Koreys tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi “Xitoy tili” fanidan kurs ishi mavzu: “ Xitoy tilida Xiehouyular”
Download 54.09 Kb.
|
NAMUNA
2.2 Xiehouyular semantikasi
Xiehouyular nutqda to‘liq shaklda kelganda ikki qismdan tashkil topadi. Ushbu struktura Xiehouyularning o‘ziga xos rasmiy ko‘rinishini ifodalaydi. Ushbu struktura Xiehouyularning o‘ziga xos rasmiy ko‘rinishini ifodalaydi. Xiehouyu og‘zaki nutqda intonatsiya, pauza bilan, yozma nutqda esa punktuatsiya orqali (tire, vergul ba’zida qavs va ikki nuqta bilan) ajratiladi. Xiehouyular gap shaklida kelganda o‘zida tugallangan hukmni mujassamlaydi. Ushbu hukm faqatgina frazeologik kategoriyaga kiruvchi birlik ya’ni Xiehouyularda uchraydigan maxsus xususiyatni va xarakteristikani ko‘rsatib keladi. Xiehouyular birinchi qismi odatda jumboq shaklida keladi, ikkinchi qismi esa jumboqning ochilishi ya’ni asosiy ma’no-mazmunni ifodalaydi. Masalan: 茶壶里煮饺子一肚里有,嘴里倒不出来 Cháhú lǐ zhǔ jiǎozi - dù li yǒu, zuǐ lǐ dào bù chūlái Ma’nosi: bilib turib ayta olmaslik, tilining uchida turibdi lekin ayta olmayabti So‘zma so‘z tarjimasi: choynakda chuchvara qaynatish – ichida bor, lekin og‘zidan chiqara olmaydi Tarjima qilingan misoldan shu aniq bo‘ldiki, Xiehouyuning ma’nosi uning ikkinchi qismida ochib berilgan. Lekin, shu bilan birga ta’kidlash lozimki, ikkinchi qismning ma’nosi kontekstdan kelib chiqqan holda aniqlanyabti va birinchi qism bilan to‘laqonli mazmunan mos kelgan. Yuqoridagi misoldan ko‘rinadiki, ikkinchi qism “ ichida bor, lekin og‘zidan chiqara olmaydi” iborasi so‘zning erkin ma’nosini ifodalaydi. Nutqda esa boshqa – frazeologik butun ma’noni ifodalaydi (bilib turib ayta olmaslik, tilining uchida turibti lekin ayta olmayabti). Shu tarzda, Xiehouyularning ikkinchi qismi bir vaqtning o‘zidaikki xil vazifani bajaradi: 1. Xiehouyularning kontekstdagi ma’nosini ochib berish 2. Kommunikativ funksiyani bajaruvchi fonetik birlik sifatida namoyon bo‘lishi va Xiehouyuning asosiy ma’nosini oshkor etish Xitoy tilida Xiehouyular ham semantik, ham grammatik jihatdan mustaqil sanaladi. Shu ma’noda, u to’liq hukmni ifodalovchi sodda yoki murakkab jumla shakliga ega bo’la oladi. Shu jihatdan uni maqol yoki matalga ham tenglashtirish mumkin. Ammo, Xiehouyularning alohida o’ziga xos xususiyati shundaki, ular ikki qismdan iborat mantiqiy-grammatik munosabat asosdagi maqollar doirasiga to’g’ri kelmaydi. Chunki, Xiehouyular ikki qismdan iborat bo’lsa ham, birinchi qism “jumboq”, ikkinchi qism esa “jumboqning kaliti” sifatida namoyon bo’ladi. Quyida Xiehoyularni semantik jihatdan tahlil qilib, ularga muvofiq ravishda misollar orqali ko’rib chiqamiz: 1. 矮子爬楼梯 – 步步登高 Ǎizi pá lóutī – bù bù dēnggāo 矮子 - Ǎizi - pakana, past bo'yli odam 爬 - pǎ - chiqmoq, ko'tarilmoq, tirmashmoq 楼梯 - lóutī - zina, narvon 步步 - bù bù - qadamma-qadam, bosqichma-bosqich 登高 - dēnggāo - balandlikka chiqish Tarjimasi: Pakana narvondan chiqmoqda - qadamma-qadam ko'tarilmoq Mazmuni: Odatda yuqorida qayd etilgan 歇后语 past lavozimda ishlaydigan xodimlarning yuqori lavozimga bosqichma-bosqich ko'tarilishiga yoki insonlarning turmush darajasi doimiy ravishda yaxshilanib borishiga nisbatan qo'llaniladi. (例)罗文杰 声音嘶哑地说:“•••••我的八字不如你,尚须继续做这地下的买卖,当隐身鬼。上峄令我立刻离岛回县,要我把这‘班长’长期当下去,且望我矮子爬楼梯 一 步步登高。 唉,终日心惊肉跳,难哩!” Tarjimasi: (Misol) Luowenjie (ism) ovozini balandlatib dedi: ".... Mening taqdirim senikichalik yaxshi emas, hali ham noqonuniy savdo-sotiqni davom ettiryapman, xuddi ko'rinmas arvohdek. Shanfengmin (ism) ning buyrug'iga ko'ra darhol oroldan okrugga qaytib ketdim, " boshliq" bo'lishim uchun uzoq vaqt kerak ekan, " pakana narvondan chiqqanidek -- qadamma-qadam ko'tarilishim kerak.” Eh, butun kun davomida qattiq havotirda bo'lish qiyin!" O'zbek tilidagi muqobil varianti: 1. Qimirlagan qir oshar, tig'izlagan tog' oshar 2. Daryo bo'ylab yursang, dengizga ham chiqarsan Download 54.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling