Korrupsiya global muammo sifatida
BIRLASHGAN ARAB AMIRLIKLARIda
Download 62.25 Kb.
|
Korrupsiya
BIRLASHGAN ARAB AMIRLIKLARIda korrupsiyaga qarshi kurash qonunlari o‘zgacha jazoni nazarda tutadi. Bu erda korrupsiyachilarning shunchaki qo‘li chopib tashlanadi.
BUYUK BRITANIYADA korrupsiya faktlarini aniqlash bo‘yicha maxsus darslik bor Buyuk Britaniyaning 2017-2022 yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi strategiyasiga asosan, «Ochiq hukumat bo‘yicha sheriklik dasturiga a’zo bo‘lgan 75 mamlakat hukumatlarining fuqarolar uchun yanada ochiq, hisobdor va mas’uliyatli qilish uchun ko‘maklashadi. Hamkorlikning o‘ziga xosligi hukumat va fuqarolik jamiyatining islohotlarni ishlab chiqish va amalga oshirishdagi qo‘shma rolidir. Fuqarolik jamiyati hukumatlarni osonlikcha hisobdorlikka ushlab turishi, mustaqil kuzatuvchilarning hukumatlar o‘z majburiyatlarini bajarishda erishgan yutuqlarini kuzatib borishlari, o‘z navbatida bir-birlaridan o‘rganishlari mumkinligini anglatadi». Xalqaro standartlarga muvofiq ochiq hukumatning asosiy institutlari ma’lumotlarning ochiqligi, davlat xizmatchilarining fuqarolar oldida hisobdorligi va faoliyatning ochiqligi prinsiplariga asoslanib, ularni amaliyotga joriy qilishga mo‘ljallangan huquqiy normalar ishlab chiqilganligi korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohalaridagi jamoatchilik nazoratining tartib-taomillarini samarali qo‘llash uchun sharoit yaratadi. Mazkur tartib-taomillar davlat organlari faoliyatida zamonaviy axborot texnologiyalarning keng joriy etilishi ruknida elektron elementlarni qamrab olib, jamoatchilik nazorati jarayoni va natijalarini aholining aksariyat qismi uchun yanada shaffof va qulayligini ta’minlaydi. Bugungi kunda davlat organlari va tashkilotlarining rivojlanishi axborot texnologiyalarga asoslanadigan shart-sharoitlardagina korrupsiyaga qarshi samarali va yuqori texnologik jamoatchilik nazorati bo‘lishi mumkin. Har yili Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi elchixonalarida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha seminarlar tashkil etadi (shu kabi tadbirlar so‘nggi yillarda Buyuk Britaniya, Xitoy, Rossiya, Argentina, Tailand, Singapur, Meksika, Ispaniya va Birlashgan Arab Amirliklarining diplomatik missiyalarida o‘tkazildi). Diplomatik lavozimlarga tayinlangan diplomatlar uchun ikki kunlik intensiv kurslar tashkil etiladi, ular doirasida korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi mutaxassislar TIV xodimlari bilan shaxsiy intervyular o‘tkazadilar va korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha yozma ishlarni tekshiradilar. Xalqaro taraqqiyot vazirligi va Buyuk Britaniya savdo va investitsiyalar agentligining qo‘shma loyihasi doirasida korrupsiya faktlarini aniqlash bo‘yicha maxsus darslik chop etildi, bu majburiy ravishda xorijiy mamlakatlardagi savdo vakolatxonalari va elchixonalarga yuboriladi. Buyuk Britaniyada korrupsiyaga qarshi kurashning bosh organi — katta miqdordagi firibgarlik bo‘yicha kurash boshqarmasi (SFO, Serious Fraud Office) hisoblanadi. Buyuk Britaniya korrupsiyaga qarshi kurash siyosatida davlat ta’limining yana bir xususiyati aholining e’tiborini ichki korrupsiya muammosidan qasddan chalg‘itishdir. Davlat korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ta’lim dasturlarining tashqi yo‘nalishini so‘zsiz qo‘llab-quvvatlaydi. “Britaniya korrupsiyaga qarshi kurash forumi”, “Transparency international”, “Qashshoqlikka qarshi muhandislar”, “Bosh infrastruktura korrupsiyaga qarshi kurash markazi” va boshqalar kabi nodavlat tashkilotlari Londonning korrupsiyani global bartaraf etish g‘oyasining eng faol namoyondalari hisoblanadi. Ko‘pincha Britaniya nodavlat tashkilotlari davlat organlari, biznes va xorijiy davlatlarning fuqarolik jamiyati institutlari uchun korrupsiyaga qarshi ta’lim dasturlarini beg‘arazlik asosida amalga oshirmoqdalar. Buyuk Britaniya korrupsiyaga qarshi bir necha yuz yilliklar mobaynida kurashib kelmoqda. Buyuk Britaniya tarixidagi ilk auditorlik tekshiruvi, arxiv ma’lumotlariga qaraganda, 1200-yillarda o‘tkazilgan, qizig‘i shuki, poraxo‘rlar tekshiruvchilarni sotib ololmasliklari uchun, audit mansabdor shaxslar va oddiy aholi kuzatuvi ostida o‘tkazilgan. Katta mulk egalarining moliyaviy hujjatlarini auditorlar mayda-chuyda ikir-chikirlarigacha tekshiradilar, so‘ngra er egalari deklaratsiya – ommaviy ravishda ko‘rib chiqiladigan to‘liq hisobot ham topshiradilar. SHu tarzda mamlakatda davlat g‘aznasidan ajratilayotgan mablag‘larning nimalarga sarflanayotganligi nazorat qilib turishgan. Muarrixlarning qayd etishicha, poraxo‘rlar pora olishning turli yo‘llarini o‘ylab topishgan, ammo shunga qaramay bu keng ommalashgan va jirkanch illatga qarshi kurash o‘zining yaxshi natijalarini berar edi. Buyuk Britaniyada korrupsiyaga qarshi qonun ilk bor 1889 yilda qabul qilingan. Unda: “Mansabdor shaxsni biror muammoga “ko‘z yumish”ga yoki muayyan miqdordagi mablag‘ evaziga bevosita bajarishi shart bo‘lgan majburiyatlarini bajarmaslikka undaydigan ayniqsa, ssuda yoki mukofot va hatto hadya ham pora hisoblanadi”, deya aniq-ravshan yozib qo‘yilgan. Poraxo‘rlar qamoqqa tashlangan hamda jamoatchilik va xalq manfaatiga aloqador lavozimlarni egallash huquqidan mahrum etilgan. Jinoyat qayta sodir etilgan taqdirda poraxo‘r bir umrga xizmat lavozimidan chetlatilgan hamda nafaqa olish huquqidan ham mahrum etilgan. aynan shu qonun bilan “mansab-martabalarni pullash” bilan shug‘ullangan amaldorlar uchun ikki yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilangan, shunisi qiziqki, naafaqat mansab kursisini sotgan balki uni sotib olgan odam ham jazolangan. Mansab-lavozimlarni sotish to‘g‘risidagi qonun britaniya mustamkalasi bo‘lgan boshqa mamlakatlarda ham amal qilgan. 1906 va 1916 yillarda Buyuk Britaniyada korrupsiyaga qarshi yangi qonunlar qabul qilingan, ularga muvofiq ravishda poraxo‘rlik uchun jinoiy javobgarlik ham qattiq kuchaytirilgan. 1906 yilda qabul qilingan qonunda yangi tushuncha, ifoda (formulirovka) paydo bo‘ladi – mukofot olish maqsadida pora berish. Mukofot umidida pora bergan shaxsga nisbatan 2 yilgacha ozodlikdan mahrum etish, shuningdek, sud qarori bilan belgilanadigan jarima sifatidagi pul to‘lovi ko‘zda tutilgan. Mazkur qonun ilk bora “pora berish” va “pora talab qilish” tushunchalarini alohida tasniflagan. Mazkur jinoyatda aybdor deb topilgan amaldorlar 7 yilgacha ozodlikdan mahrum etilgan, shuningdek, saylash huquqi, va albatta, muayyan lavozimlarni egallash huquqidan mosuvo bo‘lishgan. Angliyaning korrupsiyaga qarshi qonunida mansabdor shaxslar va xizmatchilar qanday hadyalar olish huquqiga ega ekanliklari aniq-ravshan qayd etilgan, bu faqat Rojdestvo munosabat bilan taqdim etiladigan sovg‘alarga tegishli, shuningdek, yondaftarchalar, sharikli ruchkalar, taqvimlar ham hadya sifatida qabul qilinishi mumkin, faqat bunday tuhfalarning narxi juda arzon bo‘lishi hamda ularda mansabdor shaxsga minnatdorchilik bildirmoqchi bo‘lgan kompaniya yoki shirkatning korporativ belgilari tasvirlanmagan bo‘lishi talab qilingan. Mansabdor shaxs bundan boshqa barcha hadyalarni rad etishi lozim. Mabodo, tuhfa xorijiy kompaniya xodimi tomonidan taqdim etilayotgan bo‘lsa, davlat xizmatchisi uni qabul qilishdan oldin o‘zi bevosita bo‘ysunadigan yuqori darajadagi mansabdor shaxsni ogohlantirib qo‘yishi zarur, bunday hollarda, odob nuqtai nazaridan hadyalar qabul qilinadi. Buyuk Britaniyada jahonning yirik kompaniyalarining ko‘plab vakolatxonalari joylashgan, shuning uchun ham jahon iqtisodiyotining katta qismiga inglizlarning korrupsiyaga qarshi qonuni o‘z ta’srini o‘tkaza oladi. Aksariyat ekspertlar mazkur qonun qabul qilingach, endi mamlakat uni o‘zining g‘arazli maqsadlari yo‘lida qo‘llaydi degan yakdil fikrga bordilar. Endi istalgan xorijiy kompaniyani siquv ostiga olmoq, oddiy so‘z bilan aytganda, ishni britaniyalik investor foydasiga hal etmoq mumkin. SHunga qaramay, mazkur qonun 9 yildan beri amalda bo‘lib kelmoqda va hech qanday o‘zgarishlarga uchragani yo‘q. SHu bilan birga, tahlilchilar fikricha, “Poraxo‘rlikka qarshi harakatlar to‘g‘risida”gi qonun amalda qo‘llanilmayapti, korrupsion jinoyatlar uchun bor yo‘g‘i bir nechta kishi jazolangan xolos. Ekspertlarning ta’kidlashlaricha, yirik korrupsion mashmashalar vaqti vaqti bilan ro‘y berib turibdi. «SputnikNews» axborot agentligining xabariga ko‘ra, britaniyalik qonun ijodkorlarini o‘z iqtisodiy manfaatlari yo‘lida qonunlar yaratishga undab, ularga ta’sir o‘tkazishga urinish bilan bog‘liq yashirin korporativ bosimlar uchun har yili 3 mlrd AQSH dollari miqdorida mablag‘ sarflanadi, va parlament a’zolariga maslahatchi sifatidagi rollari uchun 5,2 mln dollarga yaqin mablag‘ to‘lanadi. Huquqni muhofaza qiluvchlarning ma’lumotiga ko‘ra, korrupsiya balosini faqat o‘quv muassasalari va tibbiyot sohasida to‘liq bartaraf etishga erishildi. Biroq, davlat buyurtmalari bilan bog‘liq oldi sotdilarni poraxo‘rliksiz hal etib bo‘lmayapti, kattagina naf keltiradigan davlat buyurtmasiga ega bo‘lish uchun pora berish oliyjanob ish. Download 62.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling