Ko‘prik qurilishining rivojlanishi. Transport inshootlarini saqlash
Download 229.12 Kb.
|
Ma\'ruza 1
Toshqin davrida o‘zanni suv yuvib ketish sababi va tavsifini bilish maqsadida oqim tezligi yo‘nalishi va suv chuqurligini davomi o‘rganiladi. Bu ishlar qish vaqtida suv ko‘tarilgungacha va bahorda katta suvlar oqimi pasayganidan so‘ng, shuningdek yozgi katta suv toshqinlaridan so‘ng amalga oshiriladi. O‘zan chuqurligi odatda 3 ta stvor bo‘yicha aniqlanadi: ko‘prik osti o‘qi, 25 m gacha bo‘lgan masofa va ko‘prik ostidan. O‘lchash ishlari o‘zanni tez-tez yuvib ketsa, ko‘p sonli stvorlar bo‘yicha, mustahkam o‘zan esa faqat ko‘prik osti o‘zani bo‘ylab o‘lchanadi. O‘lchash oralari shunday olinadiki, u daryo sathi konfiguratsiyasini aniq ko‘rsatishi lozim. O‘zanni yuvib ketish tavsifini o‘rganish maqsadida tayanchda qo‘shimcha o‘lchash ishlari bajariladi. O‘lchash ishlari har bir nuqtada ikki marotaba o‘tkazilib, hisob uchun o‘rtachasi olinadi. Olingan ma’lumotlar asosida suv sathi, tayanch poydevori va konstruksiya tubini ko‘rsatadigan oldingi o‘lchash natijalari bo‘yicha grafik chizish taklif etiladi. O‘zanni yuvilib ketish sababi, keyinchalik rivojlanishini inobatga olib, bir necha yilga umumlashtiruvchi grafik tuziladi.Moslovchi inshoot, yo‘l o‘tgazgich va quvurlardagi nuqsonlar asosan katta suv va qor ko‘chkilar davrida vujudga kelganligi, ularda ma’lum bir himoya tavsifiga ega bo‘lgan ish va tadbirlarni amalga oshirishni talab etadi. Shu sababli kichik va o‘rta ko‘priklarda toshqingacha ko‘tarma, moslashtirish inshootlari konuslari tekshiruvdan o‘tkazilgan bo‘lishi, ta’mirlanishi va mustahkamlanishi lozim. Kichik ko‘prik va quvurlar katta suvga juda ham chidamli bo‘lganligi sababli ularni aynan ko‘rsatib o‘tilgan davrga tayyorlash lozim. Qish va kuzda quyidagi ishlarni o‘z vaqtida amalga oshirish lozim: a) quvur teshiklarini qish paytida qor to‘lib qolishidan saqlash maqsadida berkitish; b) bahorgi qorgacha kichik ko‘prik va quvur teshiklarini qor, muzdan tozalash, ostki va ustki tomonga qarab 20 m dan kam bo‘lmagan zovur qazish; v) ko‘prik ustki va ostki tomoniga qarab 30 m dan kam bo‘lmagan uzunlikdagi o‘zan atrofini tosh, chiqindi va shu kabi narsalardan tozalash, shuningdek tekshirish, kerak bo‘lsa, ko‘tarma konus va o‘zan mustahkamligini ta’mirlash lozim; g) quvur oldida suv o‘zani ko‘tarilish davrida o‘t-o‘lan, chiqindi to‘planib qolishini oldini olish maqsadida to‘siq o‘rnatish; d) quvurlarda chiqindi to‘planib yuvilib ketadigan joylar mustahkamligini oshirish (tozalash, o‘zanni rejalashtirish va h. k.).Download 229.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling