Ko‘prik qurilishining rivojlanishi. Transport inshootlarini saqlash


Download 229.12 Kb.
bet9/15
Sana26.02.2023
Hajmi229.12 Kb.
#1232128
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
Ma\'ruza 1

Joriy ta’mir ishlari yil davomida zaruriyatga qarab kamchilikdan ogohlantirish va nuqsonlar paydo bo‘lishining boshlanish davrida bartaraf etish maqsadida olib boriladi. Sun’iy inshootlarni joriy saqlash kompleks sifatida quyidagilarni o‘z ichiga oladi: inshoot atrofidagi yo‘l va yo‘l atrofini, shuningdek ko‘prik ko‘tarmalari me’yorlari muvofiqligini ta’minlash; ko‘prik ko‘tarmalari, konstruksiya qo‘tarmalari va tayanch tozaligini saqlash; ko‘prik osti suv yo‘llarini qor, suv o‘tlaridan, chiqindilardan tozalash; ko‘prikning suv yo‘llari moslamalari va tartibga solib turish inshootlarini soz saqlab turish; qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish; suv osti o‘zani holatini kuzatish. Mazkur ishlarning bajarilishi yo‘l ustasi, bajarilishi nazorati ko‘prik ustasi tomonidan amalga oshiriladi.

Inshootni joriy saqlash vazifasidan kelib chiqib, kam xarajatli material va ish xajmi kam bo‘lgan turlicha ishlarni amalga oshirishga to‘g‘ri keladi. Masalan: ko‘prik ko‘tarmalarining shikastlangan elementlarini birlamchi almashtirish; metall konstruksiyalarni ma’lum bir qismini bo‘yash; birlamchi kuchsiz bolt va parchin mixlarni almashtirish; metalllarda paydo bo‘lgan yoriqlar kattalashishining oldini olish; tosh va temirbeton tayanch va oraliq qurilmalarni ta’mirlash (yamoq va yoriqlarni yamash, himoya qatlamini mustahkamligini oshirish, bo‘shab ketgan boltlarni qotirish va b.). Mazkur ishlarni bajarilishiga, shuningdek instrumental tasvirlov qilish va o‘zanni o‘lchash ishlariga ko‘prik ustasi javobgar. Yo‘l uchastkasining barcha inshootlarida joriy ta’minot ishlari, brigada kompleksi asosida amalga oshirilishi maqsadga muvofiq.

Kapital ta’mir ishlari inshootlardan foydalanish muddatini oshirishni ta’minlovchi ishlarni o‘z ichiga oladi. Ularga oraliq qurilmalarni to‘laligicha bo‘yash ishlarini amalga oshirish, ko‘prik ko‘tarmalarini to‘laligicha almashtirish, inshootning shikastlangan qismi va elementlarini almashtirish, o‘lchamlarini me’yorlarga keltirish, oraliq qurilmalarni almashtirish va b. kiradi. Ushbu ishlar hajmining kattaligi va murakkabligi sababli ularni maxsus bo‘linmalar bajaradi. Kapital ta’mirlash va ish hajmi inshootdan foydalanish istiqboli va sharoitini inobatga olgan holda belgilanadi. Kapital ta’mir ishlarini amalga oshirishda joriy ta’minot ishlarini ham amalga oshirish lozim. Maxsus bo‘linma tomonidan bajariladigan ta’mirlash ishlarining texnik nazorati yo‘l xo‘jaligi yoki Avtomobil yo‘l masofasi boshlig‘i tomonidan tayinlangan ko‘prik ustasi yoki boshqa masul shaxs tomonidan amalga oshiriladi. Tugatilgan ishlarni ko‘prik ustasi yoki maxsus komissiya (ish hajmi va xarakteriga qarab) qabul qilib oladi. Ijrochi Avtomobil yo‘l vakiliga tegishli ijro hujjatlarini berishi lozim.


Download 229.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling