Koreys tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi “Xitoy tili” fanidan kurs ishi mavzu: “ Xitoy tilida Xiehouyular”


Download 54.09 Kb.
bet10/12
Sana20.06.2023
Hajmi54.09 Kb.
#1632911
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
NAMUNA

5. 八月的石榴 一 合不上
Bā yuè de shíliú - hé bu shàng
八月 - Bā yuè - sentabr oyi ( qadimgi xitoy kalindari hisobida)
石榴 - shíliú - anor
合不上 - hé bu shàng - yopib bo'lmaydi, yopa olmaysan
Tarjimasi: Sentabrning anori yopib bo'lmaydi.
Mazmuni:
Bilamizki, anor mevasi sentabrga borib pishib yetiladi va uning po'stlog'i tez-tez yorilib ketuvchan bo'lib qoladi. Anorning ushbu yorilgan joylarini esa birlashtirib bo'lmaydi. Ushbu 歇后语 asosan odamlarning xursandchiliklari ichiga sig'masligiga nisbatan metafora sifatida qo'llaniladi.
(例)石根儿打开 “特急信” 一看,乐的小嘴象八月的石榴:合不上了
Tajimasi:
(Misol) Shi Gener " Express xat" ni ochdi va shunchalik xursand bo'ldiki, uning og'zi xuddi sentabr anoriga o'xshardi: yopib bo'lmasdi.
O'zbek tilidagi muqobil varianti:
Xursandchiligi ichiga sig'maydi
Boshi osmonga yetdi
Do'ppisini osmonga otdi
6. 八仙过海 一 各显神通
bāxiān guò hǎi - gè xiǎn shéntōng
八仙 -bāxiān - sakkizta afsonaviy ilohlar
- guò - o'tmoq
- hǎi - dengiz
- gè - har bir
- xiǎn - namoyish qilmoq
神通 - shéntōng - sehrli kuch
Tarjimasi: Sakkizta afsonaviy ilohlarning dengizni kesib o'tishi har biri o'z sehrli kuchini ( qobiliyatini) namoyon qiladi.
Mazmuni:
Xitoyda ilohlar haqida afsona mavjud bo'lib, ular sakkiztani tashkil etgan. Bular quyidagilar:
1. 汉钟离 (即钟离权 )Xan Chongli (ya’ni Chong Liquan)
2. 张果老 一 Chang Guolao
3. 韩湘子 一 Xan Sianzi
4. 铁拐李 一 Tie Guaili
5. 吕洞宾 一 Lu Dongbin
6. 曹国舅 一 Cao Guoyu
7. 蓝来和 一 Lan Laihe
8. 仙 一 Xiang
Ularning har biri o'z sehrli qobiliyatlariga ega bo'lgan. Afsonaga ko'ra, sakkizta boqiy iloh dengizni kesib o'tadi, ular shamolda yurishilari, yomg'ir yog'dirishlari .... mumkin edi, ya'ni ularning barchasi o'zlarining ajoyib mahoratlarini namoyish eta olardilar. Shu kabi, yiqorida keltirilgan 歇后语 (Xiehouyu) ham asosan insonlarning o'ziga xos qobiliyatlari namoyon bo'lishiga nisbatan qo'llaniladi.
(例)马小手摇头晃脑,嘻嘻笑着:“什么?掌瓢的!那出力的活儿,用不着咱干了!如今是灾害面前显身手,众人堆里逞英雄。能文着文,能武者武,八仙过海,各显神通。” (各有各的一套办法)19
Tarjimasi:
(Misol) Ma Siaoshou boshini qimirlatgancha hoholab dedi:" Nima? Bu juda og'ir ish, buni qilishimizning hojati yo'q! Endi bu falokatlar oldida ilohlar o'z qahramonlik qobilyatlarini olamon oldida namoyish qiladilar. Yozuvchilar yozadilar, jangchilar jang qiladilar. Sakkizta afsonaviy ilohlarning dengizni kesib o'tishidek ularning har biri o'z qobiliyatini namoyish etadi. ( Har birining o'ziga xos usullari mavjud)
Yuqorida keltirilgan misollardan ko’rinadiki, frazeologik birliklar xalqlarning urf-odati, ijtimoiy hayot tarzi, an’analari , udumlari xattoki mifologiyasiga bog’liq bo’lgani sababli juda ham aniq va xarakterli xususiyatlarga xoslangan bo’ladi. Insonlar xarakterini ifodalash maqsadida frazemalar turli xil fe’l –atvor, harakat-holat, ruhiy holat ifodalovchi guruhlarga bo’linadi.

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Frazeolgiya har bir tilning muhim qatlami hisoblanib, uning o‘ziga xos hususiyatlarini yaqqol ko‘zga tashlanishida muhim rol o‘ynaydi. Frazeologizmlarning tilda qanchalik ko‘p bo‘lishi til imkoniyatlarining shunchalik kengligini ko‘rsatadi. Frazeologizmlar (maqol, matal va idiomalar) xalqning o‘tmishi, tarixi, an’analari, urf-odati, va madaniyatini o‘zida yaqqol aks ettiradi. Shuningdek, frazeologiyaning o’ziga xos turlaridan biri歇后语(Xiehouyu) – xitoyliklar tomonidan hayot amaliyotida yaratilgan maxsus til shakli bo’lib, uning 歇Xieqismi “dam olmoq”,”xordiq chiqarmoq” ma’nolarini anglatadi. Xiehouyular o’zining qisqa, kulgili, falsafiyligi va topishmoqqa o‘xshashliligi bilan xitoy tilidagi boshqa frazemalardan ajralib turadi. Xiehouyular odatda ikki qismdan iborat bo‘lib, oldingi qism jumboq kabi ifodalanadi va ikkinchi qismi jumboqning kaliti ya’ni sirini yoritib beradi hamda juda tabiiy va o‘rinli “tayanch” vazifasini bajaradi. Odatda xitoyliklar muloqot jarayonida Xiehouyuning birinchi “Jumboq” ya’ni 歇(Xie) qismidan foydalanganlar. Bu jarayonda 歇 (Xie) ning ikkinchi qismini tushunish , taxmin qilish mumkin, shuning uchun uning 后语 (houyu) ya’ni “keyingi ifoda” deb nomlanishi ham bejiz emas. 歇后语 xiehouyu bo‘laklari topishmoq (piching, kinoya, qochiriq yoki qiyos, o‘xshatish) va javob (birinchi qochiriqni ochuvchi) orqali bir-biri bilan munosabatga kiradi. Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, mazkur frazeologik birliklar guruhining birinchi qismi odatda metafora (istiora, kinoya) bo‘lib, ikkinchi qismda “ochib beriladi”. 歇后语 xiehouyularning asosiy ishlatilish doirasi kundalik – maishiy xarakterdagi so‘zlashuv nutqi hisoblanadi. 歇后语 xiehouyular tuzishning asosiy manbasi – jonli, so‘zlashuv nutqdir. Ular nimaga asoslanishiga qarab polisemiya, omonimiya va boshqa turlarda ifodalanishi mumkin. Bu esa Xiehouyularning semantik va uslubiy jihatdan tadqiq qilishga zamin yaratadi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, ko'pincha axloqiy elementni o‘z ichiga olgan va didaktik xususiyatga ega bo‘lgan maqollardan farqli o‘laroq, Xiehouyular nutqning emotsional rangini ifodalash uchun mo'ljallangan obrazli nutqdir. Agar maqol odatda xalqning asrlar davomida to‘plangan tajribasini, atrofdagi haqiqatga munosabatini ifoda etuvchi jonli, esda qolarli shaklda so‘z sifatida tavsiflansa, Xiehoyuyni xalq hazilining uchquni deb atash mumkin.




Download 54.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling