“Korporativ boshqaruv” kafedrasi
Kurs ishlarini yozishga quyiladigan asosiy talablar
Download 246.98 Kb.
|
Стр.мен. курс иши 4-курс-лотин
2. Kurs ishlarini yozishga quyiladigan asosiy talablar
Talaba kurs ishini yozishga kirishganda uning professional va nazariy g‘oyaviy darajasi, mazmuni, tuzilishi, bayon etish shakli va materialni rasmiylashtirishga qo‘yiladigan asosiy talablarni bilib olishi kerak. Kurs ishlariga quyidagi talablar qo‘yiladi: yig‘ilgan materialning tanlangan mavzuning barcha masalalarini tahlil qilish imkonini beradigan yetarli darajada to‘liqligi va kompleksligi; - material tahlilining iqtisodiy jihatdan savodli va yetarli darajada chuqur qilinganligi; - ishda tanlangan mavzudagi muammolarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar va xulosalarning mavjudligi; - ishni to‘g‘ri va tartibli bajaralganligi. Taqrizchi tomonidan ijobiy baho berilgan kurs ishi himoyaga qo‘yiladi. Talaba himoyaga tayyorlanish davomida ishning asosiy mazmunini bilishi, o‘z nuqtai-nazarini asoslab berishi, taqrizchi va komissiya a’zolarining savollariga javob berishi kerak. Himoyadan so‘ng kurs ishiga baholash ko‘rsatkichlari va “a’lo”, “yaxshi”, “qoniqarli” degan baho qo‘yiladi va o‘qituvchi bu bahoni imtihon qaydnomasi va talabaning reyting daftarchasiga qo‘yadi. Qoniqarsiz baho qo‘yilgan ish kafedra tomonidan belgilangan muddat davomida to‘liq qayta ko‘rib chiqilishi kerak. Tartibli va to‘g‘ri rasmiylashtirilgan, maqsadli yo‘nalishga ega bo‘lgan, o‘z ichiga amaliy natija va tanlangan mavzu muammolarining chuqur tahlilini qamrab olgan, talabaning korxona amaliy faoliyati holatini tahlil qilish, yig‘ilgan amaliy materialni tizimlashtirish, mavjud ijobiy holatlar va kamchiliklar to‘g‘risida xulosalar qilish borasida ilmiy guvohlik beradigan, nazariy jihatdan ilmiy izlanish va tahlil elementlarini o‘z ichiga olgan hamda talabaning yetarli miqdordagi zamonaviy ilmiy adabiyotlarni ko‘rib chiqqanligi va ulardan foydalana olishi to‘g‘risida guvohlik beradigan kurs ishiga “a’lo” baho qo‘yiladi. Barcha ko‘rsatilgan talablar bajarilgan, biroq stilistik yoki metodik xarakterdagi kamchiliklar, yetarli darajada asoslanmagan xulosa va takliflar bo‘lgan, to‘g‘ri bajarilgan va tartibli rasmiylashtirilgan kurs ishiga “yaxshi” baho qo‘yiladi. Nazariy masalalar yetarli darajada to‘liq ko‘rsatilmagan, ilmiy tahlil elementlari kam aks ettirilgan, tahlil bo‘sh yoki bir tomonlama o‘tkazilgan, xulosa va takliflar yetarli darajada ishonchli asoslanmagan va tartibli rasmiylashtirilmagan kurs ishiga “qoniqarli” baho qo‘yiladi. Nazariy yoki amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan eng dolzarb mavzular bo‘yicha eng yaxshi kurs ishlarini bajargan talabalar ilmiy konferensiyalarda ishtirok etish uchun taklif qilinishlari mumkin, ularning ishlari talabalarning ishlari ko‘rik-tanlovlariga taqdim etilishi mumkin. Ijobiy baholangan va himoya qilingan kurs ishi kafedra tomonidan arxivga saqlash uchun topshiriladi. Download 246.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling