Ko‘prik qurilishining rivojlanishi. Transport inshootlarini saqlash


Download 229.12 Kb.
bet11/15
Sana26.02.2023
Hajmi229.12 Kb.
#1232128
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Ma\'ruza 1

Uzunligi 50 m dan ortiq bo‘lgan ko‘priklarda xizmat ko‘rsatuvchi personal xavfzizligini ta’minlash maqsadida har 50 m dan so‘ng shaxmat shaklidagi supachalar o‘rnatiladi. Ko‘prik uzunligi 50 m dan 100 m gacha bo‘lsa, o‘rtada bitta supa o‘rnatiladi. Elektrlashtirilgan yo‘llarda joylashgan yo‘l va yo‘lovchi o‘tadigan ko‘priklarda kontakt tarmoqlari qismlarini o‘rash maqsadida muhofaza shchitlari o‘rnatiladi. Aholi yashaydigan joylardagi uzunligi 30 m dan ortiq bo‘lgan yo‘l o‘tkazgichlari, umumiy va yo‘lovchi o‘tish ko‘priklarida elektr yoritish moslamalari o‘rnatiladi. Kontakt tarmog‘i orasidagi masofa doimiy tokda 5 m dan, o‘zgaruvchan tokda 10 m dan kam bo‘lgan ko‘prik metall konstruksiyalari, shuningdek temirbeton, beton va tosh konstruksiyalarni tarmoqdan relsga ulovchi elementlari maxsus sim yordamida yerga o‘tkazilgan bo‘lishi lozim.

Kema qatnovi mavjud ko‘priklar, kema qatnovi ishoratlari bilan jihozlanishi lozim. Zarur vaziyatlarda ko‘prik kirish joylarida ogohlantirish uqtirgichlari, to‘siqlar va b., shuningdek to‘xtatib turish va yo‘l to‘sish elementlari bilan jihozlanadi.

Ko‘pincha ko‘priklarda turli kommunikatsiya tarmoqlari joylashtiriladi. Shu sababli katta va kichik inshootda aloqa va boshqa simlarni o‘tkazish moslamalari bo‘lishi lozim. Issiqlik va suv tarmoqlarini o‘tkazish maxsus asos va yo‘l xizmat ruxsati asosida amalga oshiriladi. Ko‘priklardan odatda yuqori kuchli elektr o‘tkazmalari o‘tkazilmaydi. Gaz, neft va kanalizatsiya quvurlarini o‘tkazish qat’iyan taqiqlangan. Ko‘priklarda havo yo‘li orqali o‘tadigan elektr o‘tkazish tarmoqlari o‘tkazilganda, temir oraliq qurilmalar yerga zaminlashtirilgan bo‘lishi lozim.

Ko‘prik osti o‘zani va ko‘tarmasini saqlash. Ko‘prik osti o‘zanini saqlash suv oqimi, qor uyumlari, katta suv harakati, ko‘prik osti xavfli nuqsonlarini bartaraf etishni o‘z ichiga oladi. Ko‘prik osti o‘zanida kamchiliklar odatda sel va qor uyumlari oqimi davrida yuzaga keladi. Mazkur kamchiliklardan ogohlantirish va uni bartaraf etish uchun, davomli ravishda o‘zan deformatsiyasi va suv va qor oqimi tartibi ko‘zatiladi. Uzunligi 100 m dan ortiq va uzunligi kichik ko‘prikda tayanch holati, daryo o‘zani yoki sel xarakteri talab qilsa, oqim yo‘nalishi, o‘zan holati, muz holati, suv miqdorining o‘zgarishi bo‘yicha ko‘zatuv olib borish lozim. O‘rta, kichik ko‘prik va quvurlarda suv sathining yuqori va pastki nuqtasini, suv omborlaridagi ko‘priklarda esa to‘lqin balandligi, bo‘ron vaqtidagi shamol tezligi va yo‘nalishini aniqlash lozim. Suv sathining toshqin yoki toshqin bo‘lmagan davrda o‘zgarishini ko‘zatish suv o‘lchash reykasi asosida tayanch bo‘ylab yoki tayanchga o‘chmaydigan qilib bo‘yalgan shkala asosida o‘tkaziladi. Qoidaga muvofiq suv o‘lchagich reykasining nol birligi poydevor eng pastki nuqtasiga, otmetkasi esa reperga bog‘lanadi. Katta daryolarda maxsus suv o‘lchash postlari tashkil qilinadi. Toshqin eng baland sathi, o‘lchangan kunini ko‘rsatgan holda, ko‘priklarda – tayanchga, quvurlarda – kirish joyiga yoziladi.


Download 229.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling