishi noto‘g‘ri. Sababi, islom to‘laligicha 
mo‘’tadillikka asoslangan, buning kichik bir isbotini payg‘ambar Muhammad 
alayhissalomning «o‘rta yo‘lni tutinglar, taassubga ketmanglar» degan ma’nodagi 
so‘zlarida ham ko‘rish mumkin! 
Joriy yilning 13 oktyabr sanasida Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida bo‘lib 
o‘tgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning VI sammitida 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari 
barqarorligi, taraqqiyot va farovonligiga raxna solayotgan radikalizmga alohida 
to‘xtalib, uning yoshlar orasida keng tarqalayotganligi, bunday xavf-xatarlarga 
qarshi kurashda o‘zaro hamkorlik o‘rnatishga alohida e’tibor qaratdi: «Biz radikal 
g‘oyalarning keng xurujiga yanada ko‘proq to‘qnash kelmoqdamiz. Buzg‘unchi 
kuchlar targ‘ibot va mafkuraviy ta’sirning yangi usullaridan foydalangan holda
ekstremistik tashkilotlarga yoshlarni faol jalb etmoqda. Shu munosabat bilan yosh 
avlodni 
radikalizmdan 
asrash, 
ularning 
kuch-g‘ayrati 
va azmi-shijoatini 
bunyodkorlik sari yo‘naltirish uchun tizimli hamkorlikni o‘rnatishimiz kerak». 
Darhaqiqat, dunyoning turli burchaklarida diniy ekstremizm va radikalizmning 
keng 
yoyilishi 
mamlakatlar 
tinchligi, 
mintaqalar 
xavfsizligiga 
katta raxna solmoqda.
Diniy ekstremizm, radikalizm va terrorizmga qarshi kurashning xorij tajribasini 
o‘rganish, ibratli jihatlarini o‘zlashtirish hamda hayotga tatbiq etish mavjud 
davlatlarning barchasi uchun bir xilda zarur va foydali. Shu bois Rossiya 


Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar 
instituti professori, Misr tashqi ishlar kengashi a’zosi Xalil Mona Abdul Malik 
xonim bilan Arab-islom olamida diniy ekstremizm va terrorizm muammosiga 
birinchilardan bo‘lib duch kelgan Misr Arab Respublikasining bu boradagi boy 
tajribasi haqida suhbatlashdik. 

Download 219.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling