Koreys tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi “Xitoy tili” fanidan kurs ishi mavzu: “ Xitoy tilida Xiehouyular”
Download 54.09 Kb.
|
NAMUNA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Frazeologik butunlik.
Frazeologik qo‘shilma. Ma’nosi qo‘shilma tarkibidagi so‘zlarning o‘z va ko‘chma ma’nolaridan kelib chiqadigan turg‘un iboralar frazeologik qo‘shilma deyiladi. Masalan, burni ko‘tarilmoq, (burni o‘z ma’nosida, ko‘tarildi - ko‘chma ma’noda), boshini qovushtirmoq (boshi - o‘z ma’nosida, qovushtirmoq ko‘chma ma’noda), yo‘ldan urmoq (yo‘ldan - o‘z ma’nosida, urmoq - ko‘chma ma’noda), kiprik qoqmay (kiprik - o‘z ma’nosida, qoqmay ko‘chma ma’noda, kuni bitdi (kuni - o‘z ma’nosida, bitdi - ko‘chma ma’noda), tili kelmaydi (tili - o‘z ma’nosida, kelmaydi - ko‘chma ma’noda).
Frazeologik qo‘shilma tarkibidagi so‘zlar grammatik birikish usuli jihatidan odatdagi so‘z birikmalaridan farq qilmaydi. Masalan, nafasi ichiga tushib ketdi, iborasini shakl jihatdan gap bo‘laklariga (ega-kesim) ajratish mumkindek tuyulsa ham, lekin ibora tarkibidagi so‘zlar orasida sintaktik aloqa o‘zgarmaydi, shu sababli bu ibora "butunlay qo‘rqib ketdi" ma’nosini ifodalaydi va gapda bir sintaktik vazifani bajaradi. Frazeologik butunlik. Tarkibidagi so‘zlar nutq ma’nolaridan kelib chiqadigan asl ma’nodan tashqari, butun holda ko‘chma ma’noda ishlatiladigan turg‘un iboralar frazeologik birlashma deyiladi. Masalan, to‘ydan oldin nog‘ora chalmoq, yeng shimarmoq, og‘zi qulog‘iga yetdi, tepa sochi tikka bo‘ldi kabi. Bunda frazeologizimlarning umumiy ma’nosi qismlarning xususiy ma’nolari bilan uyg‘unlikni hosil qiladi. Umumiy ma’no qismlarning xususiy ma’nolariga asoslanadi. Masalan: "bo‘zchining mokisiday" iborasi serqatnov tushunchalarni ifodalaydi. Frazeologik butunlikning quyidagi belgilari bor:15 1. Iboraning ma’nosi tarkibidagi so‘zlarning ma’nolari bilan izohlanadi. Masalan, yaxshi ishtaha haqida ishtahasi ochildi, deyilsa ochko‘zlikka nisbatan frazeologik butunlik bo‘ladi. 2. Iboraning ma’nosi butun holda ko‘chma bo‘ladi: podadan oldin chang chiqarmoq, yulduzni benarvon urmoq, jag‘i ochilmoq. 3. Ibora tarkibidagi so‘zlar o‘zaro jonli grammatik aloqada bo‘lsa ham, ular sintaktik jihatidan erkin bo‘lmaydi. Masalan: ilonning yog‘ini yalagan iborasi erkin aniqlovchi, to‘ldiruvchi yoki boshqa bo‘aklarga ajratilmaydi, balki birikma holida kesim bo‘lib keladi. Frazeologik chatishmalar. Iboralarning umumiy ma’nosi bilan uni tashkil etgan qismlarning xususiy ma’nolari o‘rtasida bog‘liqlik bo‘lmaydi. Ko‘pincha ziddiyat mavjud bo‘ladi. Masalan, oyog‘ini qo‘liga olmoq iborasi butun holda ko‘chma ma’noni “shoshilish” ma’nosini ifodalaydi, ammo bu ma’no ibora tarkibidagi oyog‘(ini), qo‘li(ga) olmoq so‘zlarining na asl, na ko‘chma ma‘nolari bilan bog‘liq emas. Misollar: Hoji o‘pkasini qo‘ltiqlab xonaga kirib keldi. (M.) Akam achchig‘idan to‘nini teskari kiyib oldi. Kambag‘allar ikki barmog‘ini burniga tirab qolmasin. (M. I.) Boy hali to‘ng‘iz qopadi (O.) va boshqalar. Frazeologizmlar shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:16 1. Frazeologik omonimlar. Bunga turli ma’no ifodalovchi shakldosh iboralar kiradi. Masalan: og‘ziga olmadi (yemadi), og‘ziga olmadi (gapirmadi). 2. Frazeologik sinonimlarga ma’nodosh lekin shakli boshqa iboralar kiradi. Masalan, bo‘yi bir qarich o‘smoq - bo‘yi ko‘kka yetmoq, qovog‘idan qor yog‘ilmoq - fig‘oni falakka yetmoq, jon koyitmoq - jon fido qilmoq. 3. Frazeologik antonimlar. O'zaro qarama-qarshi ma'noifodplovchi iboralar kiradi. Masalan, jag'i ochilmoq – mum tishlamoq, ishi o'ngidan kelmoq - hafsalasi pir bo'lmoq kabi. Download 54.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling