Korreksion (maxsus) pedagogika asoslari. Inklyuziv ta’lim


Tayanch-harakat apparati buzilgan o`quvchilarni korreksion o`qitish. Tayanch-harakat apparatlari buzilishining turlari va yuzaga kelish sabablari


Download 108.42 Kb.
bet12/14
Sana22.01.2023
Hajmi108.42 Kb.
#1108530
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
8-amaliy

Tayanch-harakat apparati buzilgan o`quvchilarni korreksion o`qitish. Tayanch-harakat apparatlari buzilishining turlari va yuzaga kelish sabablari. Tayanch-harakat apparatidagi turli buzilishlar bolalarni o`qitish va tarbiyalashda muayyan muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Tayanch-harakat apparati funksiyalarining buzilishi tug`ma yoki orttirilgan bo`lishi mumkin. Tayanch-harakat apparati patologiyasi quyidagi turlarga ajratiladi:
1) nerv tizimining kasallanishi (bolalar serebral paralichi (BSP), poliomiyelit);
2) tayanch-harakat apparatining tug`ma patologiyasi; sonning tug`ma chiqqanligi; bo`yin qiyshiqligi; qiyshiq oyoqlik va oyoqning boshqa nuqsonlari; umurtqa pog`onasi rivojlanishidagi nuqsonlar (skolioz); qo`l yoki oyoqlarning rivojlanmaganligi va nuqsonlari; qo`li barmoqlarining anomal rivojlanishi; artrogripoz (tug`ma mayiblik);
3) orttirilgan kasalliklar va tayanch-harakat apparatining zararlanishi; orqa miya, bosh miya va qo`l-oyoqlarning travmatik jarohatlanishi; poliatrit; skelet kasalliklari (tuberkulez, suyaklardagi shishlar, osteomiyelit), skelet tizimi kasalliklari (raxit, xondodistrofiya).
Tayanch-harakat apparati patologiyasi bo`lgan bolalarda asosiy buzilish harakatlanishdagi nuqson hisoblanadi. Bunday nuqsonlarga ega bolalarning 89 % ini serebral paralichli bolalar tashkil etadilar. Ularda harakat buzilishi psixik va nutqiy buzilishlar bilan birga namoyon bo`ladi. Shu bois bu kabi bolalar nafaqat davolash va ijtimoiy yordamga, balki psixologik-pedagogik va logopedik korreksiyaga ham muhtoj bo`ladilar.
Harakatlanish buzilishlari o`rtacha darajada bo`lgan bolalar yurishni o`rganib olsalarda, biroq, shonch bilan yura olmaydilar, ular uchun maxsus moslamalar zarur. Harakatlanish buzilishining yengil shaklida bolalar uyda va ko`chada mustaqil, qo`rqmay yura oladilar, o`zlariga to`la xizmat ko`rsatadilar.


Inklyuziv ta’lim

  • «Inklyuziv» termini ingliz tilida «kiritish, o`z ichiga olish» degan manoni anglatib, maxsus yordamga muxtoj bolalar va yoshlar uchun moslashuvchan, individuallashgan yordam tizimidir.

Inklyuziv ta’lim — barcha o‘quvchilar uchun maxsus ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning farqliligini inobatga olgan holda ta’lim muassasalarida ilm olishda teng huquqlilikni ta’minlashdir”
2009 yil O‘zbekiston imzolagan va bugungi kungacha ratifikatsiya qilmagan Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasining 24-moddasi nogironligi bor insonlarning ta’lim olish huquqini tan oladi va ushbu huquqni kamsitishsiz hamda teng imkoniyatlar asosida hayotga tatbiq qilish uchun ishtirokchi davlatlarga barcha darajadagi inklyuziv ta’lim va hayoti davomida uzluksiz o‘qishni ta’minlash majburiyatini yuklatadi.
Har bir bolaning inklyuziv ta’lim huquqini ta’minlash maqsadida (barcha darajadagi) tegishli davlat hokimiyati organlari umumta’lim o‘quv muassasalarida nogironligi bor va rivojlanishida nuqsoni bor bolalarni ham nazarda tutgan holda barcha o‘quvchilarga zarur sharoitlarni yaratishi lozim.
“O‘quvchilar shaxsiy tizimini qo‘llab-quvvatlash uchun shart-sharoitlar yuqori malakali pedagok kadrlarning, ularning psixologik-pedagogik hamrohlikni amalga oshiruvchi zaxiradagi pedagog (tyutor) va boshqa mutaxassislarning borligini qamrab olishi zarur. Sharoitlar deganda bino va inshootlarning, o‘quv materiallarining va texnik vositalarning jismoniy maqbulligi, o‘quvchilar rivojlanishining individual rejasiga asosan o‘quv dasturlarining adaptatsiyasi, shuningdek muassasaning tarbiyaviy tizimining barcha o‘quvchilarni qabul qilishni shakllantirish va rivojlantirishga yo‘naltirilganligi ko‘zda tutiladi”, — deya tushuntiradi Galina Nam.



Download 108.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling