Ko‘plab mamlakatlarda yoshlarning radikallashuviga bir qancha omillar ta’sir ko‘rsatmoqda
– Professor Xalil Mona Abdul Malik xonim, bugungi kunda yoshlarning
Download 219.29 Kb. Pdf ko'rish
|
Mustaqil ish
– Professor Xalil Mona Abdul Malik xonim, bugungi kunda yoshlarning
radikallashuviga ta’sir ko‘rsatayotgan ichki va tashqi omillar haqida fikr- mulohazalaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz. – Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida yoshlarning radikallashuviga bir qancha omillar ta’sir ko‘rsatmoqda, ular orasida men iqtisodiy va aksiologik omillarni ajratib ko‘rsatgan bo‘lardim. Iqtisodiy omilga – turmush darajasining pastligi, ishsizlik, og‘ir mehnat sharoiti, aholining savodsizligi, o‘rta ta’limning keskin past darajasi, sifatsiz tibbiy xizmat kiradi. Bu holatlarning barchasi ijtimoiy adolatsizlik va ichki umidsizlik hissini keltirib chiqarishi mumkin, ayniqsa har doim ehtiros, kuch va hissiyot bilan ajralib turadigan yoshlarda bu holatlar yanada yaqqol namoyon bo‘ladi. O‘z navbatida, radikal diniy oqimlar ijtimoiy adolatsizlikdan haddan tashqari qizib ketgan yoshlarning bu hissiy quvvatidan foydalanib, ularni o‘z saflariga jalb etish uchun ularga global adolatsizlikka qarshi ezgu kurash yo‘lini va’da qilishmoqda va ularning fikricha, bunday adolatsizlik, qoida tariqasida ma’lum bir mamlakat yoki butun mintaqaning davlat rejimlari tomonidan ifodalanadi. Aksiologik omil haqida gapirganda, shuni ta’kidlash kerakki, yoshligida inson kelajakda uning butun shaxsiyati quriladigan o‘z qadriyat yo‘nalishlarini, borliq haqidagi fikrlarini shakllantirib boradi va bu shakllantirishni tugatadi. Shu sababli, yoshlar ko‘pincha atrofdagi voqelikni oddiy tushuntirishga da’vo qiladigan, go‘yoki, olijanob vazifa va yuqori qiymat salohiyatiga ega bo‘lgan oddiy hayotiy maqsadlarni taklif qiladigan g‘oyalar hamda ta’limotlarga ishtiyoq bilan qarashadi. Bu yerda radikal harakatlar shunday yoshlarning hayot mazmunini topishga bo‘lgan ichki talabini, shuningdek, o‘z ahamiyati va o‘ziga xosligini qondiradi. Eslatib o‘tamanki, go‘yoki, yuksak ideallar bilan birlashtirilgan ma’lum bir guruhga mansublik ko‘pincha yoshlikda psixologik qulaylikni ta’minlaydigan muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Download 219.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling