Ko‘prik qurilishining rivojlanishi. Transport inshootlarini saqlash


Download 229.12 Kb.
bet14/15
Sana26.02.2023
Hajmi229.12 Kb.
#1232128
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Ma\'ruza 1

Ko‘prik ko‘tarmasi holati poezdlar harakatining xavfsizligini, harakatdagi tarkibning ko‘prikdan o‘tish tavsifi va ularning ko‘prik elementlariga tushadigan yukini belgilab beradi. Shu sababli ko‘prik ko‘tarmasini saqlash va unga o‘tish qismlariga qat’iy talab qo‘yiladi. Ko‘prik ustalariga nuqsonlardan o‘z vaqtida ogohlantirish, paydo bo‘lishi bilan bartaraf etish vazifasi yuklatiladi.

1.1.2-rasm. Yonbag‘irni chim bilan mustahkalash: a – yon qismi; b – devorda



1.1.3-rasm. Yonbag‘irni tosh bilan mustahkamlash: a – yakka holda; b – juft holda

a) b)

1.1.4-rasm. a – tayanch atrofini tosh bilan mustahkamlash (tayanch poydevor chetidan ko‘prikning ko‘ndalang qirg‘og‘igacha masofa 4a/3, a – bo‘yi);

b – o‘zanni tosh bostirilgan shox-shabba bilan mustahkamlash

Temirbeton plitalarda yoki ballastda, yog‘och va metall ko‘ndalang kesimlarda joylashgan ko‘prik relslari peregonlarda yo‘llarga qo‘yilgan talab, saqlash bo‘yicha shablon va darajalarga javob berishi lozim. Temir yo‘l profili bo‘yicha ravon va soz bo‘lishi lozim. Metall ko‘priklarda harakatlanuvchi tarkibning dinamik yukini (tezlik samarasi) kamaytirish uchun rels yo‘lining har bir ko‘tarmasi profilida nishablikka qarab poezdlar harakati tez bo‘lgan uchastkalarda 1/2000, boshqa uchastkalarda 1/1000 egiluvchan shakl beriladi. Odatda poezd yukida uncha katta bo‘lmagan egilishga ega bo‘lgan temirbeton oraliq qurilmalarda rels yo‘li nishabligi o‘rnatilmaydi (loyihada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno). Ustki bo‘ylama to‘sin belbog‘lar profili boshqacha shaklga ega bo‘lib, pastki harakatlanadigan metall ko‘priklarda kerakli yo‘l profilini olish uchun ko‘prik to‘sinini 3 sm gacha kamaytirishga, har xil bo‘yli va noan’anaviy to‘sin ishlatishga, to‘sin ustiga qalinligi 4 sm dan ortiq bo‘lmagan yog‘och taxta (bir donadan oshiq bo‘lmagan) qo‘yishga ruxsat beriladi.

Ko‘prikning qiya qismida osiq rels yo‘l balandligini tenglashtirish, ko‘ndalang kesim tomonga harakatlanganda oraliq qurilmalar ko‘ndalang nishablikka qarab yoki to‘singa 4 sm dan ortiq bo‘lmagan yog‘och bo‘lagini mahkamlash asosida, ballast tomonga harakatlanishda esa mos ravishda kamaytirish hisobiga amalga oshiriladi. Tayanch va fermaga vaqtinchalik tushadigan yuk posangi hisoblanib, ularni saqlashda yo‘l o‘qi oraliq qurilmalar bilan bir-biriga to‘g‘ri kelishiga intilish lozim. Yo‘l o‘qi va oraliq qurilmalarning bir-biriga to‘g‘ri kelmasligi to‘g‘ri uchastkalarda 5 sm gacha, qiya uchastkada 3 sm gacha ruxsat beriladi. Agarda ekssentrisitet istisno tariqasida 5 sm dan katta qilib olinsa, u holda oraliq qurilmalar va ko‘prik tayanchlari hisobida ularni inobatga olish lozim. Pastga qarab harakatlanadigan barcha ko‘priklarda inshoot gabaritlarini yaqinlashishiga qat’iyan rioya qilish lozim.


Download 229.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling