Ko‘prik qurilishining rivojlanishi. Transport inshootlarini saqlash
-rasm. 1907 yil yuki uchun hisobiy uzunligi 10,06 m bo‘lgan temirbetonli oraliq qurilmaning ko‘ndalang kesimi
Download 229.12 Kb.
|
Ma\'ruza 1
1.1.1-rasm. 1907 yil yuki uchun hisobiy uzunligi 10,06 m bo‘lgan temirbetonli oraliq qurilmaning ko‘ndalang kesimiMDH Davlatlarida temirbeton ko‘priklarni ommaviy ravishda qurish 1930 yildan so‘ng boshlandi. Bu vaqtga kelib temirbeton ko‘priklar konstruksiyalarini hisoblash usuli ancha o‘zgargandi. 30-yilgacha egiluvchi temirbeton elementlar hisob-kitobida kengayuvchi joyni yorilishini oldini olish maqsadida armaturaga og‘irlikni kamayishida kengayuvchi joydagi betonning ahamiyati hisobga olingandi. Keyingi hisob-kitoblarda kengayuvchi joydagi beton faktori chiqarib tashlanib, kengayuvchi joydagi armaturaga tushadigan og‘irlik miqdori oshirildi va 0,15 mm dan katta bo‘lmagan yoriq bo‘lishiga yo‘l qo‘yila boshlandi. Bu sezilarli miqdorda konstruksiyalarga armatura sarfini kamaytirdi. Temirbeton konstruksiyalarda bunday hisob-kitob usuli 1934 yildagi (Lenyo‘lloyiha) va keyingi namunaviy loyihalarda qo‘llanila boshlandi.Urushdan keyin yanada rivojlana boshlagan ko‘prik qurilishining sanoatlashish jarayoni konstruksiyalar shakllarini, temirbeton ko‘priklar tayyorlash va montaj texnologiyasini o‘zgartirishni talab eta boshladi. Aloqa yo‘llari vazirligi Markaziy konstruktorlik byurosining Boshko‘prikqurilish namunaviy konstruksiyasi asosida tayyorlangan Sun’iy inshootlar markaziy ilmiy tadqiqot instituti (SNIIS) ning to‘laligicha yig‘iladigan yirik blokli, Lentransko‘prikloyihaning rama shaklidagi to‘sinli, shuningdek sanoat usulida tayyorlangan rama va qoziq-estakada shakli ko‘priklaridan ommaviy ravishda foydalana boshlandi. Ko‘pgina temirbeton ko‘priklarda ballastsiz ko‘ndalang yog‘ochli qatnov qismi foydalana boshlandi. 1948 yildan boshlab Avtomobil yo‘l ko‘priklari qurilishida uzunligi 34 m gacha bo‘lgan oldindan zo‘riqtirilgan dastlabki oraliq qurilmalar qo‘llana boshlandi. MDH davlatlarida tayyorlangan dastlabki oldindan zo‘riqtirilgan oraliq qurilmalarda armatura betonga zo‘riqtirilar edi. Keyinchalik bu konstruksiyalardan voz kechildi, va hozirgi paytda Avtomobil yo‘l ko‘priklarida armatura tayanchlarda zo‘riqtirilgan temirbeton oraliq qurilmalardan foydalaniladi. Urushdan keyigi yillarda qurilgan temirbeton oraliq qurilmalarda sifatli beton va armaturalardan foydalanish ommaviy harakterga ega bo‘ldi. Bu esa uzlukli tizimlarni qo‘llash diapazonini kengaytirish imkonini berdi. Temirbeton oraliq qurilmalar yaqin kelajakda ham harakatlanayotgan barcha turdagi poezdlardan tushadigan og‘irlik va yukni ko‘tara olish imkoniga ega. Ularning fizik holati turlicha. Oldin foydalanilgan temirbeton oraliq qurilmalarda yoriqlar bir muncha ko‘p. Konstruksiyadagi gidroizolyatsiya, suv chiqarish tizimining nomukammalligi va ko‘p hollarda beton sifatining yaxshi emasligi beton va armaturalarda yoriqlar paydo bo‘lishi himoya qatlamining buzilishiga olib keladi. Bu kabi kamchiliklar oraliq qurilmalardan foydalanish muddati va yuk ko‘tarish qobiliyatini pasayishiga olib keladi. Bu kabi oraliq qurilmalarlarning 50 va undan uzoq yillardan so‘ng ta’mirlanishi kech qolingan chora bo‘lib, ularni yangidan qurilishini talab etardi.Download 229.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling