Korrupsiya global muammo sifatida


Download 62.25 Kb.
bet4/4
Sana16.11.2023
Hajmi62.25 Kb.
#1781499
1   2   3   4
Bog'liq
Korrupsiya

SINGAPUR – Janubiy-g‘arbiy Osiyodagi kichik orolda joylashgan davlat. 1959 yilda Buyuk Britaniya tarkibidagi o‘z-o‘zini boshqaradigan davlatga, 1965 yilda esa Malayziya tarkibidan chiqib mustaqil mamlakatga aylangan. O‘sha davrda davlat judayam nochor va o‘ta korrupsiyalashgan edi. Ammo, hukumat rahbarligini egallagan Li Kuan YU (1959-1990y.) o‘z faoliyatini, mamlakatning “o‘lib bo‘lgan” iqtisodiyotini ko‘tarish uchun, dastlab o‘lkada hukm surayotgan korrupsiyaga qarshi shafqatsiz kurashdan boshladi va quyidagilarni amalga oshirdi:
– 1960 yilda Singapurda “Korrupsiyaning oldini olish to‘g‘risida”gi Akt qabul qilinib, unda “korrupsiya” tushunchasiga aniq tarif berildi hamda poraxo‘rlik jinoyatlari uchun jazo kuchaytirildi, iloji boricha ikki xil tushuniladigan noaniq qonun normalari qonunchilikdan chiqarib tashlandi;
ERON ham poraxo‘r mansabdorlarni qatl etish bilan mashhur bo‘lgan. O‘lim jazosi osish orqali mamlakatning katta maydonlarida va omma oldida amalga oshiriladi. Eron qonunchiligi uchun pora hajmi muhim emas, u erda pora olganligi isbotlansa bo‘ldi. SHu bilan birga mamlakatda poraxo‘r amaldorlarning barmoqlarini va qo‘llarini kesish amaliyoti ham qo‘llaniladi.
O‘ZBEKISTON ham korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. So‘nggi yillarda, bu illatga qarshi kurash bo‘yicha aniq maqsadli strategiya belgilandi. Jumladan, 2017 yilda “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi ham jamiyatimizda bu illatga qarshi kurashning yangi bosqichini belgilab berdi. Mazkur qonun bilan korrupsiya, ya’ni poraxo‘rlik, mansabdan foydalangan holda qonunni suiiste’mol qilish, tanish-bilishchilik, qarindosh-urug‘chilik, iste’dodli kadrlarning o‘sishiga to‘siq bo‘lish, inson huquqlarini buzish, tama’girlik qilish kabi holatlarda, bunday qabihliklarni amalga oshirganlar uchun davlatning qat’iy jazosi muqarrarligi aniq ravshan belgilandi.
Qabul qilingan qonun hujjatlari o‘zining samarasini bera boshladi. Xususan, mamlakatda byudjet ochiqligining ta’minlanishi, O‘zbekiston turli xalqaro reytinglarida (“Xalqaro baxt indeksi”da 47-o‘rin, “Qonuniy tartiblarga itoat qilish indeksi”ga ko‘ra 2-o‘rin va h.k.) ko‘tarilib borayotganligi ahamiyatli. 
Shu o‘rinda qonun hujjatlarini hayotga tatbiq etishda quyidagi jihatlarga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiq. 
Bular:
- OAVning shu yo‘nalishdagi faoliyatini yanada rivojlantirish, korrupsiya holatlarini aniqlash, oqibatlarini yoritish borasidagi faoliyatini rag‘batlantirib borish mexanizmini joriy etish, Oliy Majlis palatalarida Qo‘mitalar, Fraksiyalar yig‘ilishlari, Yalpi Majlislari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi va uning barcha darajadagi tuzilmalarida bo‘layotgan yig‘ilishlarida OAVlarining cheklovlarsiz ishtirok etishini kafolatlash; 
- aholining turmush farovonligini oshirish va mehnatga munosib haq to‘lashni eng dolzarb masalasi hisoblangan “Iste’mol savatchasi”ni joriy etishni tezlashtirish;
- diniy ulamolarimiz masjid va madrasalarda muntazam ravishda korrupsiya va uning salbiy oqibatlari xususida targ‘ibotlar olib borish;
- “Korrupsiyadan xoli hudud” nominatsiyasi bo‘yicha keng jamoatchilik o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar tashkil etish orqali, tanlovlar o‘tkazish;
- olimlar, tadqiqotchilar va izlanuvchilarning korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish mexanizmini rivojlantirish, innovatsion yondashuvlarni qo‘llab-quvvatlash;
- aholi tomonidan eng ko‘p murojaat etiladigan jabhalar, xususan, korrupsiya alomatlari bo‘lishi mumkin bo‘lgan tarmoqlarda kafolatlangan shaffof elektron tizimni joriy etish. Masalan, navbatlarning elektron shaklini yaratish va muntazamligini ta’minlash.
Download 62.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling