Ko‘plab mamlakatlarda yoshlarning radikallashuviga bir qancha omillar ta’sir ko‘rsatmoqda


– Ayting-chi, Misrda diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash


Download 219.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana08.01.2023
Hajmi219.29 Kb.
#1084158
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mustaqil ish

– Ayting-chi, Misrda diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash 
milliy strategiya darajasida qabul qilinganmi?
– Albatta, Misrda terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash milliy strategiya 
xarakteriga ega. bugungi kunda mamlakatda «Terroristik tashkilotlar va terrorizm», 
shuningdek, 2015 yildagi «Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida»gi qonunlar, 2018-
2020 yillarda kiritilgan o‘zgartirishlar mavjud bo‘lib, ularga ko‘ra nafaqat terroristik 
harakatlarning ijrochilari, balki qandaydir tarzda ularni amalga oshirish bilan bog‘liq 
bo‘lgan barcha shaxslar ham og‘ir jinoyatlarda aybdor deb e’lon qilinadi. Bundan 
tashqari, terrorchilik harakatini amalga oshirish maqsadida murojaatlarni amalga 
oshiruvchi, xatti-harakatni namoyish qiluvchi yoki boshqa biron-bir harakatni sodir 
etgan shaxslar aybdor hisoblanadi. 
Shuningdek, 2018 yilda terrorizmga qarshi maxsus mustaqil qo‘mita tuzish 
to‘g‘risida qaror qabul qilindi va joriy yilning iyul oyida esa terroristik faoliyatni 
moliyalashtirish uchun pul yuvishga qarshi qaratilgan qonun loyihasi qabul qilindi. 
– Misr hukumatining diniy ekstremizmga qarshi kurashda boshqa Arab 
davlatlari bilan hamkorligi haqida to‘xtalsangiz. Bunday hamkorlik doirasida 
aniq natijalarga erishilganmi? 
– Misr dunyoning ko‘plab mamlakatlari, shu jumladan, Arab davlatlari bilan 
birgalikda terrorizmga qarshi kurashda faol hamkorlik qilmoqda. Asosan, ushbu 
hamkorlik qo‘shma harbiy mashqlar shaklida amalga oshiriladi. Shunday qilib, bir 
necha kun oldin Misr Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Gretsiya va 


Kipr harbiylari bilan «Gerkules-2» qo‘shma harbiy mashqlarini o‘tkazdi. Iordaniya, 
Amerika Qo‘shma Shtatlari, Kongo demokratik Respublikasi va Bahrayn 
mashg‘ulotlarda kuzatuvchi sifatida qatnashdi. 
Misr Arab Respublikasi muntazam ravishda Rossiya, Fransiya, Gretsiya
Buyuk Britaniya va boshqalar bilan birgalikda terrorizmga qarshi harbiy mashqlarni 
olib boradi. 
Agar biz Arab dunyosidagi terrorizmga qarshi hamkorlik haqida gapiradigan 
bo‘lsak, unda Arab davlatlari Ligasining ushbu masaladagi faol pozitsiyasini eslatib 
o‘tish joiz. Masalan, shu yilning iyun oyida ADL (Arab davlatlari ligasi) terrorizmga 
qarshi kurash bo‘yicha mutaxassislari Qohirada favqulodda majlis o‘tkazdilar, unda 
terroristik tahdidlarning oldini olish bo‘yicha yangi tashabbuslarni ishlab chiqish 
masalasi ko‘rib chiqildi. Hech kimga sir emaski, Yaqin Sharq mintaqasi xalqaro 
terrorchilar hujumlarining asosiy nishoni hisoblanadi. 

Download 219.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling