Koreyashunoslik


Download 122.65 Kb.
bet1/11
Sana07.05.2023
Hajmi122.65 Kb.
#1440003
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
irodakhon



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI

KOREYASHUNOSLIK” FAKULTETI


TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT VA TURIZM” KAFEDRASI


JAHON IQTISODIYOTI VA XALQARO IQTISODIY MUNOSABATLAR” FANIDAN




KURS ISHI


MAVZU: XALQARO MEHNAT MIGRATSIYASINING HOZIRGI TENDENSIYALARI
Bajardi: “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik” ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi Mamarasulova Iroda
Ilmiy rahbar: Riskulov R.
Himoya qilgan sanasi:
Baho:
Toshkent – 2023
MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………...…..........3
I BOB. MIGRATSIYANING NAZARIY JIHATLARI…..............................7-17
1.1 Mehnat migratsiyasi mohiyati va iqtisodiy asoslari......................…..............7
1.2 Mehnat migratsiyasining iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o‘rni..................13
II BOB. GLOBALLASHUV SHAROITIDA MEHNAT MIGRATSIYASI JARAYONLARI VA O‘ZBEKISTONNING ISHTIROKI..........................18-29
2.1. Xalqaro mehnat migratsiyasining bugungi tendensiyalari..........................18
2.2. Xalqaro mehnat migratsiyasida O‘zbekistonning ahamiyati…..................24
XULOSA…………………………………………………………………............30
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI………………….............32


KIRISH


Mavzuning dolzarbligi. Jahon xoʻjaligi rivojlanib, mamlakatlararo integratsion aloqalar kuchayib borgan sayin, mehnat migratsiyasi ham tobora intensivlashib bormoqda. Rivojlangan mamlakatlar va iqtisodiy qoloq mamlakatlar oʻrtasidagi farqlarning uzluksiz chuqurlashib borayotgani ham ushbu jarayonlarni jadallashtirishga kuchli taʼsir koʻrsatmoqda.
Oʻzbekiston taraqqiyotining yangi davrida chet elda ishlayotgan fuqarolarga nisbatan munosabat tubdan oʻzgarib, mehnat migrantlari bilan muloqot oʻrnatildi, ularning muammo va ehtiyojlarini oʻrganish hamda hal qilish boʻyicha yangi mexanizmlar joriy qilindi. Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi tashkil etildi, mehnat migrantlarining hayoti va sogʻligʻini sugʻurtalash, ularning oila aʼzolari uchun ipoteka kreditlarini ajratish amaliyoti yoʻlga qoʻyildi.
Ammo shunga qaramay, tashqi mehnat migratsiyasida erishilgan yutuqlar bilan birga, sohada ayrim muammolar uchramoqda.
Birinchidan, tashqi mehnat migratsiyasi sohasi qonunosti hujjatlaridan iborat boʻlib, milliy qonunchilikdagi mehnat migrantlarining huquqlariga oid ayrim masalalarni xalqaro hujjatlar bilan uygʻunlashtirish zarur.
Ikkinchidan, qonunchilik hujjatlarida tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari, ushbu sohani tartibga solishda ishtirok etadigan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining vakolatlari, tashqi mehnat migratsiyasi sohasida qoʻllanilib kelinayotgan barcha tushunchaning mazmuni va asosiy prinsiplari belgilab berilmagan.
Uchinchidan, fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi mehnat faoliyatini tashkil etish, ularning huquq va majburiyatlari, uyushgan holda ishga joylashtirish, chet elda huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari turli qonunchilik hujjatlarida aks ettirilgan.
Shundan kelib chiqib, “Tashqi mehnat migratsiyasi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Mazkur hujjat Oliy Majlis Qonunchilik palatasida birinchi oʻqishda qabul qilindi1.
Bundan tashqari Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ham bu masalaga alohida to‘xtalib o’tganlar. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Rahbarlari yig‘ilishida mamlakatimiz rahbari: “Mehnat muhojirlari hujjatlarini o‘zaro tan olishning yagona mexanizmini yaratish vaqti keldi. Shu maqsadda biz mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha hamkorlik dasturini ishlab chiqish va qabul qilishni taklif etamiz2”, - deya ushbu dolzarb masalaga to‘xtalgani ham bejiz emas.
Taʼkidlash kerakki, tashqi mehnat migratsiyasini tartibga solish, uning salbiy oqibatlarini bartaraf etish jahon hamjamiyati oldida turgan ustuvor masalalardan biri hisoblanadi. Agarda raqamlarga eʼtibor beradigan boʻlsak, bugun dunyoda 1 mlrd. odam migratsion jarayonlarning ishtirokchisi hisoblanadi. Shundan 270 mln. kishi oʻz davlatidan tashqarida ishlaydi. Umuman olganda, har tomonlama tartibga solingan, xavfsiz tashqi migratsiya amalda ishchi kuchi resursining mobilligini oshiradi, ushbu sohada band boʻlgan odamlarning qoʻshimcha koʻnikma va bilimga ega boʻlishi uchun imkoniyat yaratadi.
Shu maʼnoda, davlatimiz rahbarining migratsiya sohasidagi tashabbusi ushbu yoʻnalishda MDH tashkilotining mavjud imkoniyat va salohiyatini yana-da toʻlaroq yuzaga chiqarish va bu orqali aʼzo-davlatlar fuqarolari hayot tarzini yaxshilashga qaratilgani bilan diqqatga sazovor. Bu esa, oʻz navbatida, Hamdoʻstlikka aʼzo davlatlar oʻrtasidagi munosabatlar rivoji uchun ham yangi imkoniyatlarni yaratadi.

Download 122.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling