Koreys tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi “Xitoy tili” fanidan kurs ishi mavzu: “ Xitoy tilida Xiehouyular”


Download 54.09 Kb.
bet9/12
Sana20.06.2023
Hajmi54.09 Kb.
#1632911
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
NAMUNA

2. 矮子下河 – 淹了心
Ǎizi xià hé – yānle xīn
矮子 - Ǎizi - pakana, past bo'yli odam
- xià - tushmoq
河 –hé - daryo
演了 -yānle - suv qoplagan, namiqqan, suvda cho'kmoq
- xīn - yurak
Tarjimasi: Pakananing daryoga tushishi yuragida tugib yurmoq ( g'arazli niyatda bo'lmoq)
Mazmuni:
Pakana inson daryoga tushsa, daryo suvlari uni ko'krak qafasigacha g'arq qilishi mumkin. Shunday bo'lishiga qaramay u o'zining g'arazli niyatini amalga oshirmoqchi bo'ladi. Yuqoridagi 歇后语 ham biror bir g'arazli niyatni ko'ngliga tuggan va uni amalga oshirmoqchi bo'lgan insonlarga nisbatan qo'llaniladi. Bu yerda 淹了心 va 安了心 iboralari fonetik muttanosiblikni ifodalab bir birining o'rnida almashtirib qo'llash mumkin va ushbu iboralar yuragida tugib yurmoq, ko'ngliga tugmoq ma'nolarida keladi.
(例)“反正我高矮要看这场电影。” 赵请说的话声音 虽不大 , 但是 矮子下河 一 安(淹)了心了。
Tarjimasi:
(Misol) Xarqalay, Men baland yo pastmanmi bu kinoni tomosha qilishim kerak. Zhaoqing (ism) baland ovozda gapirmagan bo'lsa ham buni yuragida tugib yurgandi.
O'zbek tilidagi muqobil varianti:
1. G'alvirni suvdan ko'targanda ma'lum bo'ladi
2. Yizimning qalini - jonimning huzuri
3. O'rtangan ko'ngil o'rtansa qo'ymas
4. Usti butun ichi tutun
3. 案板上的肉 一 随人割
Ànbǎn shàng de ròu – suí rén gē
案板 - anban Ànbǎn - taxtakach
- shàng - ustida, yuzasida
- ròu - go'sht
- suí - erkin, bemalol, xohlagan, istalgan
- rén - odam
- kesmoq, to'g'ramoq
Tarjimasi: Taxtakachning ustidagi go'sht istalgan odamning kesishi
Mazmuni:
Taxtakachning ustidagi go'shtni istalgan odam xohlaganicha kesishi mumkin ya'ni go'shtni qanday kesishni xohlasalar shu ko'yga soladilar. Yuqorida keltirilgan 歇后语. asosan kimningdir jabr-zulmi orqali qiynalyotgan yoki nochor ahvolga tushib qolgan insonlarga nisbatan qo'llaniladi. Bu yerda go'sht obrazi nochorlikdagi inson, go'shtni to'g'rayotgan odam esa jabr-zulm yetkazuvchi shaxs sifatida gavdalangan.
(例) 在旧社会,我们穷人受尽了压迫和剥削,好比案板上的肉 -- 随人割。
Tarjimasi:
Eski jamiyatda biz kambag'allar jabr-zulm ko'rganmiz, xuddi taxtakachning ustidagi go'shtni istalgan ko'yga solganlaridek.
Ushbu 歇后语 ning o'zgacha shakldagi variantlari ham mavjud bo'lib , bular quyidagilar:

  1. 砧板上的肉 - 随人砍随人剁。

  2. 砧板上的山堵肉 - 随人剁。

  3. 放上了砧板的肉 ㅡ 什么时候想割就割。

O'zbek tilidagi muqobil varianti:
1. Xohlagan kuyga solmoq
2. Kambag'alni tuyaning ustida ham it qopadi.
3. Boshiga it kunini solmoq
4. 八十老爹学吹打 一 老来青
Bāshí lǎo diē xué chuīdǎ – lǎo lái qīng
老爹 - lǎo diē - otaxon, qariya
- xué - o'rganmoq
吹打 - chuīdǎ - puflab chalmoq ( sibizg'a chalmoq )
老来青 - lǎo lái qīng - ko'ngli yosh, yoshlikni qo'msash
Tarjimasi: 80 yoshli otaxonning sibizg'a chalishni o'rganishi ko'ngli yosh
Mazmuni:
Yuqorida keltirilgan 歇后语 asosan yoshi ulug' insonlar va qariyalarning xuddi yosh avlod kabi biron bir ishga kirishib ketib, uni kuch-g'ayrat bilan amalga oshirishlariga nisbatan qo'llaniladi.
(例)只见老头子戴着一副老光眼镜,坐在小矮凳上,聚精会神地一针一针缝叶心。再上前看,两张方椅并成的“台子”上放着一块块被剪过的石棉布。“老头子,你是八十老爹学吹打一老来青啊!”老伴笑盈盈地说
Tarjimasi:
(Misol) Qariya kichkina kursida o'tirib, ko'zoynak taqqancha kichik bo'laklarni bitta-bittalab diqqat bilan tikib o'tirardi. Yana biroz avval 2 ta stulni "stol" qilib, ustiga paxtali matolarni qo'yib kesayotgan edi. " Kampir, sen 80 yoshli otaxonning sibizg'a chalishni o'rganganidek ko'ngling yosh-da! ” deb hoholab kulib qo'ydi turmush o'rtog'i.
O'zbek tilidagi muqobil varianti:
Ko'ngli yosh

Download 54.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling