“Korporativ boshqaruv” kafedrasi
Kurs ishini bajarish ketma – ketligi va uning qismlari mazmuni
Download 246.98 Kb.
|
Стр.мен. курс иши 4-курс-лотин
Kurs ishini bajarish ketma – ketligi va uning qismlari mazmuni
“Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha talabalar o‘quv rejasiga ko‘ra kurs ishini “Strategik va innovasion menejment” fani bo‘yicha yozadilar. Adabiyotlarni va kurs ishining tanlangan mavzusi bo‘yicha mavjud materialni chuqur va har tomonlama o‘rganish, ma’lumotlar taxlilini o‘tkazish va kurs ishi mavzusining barcha jixatlarini nazariy yoritish uchun o‘quv yili mobaynida fanni o‘rganish bilan bir qatorda mustaqil ish vaqtini kurs ishining alohida qismlari bo‘yicha teng taqsimlash zarurdir. Kurs ishi bajarilishining birinchi bosqichi – mavzuni tanlash. “Strategik va innovasion menejment” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun taklif etiladigan kurs ishlarining mavzulari 1-ilovada keltirilgan. Talaba ro‘yxatga kiritilmagan mavzuni o‘zining ilmiy rahbari bilan kelishgan holda tanlashi ham mumkin. Bunday mavzu kafedra yig‘ilishida tasdiqlanadi. Talaba hukumat hujjatlari, monografiyalar, statistik to‘plamlar, internet resurslari, jurnal va gazeta maqolalarini o‘rganish, shuningdek o‘qituvchidan maslahatlar olish asosida dastlab kurs ishining umumiy, so‘ngra detallashtirilgan rejasini tuzadi. Shuni ta’kidlash joizki, bu reja ish mobaynida to‘ldirilishi va aniqlashtirilishi mumkin. Reja – har qanday ishning asosidir. Unda kurs ishining tuzilishi, mazmuni va qismlari o‘rtasidagi o‘zaro mantiqiy bog‘liqlik bo‘lishi lozim. Talaba tanlangan mavzu materialini qanchalik darajada chuqur o‘rgangani va undan o‘zi uchun kerakli narsani tanlay olganligi uning tuzgan rajasidan ma’lum bo‘ladi. To‘g‘ri tuzilgan reja talabaning muammoni to‘liq va uning alohida qismlarini tushunganligidan dalolat beradi, shuning uchun rejaning sifati ishni baholashga ta’sir ko‘rsatadi. Ishning rejasini va uning asosiy qismlarini yetakchi kurs o‘qituvchilari yoki ish bo‘yicha tayinlangan rahbar bilan kelishish zarur. Rejaning tuzilishi ishning ilmiy yo‘nalganlik darajasini qayd etishi kerak va kurs ishiga bildirilgan talablarga mos kelishi kerak. Rejani tuzish namunalari 2-ilovada keltirilgan. Talaba detallashtirilgan rejani tuzganidan so‘ng kurs ishining kirish va asosiy qismini yozishga kirishishi mumkin. Uch–to‘rt betdan iborat bo‘lgan kirishda tanlangan mavzuning dolzarbligi, uning nazariy va amaliy ahamiyatini ko‘rsatish zarur. Shuningdek, kurs ishining maqsadi, vazifalarini, uning qaysi korxona misolida bajarilganligini, ishni bajarishda qanday usullardan foydalanilganligi, qanday natijalarni olish kutilayotganligi ham ko‘rsatilishi kerak. Ishning asosiy qismini yozishda adabiyot manbalaridan foydalanish kerak. Nazariy qoidalarni tasvirlash uchun umumiy va tarmoq statistik to‘plamlari va ma’lumotlaridan foydalanish zarur. Rasmiy statistik ma’lumotlar bilan bir qatorda kitoblar, broshyuralar, gazeta va jurnallarning maqolalaridagi ma’lumotlaridan hamda boshqa shu kabilardan foydalanish, barcha foydalanilgan manbalariga o‘rnatilgan shaklda havolalar keltirish zarur. Talaba o‘rganilgan masala bo‘yicha adabiyotlarda yagona nuqtai – nazar bo‘lmagan holatga duch kelishi mumkin. Bunday holatda turli xil pozisiyalarda turgan mualliflarning fikr–mulohazalarini keltirish, ularning nuqtai – nazarlaridan kelib chiqqan holda tanqidiy baho berish kerak. Bir vaqtning o‘zida talaba o‘rganilgan masala bo‘yicha o‘z fikrlarini ham bayon qilishi kerak. Bu kurs ishining ahamiyatini oshiradi, materialni yanada chuqur o‘rganishga ko‘maklashadi. Kurs ishini yozish uchun zarur materiallar yig‘ilganidan so‘ng rejani yana bir marta taxrir qilish, reja savollari bo‘yicha tanlangan ma’lumotlarni tizimlashtirish, ishlab chiqilgan tahliliy jadvallar, sxemalar, grafiklar va diagrammalarning mazmunini taxrir qilish zarur. Kurs ishi matnini tuzishda har bir holat nazariy jihatdan asoslab berilishi, tanlangan va tizimlashtirilgan material bilan mustahkamlanishi kerak. Matnni bayon etishda xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslikka intilish, bunda mantiqiy ketma – ketlikka rioya etish zarur. Kurs ishi matnini bayon etishdagi kamchiliklarga quyidagilar kiritiladi: ishni mustaqil ravishda bajarmaslik, matnni darslik, o‘quv qo‘llanma yoki broshyuradan qisman yoki to‘liq ko‘chirib yozish, matndagi takrorlanishlar, mantiqan bir – biriga qarama – qarshi holatlar, matnda raqamlar, tahliliy jadvallar yoki iqtiboslarning mavjud emasligi. Ishning uchinchi qismida talaba o‘rganiladigan muammolarni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishi kerak. Tavsiyalar loyihasini ishlab chiqishda tahlil qismida keltirilgan xulosalarga asoslanish kerak. Tavsiyalar talaba tomonidan ham mustaqil ravishda, ham adabiyot manbalarida keltirilgan ilg‘or tajribani o‘rganish va umumlashtirish asosida ishlab chiqilishi mumkin. Tavsiyalar asoslangan, haqiqatga yaqin, nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lishi kerak. Xulosa qismida o‘rganilayotgan mavzuning barcha jihatlari bo‘yicha tavsiyalar keltirish kerak. Ikki – uch betdan iborat bo‘lgan xulosalarda umumlashgan ko‘rinishda birinchi bobning eng muhim nazariy tomonlari, tahlil natijalari va ishlab chiqilgan tavsiyalarning ro‘yxati bayon etilishi zarur. Tanlab olingan kitoblar va broshyuralarni quyidagi shaklda yozish kerak: muallifning familiyasi, ismi, sharifini, kitobning aniq nomi, nashr etilgan joyi (shahar), nashriyotining nomi va nashr etilgan yili. Toshkent shahri birinchi harfi bilan ko‘rsatiladi: - T, boshqa shaharlarning nomlari to‘liq keltiriladi. Jurnaldagi maqolalarni quyidagicha yozish kerak: muallifning familiyasi, ismi, sharifi, jurnalning nomi, nashr etilgan yili va jurnal sanasi, sahifasi. Gazetadagi maqolani bibliografiyaga quyidagicha shaklda kiritish zarur: muallifning familiyasi, ismi, sharifi, maqolaning nomi, gazetaning nomi, nashr etilgan yili va sanasi. Yordamchi ahamiyatga ega bo‘lgan yoki ma’lumot beradigan jadval va sxemalarni ilovalarda keltirish lozim. Download 246.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling