“Korporativ boshqaruv” kafedrasi


Download 246.98 Kb.
bet1/8
Sana19.12.2022
Hajmi246.98 Kb.
#1032780
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Стр.мен. курс иши 4-курс-лотин


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI





“Korporativ boshqaruv” kafedrasi



Strategik va innovasion menejment fanidan
5232900 – “Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish (avtomobil transporti)”
ta’lim yo‘nalishidagi 4–bosqich bakalavriat talabalariga
kurs ishini bajarish bo‘yicha

USLUBIY QO‘LLANMA
Toshkent – 2022
TAVSIYA ETILGAN”

«Korporativ boshqaruv» kafedrasi majlisida


muhokama qilingan va tavsiya etilgan
Kafedra mudiri__________PhD. Z.N.Raxmatov
(kafedra majlisining ___-sonli bayonnomasi)
“___” _____________ 2022 yil


Tuzuvchi:



Tuychiyev A.M.

− TDTrU “Korporativ boshqaruv”
kafedrasi katta o‘qituvchisi





© Toshkent davlat transport universiteti (TDTrU), 2022
Kirish
Bugungi kunda milliy iqtisodiyotimiz barqaror sur’atlar bilan rivojlanayotgan bir paytda, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning ustuvor vazifalaridan biri iqtisodiyotni modernizasiyalash va tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, barqaror va o‘zaro mutanosib tarkibiy tuzilma shakllantirib borishdan iborat.
O‘zbekiston bugun xalqaro hamjamiyatning va global moliyaviy-iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanayotgan bir davrda, uning iqtisodiyot tarmoqlarini modernizasiya qilish, sohalarni texnik va texnologik qayta jihozlash va jahon standartlariga mos mahsulotlar ishlab chiqarish dolzarb masalalardan biridir.
“2022 -2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovasion rivojlanish strategiyasini” ishlab chiqilib, amalda joriy etilishi mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanishida katta ahamiyat kasb etmoqda.
Strategik menejment — iqtisodiyot sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, u davlat, asionerlik va xususiy kompaniyalar (firmalar), ishlab chiqarish birlashmalari, iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlarini boshqarish, ularni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollarini belgilash bo‘yicha iqtisodiy, tashkiliy masalalar yechimlarini Strategik menejmentning rivojlanish qonuniyatlari va zamonaviy konsepsiyalari asosida ishlab chiqish va amalga oshirishni o‘z ichiga oladi.
Strategik menejment boshqa iqtisodiy fanlarning nazariy va uslubiy asosini tashkil qilib, o‘z rivojida aniq yo‘nalishdagi iqtisodiy fanlar uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi.
Kurs ishida talabaning oliy ta’lim muassasasida taxsil olishi davomida to‘plagan nazariy va amaliy bilimlari yuzaga chiqadi, talabaning nazariy bilimlar bilan qurollanish darajasi, malaka va ko‘nikmasi ilmiy-ishlab chiqarish vazifalarini yechishga qay darajada qo‘llay olishi orqali namoyon bo‘ladi.
Kurs ishi talabalar mustaqil ishining asosiy va samarali shakllaridan biridir. Unda nazariy kursni o‘rganish, talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha vazifalarni bajarish va amaliyotni o‘tishga yakun yasaladi.
Kurs ishining maqsadi - talabalar tomonidan tegishli kurslarda o‘rganilgan nazariy, tashkiliy va amaliy masalalarning o‘zlashtirilganlik darajasini, talabalarning mustaqil ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazishga tayyorgarlik darajasini tekshirishdan iborat.
Kurs ishini bajarishdan oldin tavsiya etiladigan adabiyotlar bo‘yicha kursning nazariy materialini chuqur o‘zlashtirish, dastlabki ma’lumotlarni to‘plash, umumlashtirish va tahlil qilish zarurdir.
Kurs ishini bajarish talabaga turli xil axborot manbalari bilan mustaqil ishlashga o‘rganish, xalqaro rivojlanishning asosiy muammolarini chuqur o‘rganish va buning asosida mustaqil nazariy va amaliy xulosalar va takliflar ishlab chiqish imkonini beradi.




  1. Download 246.98 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling