Ko‘prik qurilishining rivojlanishi. Transport inshootlarini saqlash
Download 229.12 Kb.
|
Ma\'ruza 1
Oldin loyihalashtirilgan metall oraliq qurilmalarni saqlashni tashkil qilishda ularning konstruksiyasi va foydalanishdagi o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olish zarur edi. 1896 yilgacha amalda bo‘lgan me’yorlar asosida loyihalashtirilgan oraliq qurilmalarda asosiy fermaning ko‘p panjarali tizimi qo‘llangan. Bunday ferma tirgovichlari ko‘pincha yassi va egiluvchan elementlardan yasalgan bo‘lib, asosiy konstruksiya uzellari, uloq joylari, shuningdek ferma ostki va ustki belbog‘lari yaxshi mahkamlanmagan edi. Bundan tashqari, oraliq qurilmalarning bo‘ylama va ko‘ndalang to‘sinlari tizimida ham bir qancha kamchiliklar mavjud edi.Bu kabi bir necha turdagi eski oraliq qurilmalarning konstruksiyalaridagi o‘ziga xos xususiyatlari asosiy ferma, qatnov qismi elementlarini o‘zgartirishga va xarajatlarni oshishiga olib keldi. Shunday qilib, foydalanishda uzlukli ko‘ndalang to‘sinlar uzluksiz to‘sinlarga almashtirilishini, bo‘ylama to‘sinlarni ko‘ndalang to‘sinlarni parchinlash, ularga qo‘shimcha katta diametrdagi parchin mix yoki mustahkam bolt qo‘yish va belbog‘larining mustahkamligini oshirishni taqozo etdi. Poezd og‘irligining oshishi natijasida asosiy ferma elementlari, kesimlari va mahkamlanish nuqtalarining zo‘riqishiga olib keldi. Ko‘rsatib o‘tilgan ko‘taruvchi konstruksiyalarining ko‘pgina elementlarining egiluvchanligi ularni takomillashtirishni talab qila boshladi. Avval loyihalashtirilgan oraliq qurilmalar ko‘pgina tugun va elementlarning bu kabi kamchiliklari umumiylikni kasb etadi. Ushbu oraliq qurilmalarni ishlatishda qatnov qismini bog‘lovchi parchin mixlar va asosiy ferma panjaralarini uzelga ulashda ko‘pincha materiallar sarfini oshirardi. Keyingi yillarda ushbu oraliq qurilmalar elementlarining materiallarini zo‘riqishi natijasida yoriq paydo bo‘la boshladi. Ko‘pincha, yoriqlar asosiy ferma va qatnov qism tirgovichlarida, uloq burchagiga bo‘ylama to‘sin devori va belbog‘larida, ferma birinchi uch qatori uzellariga mahkamlangan bo‘g‘in oralig‘idagi keng va tor tirgovichlarda kuzatila boshlandi.Download 229.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling