“Korporativ boshqaruv” kafedrasi


Kurs ishlarining himoyasiga tayyorgarlik ko‘rish


Download 246.98 Kb.
bet5/8
Sana19.12.2022
Hajmi246.98 Kb.
#1032780
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Стр.мен. курс иши 4-курс-лотин

5. Kurs ishlarining himoyasiga tayyorgarlik ko‘rish
Kurs ishlarining himoyasi kafedra komissiyasining yig‘ilishlarida o‘tkaziladi. Himoyada tegishli kurs, guruh va boshqa kurslarning talabalari ishtirok etishi mumkin.
Talaba o‘z ishining hamda o‘zi ishlab chiqqan taklif va xulosalarning himoyasiga yaxshi tayyorgarlik ko‘rishi kerak. Talabaning kurs ishini himoya qilishga tayyorgarlik ko‘rishi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- so‘zga chiqish yoki taqdimotning aniq rejasini tuzish, konspektning mavjud bo‘lishi va ishning eng muhim tomonlariga e’tibor qaratilgan sharhlarning bo‘lishi;
- talabaning asosiy mustaqil xulosalarining o‘zida ifoda etishi kerak bo‘lgan uchtadan beshtagacha tasvirlar /jadvallar, sxemalar, grafiklar va boshqalar/ning mavjudligi. Tasvirlarda hammaga ma’lum bo‘lgan ma’lumotlar, normativlar va formulalarni keltirmaslik kerak.
Talabaga kurs ishining mazmuni, xulosa va takliflar yuzasidan ma’ruza qilish uchun 10 daqiqagacha vaqt berilib, bu vaqt berilib, bu vaqt davomida u tadqiqotning maqsadi, shuningdek, komissiya a’zolariga yetkazish zarur deb hisoblangan eng muhim natijalar va takliflarni aniq bayon etishi kerak. So‘ngra talaba komissiya a’zolari va auditoriyadagi boshqalarning barcha savollariga aniq va qisqa javob berishi kerak.


1-ilova
Kurs ishlarining mavzulari

  1. Strategik menejmentning fan sifatida shakllanishi.

  2. Strategik menejmentning Amerika modeli va uning mazmuni.

  3. Strategik menejmentning Yapon modeli va uning mazmuni.

  4. Strategik menejmentning Gʻarbiy Yevropa modeli.

  5. Boshqaruv usullari va ularning xususiyatlari.

  6. Mehnatni boshqarish usullari evolyusiyasi.

  7. Mehnatni innovasion boshqarishga o‘tishning asosiy omillari va shartlari.

  8. Mehnatni axborotlashtirilgan boshqarish, uning mohiyati va xususiyatlari.

  9. Strategik menejment texnologiyasining mazmuni va amalga oshirish bosqichlari.

  10. Strategik menejment jarayonida asosiy funksiyalarning mazmuni va tamoyillari.

  11. A. Maslou, F.Gersberg, D. Makklellandning motivasiya nazariyalari.

  12. A. Maslouning ehtiyojlar iyerarxiyasi va motivasiya modellari.

  13. Boshqaruvda axborot ta’minoti va kommunikasiyaning ahamiyati.

  14. Boshqaruv qarorlarining turlari, ularni ishlab chiqish va qabul qilish jarayoni.

  15. Tashkilot mazmuni, uning elementlari va yashash davri.

  16. O‘zbekistonda kichik biznes va tadbirkorlikning rivojlanishi.

  17. Tashkilotning ichki va tashqi muhitini shakllantiruvchi omillar.

  18. Tashkilotlar faoliyatini turkumlash va boshqaruv me’yorlarini belgilash.

  19. Boshqaruv tuzilmalari, ularning afzalliklari va kamchiliklari.

  20. Tashkiliy o‘zgarishlarga qarshiliklar va ularni bartaraf etish usullari.

  21. Xo‘jalik tashkilotlarining integrasiyalashgan shakllari (kartel, sindikat, trest, konsern, konsorsium, holding, moliya-sanoat guruhi, tadbirkorlar uyushmasi, virtual korporasiya).

  22. Boshqaruvning iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligini aniqlash uslublari.

  23. Korporasiyalarning innovasion strategiyalari.

  24. Menejerning shaxsiy va kasbiy sifatlari.

  25. Menejerning kasbiy mahorati va tashkilotchilik qobiliyatining namoyon bo‘lishi.

  26. Menejer va yetakchining bir-biridan farqi.

  27. Yetakchilik xulqi konsepsiyalari.

  28. Rahbarlik uslublari va ularning mazmuni.

  29. Menejerning ishbilarmonlik etikasi va etiketi.

  30. Ishbilarmonlik etiketining milliy xususiyatlari.

  31. Rahbarning o‘zini - o‘zi boshqarishi.

  32. Menejerning ish kunini tashkil etish qoidalari.

  33. Kun davomida mehnat qobiliyatining statistik o‘zgarishlarini tatqiq etish.

  34. Menejer faoliyatini rejalashtirish va tashkil etish vositalari.

  35. Mehnat jamoalarining turlari va shakllanish bosqichlari.

  36. Mehnat jamoalari ichidagi nizolar, ularning turlari va ularni bartaraf etish usullari.

  37. Menejerning ishbilarmonlik qobiliyatlarini baholash uslubiyoti.

  38. Kichik biznesning ahamiyati va uning tashkiliy shakllari.

  39. Korxona qudrati va uni baholash usullari

  40. Korxona faoliyatida boshqaruv funksiyalaridan samarali foydalanish.

2-ilova

Download 246.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling