Ko‘prik qurilishining rivojlanishi. Transport inshootlarini saqlash


Download 229.12 Kb.
bet15/15
Sana26.02.2023
Hajmi229.12 Kb.
#1232128
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Ma\'ruza 1

Harakatdagi tarkibning ko‘prikka dinamik yukining asosiy omillaridan biri bu g‘ildiraklarning relslar ulog‘iga zarbidir. Shu sababli ko‘prikda iloji boricha kamroq sonli, kichik ko‘tarmali ko‘priklarda umuman uloqlar bo‘lmasligiga intilish lozim. Shoksiz Avtomobil yo‘l va uzun relslardan foydalanish taklif etiladi. Ko‘priklarda “rubok” va turli xil relslardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Tenglashtirish asboblari ishlatilgan ko‘priklarda ko‘tarma haroratini inobatga olib yoki umumiy uzunligi 30 m dan kam bo‘lgan ko‘prik yoki asosiy ferma, progon, devor shkaflarida 2 m uzoqlikda, arkasimon ko‘priklarda deformatsiya bo‘ladigan yamoq va qulf birikmalari bilan rels uloqlar elektrpayvandda payvandlanishi shart. Qolgan barcha holatlarda rels uloqlari orasidagi teshik tegishli haroratga mos bulishi kerak. Ko‘priklar to‘sini harakatlanganda R43 rels uloqlari yoki og‘irroq rels turlaridan foydalanilganda, agarda xoda ko‘prik osti o‘qlari orasidagi masofa 40 sm dan kam bo‘lsa, relsning o‘ziga yoki xodaga yengil relslar foydalanilganda uloqlar yaqinroqdagi xodaga 27 sm oraliqda joylashtiriladi. Yengil turdagi relslarda uloqlarni xodaga mahkamlamaslik kerak, sababi bu uloqka tushadigan zarb miqdori yana oshadi. Lozim bo‘lsa, katta oraliq masofaga ega bo‘lgan uloqlarda maxsus jihozlar, masalan, «ko‘prikchalar» o‘rnatiladi. Peregonda qanday rels uloqlari ishlatilsa, ko‘prikning ballasti yurish qismida ham shunday turdagi uloqlar ishlatilishi lozim. Ko‘prik kirish joyida siljishlarga yo‘l qo‘yilmaydi, va ular ko‘prikning ikki tomonidan qo‘yiladigan tegishli siljishga qarshi moslamalar yordamida to‘laligicha bartaraf etilishi lozim. Agarda ushbu choralar ko‘prik atrofida siljishlarni bartaraf etishga yordam bermasa, u holda ko‘prik ko‘tarmasi konstruksiyasiga mos keladigan siljishga qarshi jihozlar o‘rnatilishi mumkin.

Relslar bo‘ylab kelayotgan harakatdagi tarkibni ko‘prikka o‘tishda normal yo‘nalishini ta’minlash maqsadida ko‘prik oldida relslar orasiga qo‘shimcha rels yoki qo‘shimcha burchak (ugolnik)lar o‘rnatiladi. Ko‘prik xodalarini bo‘shashini va uzunasiga surilib ketishini oldini olish maqsadida, shuningdek relslar bo‘ylab kelayotgan harakatdagi tarkibni ko‘prikka o‘tishda yordamchi relslar shikastlanganda, ikkinchi iz sifatida himoya xodalari yoki metall burchaklar qo‘yiladi. Harakatdagi tarkibning Avtomobil yo‘l izidan chiqib ketishi oqibati yomonligini inobatga olib, himoya konstruksiyalariga alohida ahamiyat berilishi va saqlash yo‘riqnomasiga qat’iy amal qilgan holda, amalga oshirilishi lozim. Ko‘prik ko‘tarmasi ballastga o‘rnatilganda, yo‘l barqarorligini ta’minlash uchun ballastni yoyilib ketmasligi choralari ko‘rilishi lozim. Shpal ostidagi ballast qalinligi suvlar tarqaydigan joylarda 25 sm dan, istisno hollarda 15 sm dan kam bo‘lmasligi kerak. Ko‘prik ko‘tarmalaridagi temir ko‘ndalang kesimlarida ko‘ndalang va uzunasiga tashlangan tayanchlar mahkamlanishiga alohida e’tibor berish lozim, sababi qo‘yilgan tagliklarning eskirishi natijasida g‘ildirak yuradigan joyda torayish yuzaga keladi.



Nazorat savollari
  1. Transport inshootlarining qisqacha tavsifi haqida.

  2. Ko‘prik qurilishining rivojlanishi.

  3. Transport inshootlarini saqlashda nimalarga e’tibor beriladi?

  4. Sun’iy inshootlarni saqlashning asosiy vazifasi nimalardan iborat?


Download 229.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling