Korrupsiya global muammo sifatida


Download 62.25 Kb.
bet1/4
Sana16.11.2023
Hajmi62.25 Kb.
#1781499
  1   2   3   4
Bog'liq
Korrupsiya


KORRUPSIYA GLOBAL MUAMMO SIFATIDA
REJA

  1. Korruptsiyaга tushunchasi va uning tarixiy ildizlari. Dunyo bo’yicha korrapsiya holatining tasnifi.

  2. Korrupsiyaning shakllari va sabalari. Korrupsiyaning ijtimoiy hayotdagi ko’rinishlari.

3. Xalqaro korrupsiya ijtimoiy-siyosiy manfaatlar to’qnasuvining oqibati sifatida.
Korrupsiya bu - jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi. Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambag‘al bo‘lishidan qat’iy nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi. Ushbu zararli illatni bartaraf etish bo‘yicha jahon hamjamiyati tomonidan bir qator samarali ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lsada, hanuzgacha u bartaraf etilmayapti. Biz quyida korrupsiyaning tarixiy ildizlariga va unga qarshi kurashish xususida fikr yuritmoqchimiz. Korrupsiya (lot. Corrumpere — buzmoq) termini odatda mansabdor shaxslar tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan o‘zlarining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab qonunchilik va ahloq qoidalariga zid ravishda foydalanishini anglatadi. Ko‘p hollarda bu atama siyosiy elitadagi byurokratik apparatga qarata ishlatiladi. Korrupsiya ko‘plab davlatlarning jinoyat va ma’muriy qonunchiligi bilan huquqqa qarshi harakat sifatida ta’qib qilinadi. Korrupsiyaning tarixiy o‘zaklari juda qadimga borib taqalib, bu hol qabilada ma’lum mavqega ega bo‘lish uchun qabila sardorlariga sovg‘alar berish odatidan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi. O‘sha davrlarda bu normal holat sifatida qabul qilingan. Biroq davlat apparatining murakkablashuvi va markaziylashuvi korrupsiyaning davlat rivojlanishiga katta to‘siq ekanligini ko‘rsatdi. Korrupsiyaga qarshi kurashgan birinchi davlat sifatida qadimgi Shumer davlati tan olinadi. Qadimgi davlatlarni ayniqsa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxo‘rligi qattiq tashvishga solganligi bizgacha saqlanib qolgan manbalardan ma’lum. Chunki bu holat davlatning obro‘siga juda qattiq putur yetkazardi. Dunyoning yetakchi dinlarida ham birinchi navbatda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxo‘rligi qattiq qoralanadi. Jumaladan, Injilda “Sovg‘alarni qabul qilma, chunki sovg‘a ko‘rni ko‘radigan qiladi va haqiqatni o‘zgartiradi” deyilgan bo‘lsa, Qu’roni Karimda “Boshqalarning mulkini nohaq yo‘l bilan olmangiz va boshqalarga tegishli bo‘lgan narsalarni olish uchun o‘z mulkingizdan hoqimlaringizga pora qilib uzatmangizlar” deyilgan. Xalqaro tajribadan ma’lumki, davlat xizmatchilari uchun standart taqiqlashlar, cheklashlar va nizomlar barcha rivojlangan mamlakatlar qonunlarida mavjud. Korrupsiya – uchinchi va ikkinchi dunyo mamlakatlari, ya’ni qoloq va rivojlanayotgan davlatlar mag‘lub bo‘layotgan yagona g‘anim, xalqni farovon hayotdan to‘sib turgan to‘siq. Ilm-ma’rifatdan uzoqlashayotgan jamiyatda ochko‘z va noinsof odamlar voyaga etadi. Ular hech qachon o‘lmaydigandek yashashga o‘rganadilar. Va. kun kelib hech qachon yashamagandek o‘ladilar. Bunday muhitda poraxo‘rlik yagona qonunga aylanadi. Korrupsiyaning qurboni esa xalq; natijasi – qashshoqlik bo‘lib qolaveradi. Korrupsiya – mansab mavqeidan shaxsiy maqsadlarda foyda­lanish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyat. Korrupsiya faoliyati xufyona iqtisodiyotning asosiy turlaridan biri hisoblanadi. Aksariyat hollarda korrupsiya deganda davlat amaldorlari tomonidan shaxsiy manfaatlarni ko‘zlab, boylik orttirish maqsadida o‘z mansabidan foydalanish, fuqarolardan pora olish, qonunga xilof pul daromadlarini qo‘lga kiritish tushuniladi. Kishilik dunyosi korrupsiya bilan qadimdan beri kurashib keladi. Korrupsiya ijtimoiy-huquqiy hodisa sifatida davlat hamda uning boshqaruv sohasidagi mansabdor shaxslari paydo bo‘lishi bilan vujudga kelgan. Xalqaro hujjatlarda birinchi bor korrupsiya tushunchasiga BMT Bosh assambleyasining Rezolyusiyasi bilan 1979 yil 17 dekabrda qabul qilingan “Huquqiy tartibotni saqlash bo‘yicha mansabdor shaxslarning xulq-atvor kodeksi”da to‘xtalingan bo‘lib, unda korrupsiya deganda “... mansabdor shaxsning har qanday shakldagi mukofot evaziga o‘z mansab vakolatlari doirasida mazkur mukofotni beruvchi shaxs manfaatlarini ko‘zlab, lavozim yo‘riqnomasi qoidalarini buzgan holda yoki buzmasdan muayyan harakatlarni bajarishi yoki harakatsizligi” tushuniladi deyilgan. BMT Bosh Assambleyasining 1990 yil Gavanada korrupsiya muammolariga bag‘ishlab o‘tkazilgan mintaqalararo seminarida qabul qilingan Davlat xizmatchilari uchun xalqaro xulq-atvor kodeksida “korrupsiya bu mansabdor shaxslarning shaxsiy yoki guruh manfaatini ko‘zlab mansabini suiiste’mol qilish, shu­ningdek davlat xizmatchilari tomonidan o‘zlari egallab turgan xizmat vazifalaridan g‘ayriqonuniy foydalanish ko‘rinishlari­dir”, deyiladi. Evropa Kengashi guruhining korrupsiya muammolari bo‘yicha 1995 yil 22-24 fevralda Strasburgda o‘tkazilgan birinchi sessiyasida “korrupsiya davlat yoki xususiy tizim mansabdor shaxslarini ularning mansab vakolatlari doirasida o‘zlarining vazifalarini buzib bajarishlari uchun ularni pora evaziga og‘dirib olinishidir”, deb ta’rif berilgan. “Hokimiyatni pulga sotib olganlar undan foyda olishni istaydi”, degan edi faylasuf Arastu. Qadimgi Grek faylasufi yashab o‘tgan davrdan beri qancha suvlar oqib o‘tdi. Ammo korrupsiya bilan bog‘liq muammo o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan. Buning ustiga unga qarshi kurashishda samarali qurol ham yaratilmagan. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab korrupsiya xalqaro muammolardan biriga aylandi. Bir mamlakatdagi korrupsiya ko‘rinishi ikkinchi mamlakat bilan bog‘lanib ketdi. Ayni damda korrupsiya xalqaro savdoda milliardlab zarar keltirmoqda. Korrupsiya bilan bog‘liq muammo Evropada ham saqlanib qolmoqda. Bu mavzu davlat va hukumat rahbarlari, politsiya va jurnalistlarning doimiy e’tiborida. Tahlilchilarning fikricha, “ko‘hna qit’a”dagi korrupsiya har yili Evropa iqtisodiyotiga 120 milliard evro miqdorida zarar etkazadi. Biroq, Evropa Ittifoqining aksilkorrupsiya agentligi – OLAFning ta’kidlashicha, bu atigi aysbergning yuqori qismi xolos. Aslida Evropa mamlakatlari korrupsiya tufayli yiliga 323 milliard evrodan mahrum bo‘ladi. Kuzatuvchilarning fikricha, korrupsiyaning haqiqiy qamrovini baholashning imkoniyati yo‘q. EI mamlakatlari aholisi o‘rtasida o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijalariga qaraganda, respondentlarning 76 foizi korrupsiya o‘sib borayotganini qayd qilgan. Evropada eng korrupsiyalashgan mamlakat Gretsiya ekani aytiladi. Undan keyingi o‘rinlarda Italiya, Ispaniya, Litva, CHexiya davlatlari turar ekan. Evropada korrupsiyaga qarshi kurashishga o‘nlab tashkilotlar jalb qilingan. Jahonning turli davlatlarida korrupsiyani bartaraf etish yo‘lida bir qator samarali chora-tadbirlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. SHu o‘rinda sharhlovchilar bir ovozdan Singapur tajribasini tez-tez tilga oladi. Bu davlat chorak asr mobaynida uchinchi dunyo mamlakatidan gullab-yashnagan farovon mamlakatga erishdi. Bu maqomga erishishida korrupsiyaga qarshi keskin kurashish bosh omil bo‘ldi. O‘tgan asrning 50-yillarida Singapur juda ham qashshoq edi. Tabiiy resurslarning etishmasligi, hatto ichimlik suvining chetdan olib kelinishi davlat idoralarida ildiz otgan korrupsiya oldida arzimagan ish bo‘lib ko‘rinardi. Hamma, hatto o‘qituvchilar ham pora olardi. Ammo Singapur hukumati korrupsiya ustidan g‘alaba qozondi. Bunda birinchi navbatda mamlakat rahbariyatining qatiy irodasi muhim ahamiyat kasb etdi. Bosh vazir Li Kuan YU korrupsiyaga barham berishda o‘z qarindoshlari va hukumatdagi maslakdoshlarini ham ayab o‘tirmadi. Har bir fuqaroning shubhali xatti-harakatlari tekshirildi, aybdorlarga munosib jazo berildi.
Ikkinchidan korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan yangi qonunlar qabul qilindi. Uchinchidan, bu qonunlarni hayotga tatbiq etish maqsadida amalda cheklanmagan vakolatlarga ega bo‘lgan – Korrupsiya holatlarini tekshirish byurosi tashkil etildi. Byuro bevosita davlat rahbariga bo‘ysunardi, bu o‘z navbatida har bir davlat amaldoriga nisbatan adolatli tergov olib borilishini ta’minladi.
Shu o‘rinda Ruminiya tajribasini ham misol sifatida keltirish mumkin. Bu mamlakat 2007 yilda Evropa Ittifoqiga a’zo bo‘lib kirdi. SHuni aytish kerakki, Ruminiya Evropa Ittifoqiga kirishidan avval va kirganidan keyin ham mamlakatda korrupsiya ildiz otgan edi. Unga qarshi kurashish shunchaki, ko‘rgazmali bo‘lib, biror bir natija bermasdi. Vaziyatni kuzatib borgan Evrokomissiya bu illatga qarshi kurashishga aralashishga ahd qildi. Uning ekspertlari 2011 yilda Ruminiya uchun aksilkorrupsiya strategiyasini ishlab chiqdi, bu loyiha o‘z samarasini berdi. Mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashish ikkita idoraga – Milliy aksilkorrupsiya boshqarmasi va Milliy yaxshilik masalalari agentligiga topshirildi. Bu ikki idora 2013 yilda mingdan ortiq ishni sudga topshirdi. Poraxo‘rlikda gumon qilinib o‘nlab vazirlar, elchilar, merlar, politsiya va bojxona xodimlari qo‘lga olindi. Bu mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali bo‘lishiga Evropa Ittifoqi va mahalliy siyosatchi, sud va OAVning birgalikda qilgan harakatlari sabab bo‘ldi. Amaliyot shuni ko‘rsatdiki, to‘g‘ri strategiya bo‘lmas ekan mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashish samara bermas ekan. Uzoq yillardan beri SHvetsiya korrupsiyalashgan davlatlar ro‘yxatiga kirmaydi. SHuni ta’kidlash kerakki, 19 asrga avvalboshda lotinchada aks etgan ma’nodan boshqacha yangraydi. "Transparency International", Jahon banki va boshqa tashkilotlar korrupsiya deganda hukumat amaldorlari o‘zlarining shaxsiy manfaatlari yo‘lida xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilganligini tushunadi.
BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasida korrupsiyaga eng qisqa, lekin keng qamrovli ta’rif quyidagicha berilgan: “Korrupsiya – bu shaxsiy naf ko‘rish maqsadida davlat hoki­miyatini suiiste’mol qilishdir”.
Bugungi kunda, kriminalist olimlar o‘rtasidagi bahslarda, jinoyat, fuqarolik, ma’muriy, mehnat, xo‘jalik huquqi sohasi­dagi mutaxassislarning ilmiy ishlarida, ommaviy axborot vositalarida “korrupsiya” iborasi turli ma’nolarda qo‘llanil­moqda, bu esa korrupsiya ijtimoiy-huquqiy hodisa bo‘lib, ji­noyatchilikning o‘ta salbiy ko‘rinishidir, deb xulosa qilish imkonini beradi.
Ba’zi manbalarda esa, bu atama “iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar” va “mansabdorlik jinoyatlari” kabi so‘zlar bilan bir qatorda qo‘llaniladi. Respublikamizda chop etilgan kitob va maqolalarda ham korrupsiya deyilganda, yuqori mansabdagi shaxs­lar tomonidan sodir etiladigan poraxo‘rlik nazarda tutiladi.
SHu o‘rinda professor Q.R.Abdurasulovaning quyidagi fikrlari o‘rinlidir: “Korrupsiya davlat ahamiyatiga molik vazifalarni bajarayotgan va ularga tenglashtirilgan shaxslar tomonidan o‘z xizmat vakolatlari yoki ular bilan bog‘liq imkoniyatlardan foydalanib, g‘araz maqsadda yoki boshqa shaxsiy manfaatni ko‘zlab sodir etilgan ijtimoiy havfli qilmishlar (bu qilmishlar uchun javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli modda­larida nazarda tutilgan) yig‘indisidir”.
Korrupsiya muammosi so‘ngi yillarda xalqaro miqyosda transmilliy jinoyat sifatida xalqaro tashkilotlar tomonidan keng muhokama qilinayotgan mavzu hisoblanadi. Hatto, ayrim siyosatchilar tomonidan korrupsiyaga global inqirozni keltirib chiqaruvchi omil sifatida ham ta’rif beriladi. Korrupsiyaning xalqaro munosabatlarga ta’sirini o‘rgangan tadqiqotchilar esa, rivojlangan “birinchi dunyo” mamlakatlari korrupsiya yordamida o‘zlariga ma’qul kelmagan hukumatlarni ag‘darib tashlashi, o‘zlariga xayrixoh rejim o‘rnatishi, amaldagi hokimiyatga oppozitsiyani moddiy ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘ladi degan xulosani bildirishgan.
Korrupsiya, eng avvalo, har qanday mamlakatda davlat apparatining xalq oldidagi minimal majburiyatlarini bajarishda ojizligini anglatadi. Bu Afrika, Lotin Amerikasi va Osiyoning ko‘pgina rivojlanayotgan davlatlarini ham qamrab olgan va mazkur mamlakatlar uchun jiddiy muammolardan biri hisoblanadi. Bu mamlakatlarning barchasida korrupsiya xalqning qashshoqligi, mamlakatning qoloqligiga sabab bo‘lmoqda. Xususan, Gonkongda tashkil etilgan Korrupsiyaga qarshi kurashuvchi mustaqil komissiya mazkur faoliyatda muvaffaqiyatli va keskin choralarni amalga oshira oluvchi institutlarga namuna bo‘lishi mumkin. Hokimiyat idoralari faoliyatini sinch-kovlik bilan – rasmiy institutlar, alohida fuqarolar tomonidan monitoring qilib borish, shuningdek, aybdorlarni sud ta’qibi Gonkongdagi korrupsiyaga qarshi kurashning asosi sifatida xizmat qiladi.
AQSHda korrupsiyaga qarshi kurashga qaratilgan maxsus qonun hujjati qabul qilingan. “Foreign Corrupt Practices Act” deb nomlangan mazkur qonun hujjati Amerika kompaniyalarini shartnomalar tuzishda imtiyozlar va kafolatlar olishda xorijiy mansabdor shaxslarga pora berganlik uchun javobgarligini belgilaydi.
Korrupsiya tarixi insoniyat tarixi kabi ko‘hnadir. Qadimgi yunon faylasufi Aristotel shunday degan edi: «Har qanday davlat tuzumida eng muhimi — bu qonunlar va tartib-qoidalar vositasida ishni shunday tashkil etishqi, mansabdor shaxslar qing‘ir yo‘l bilan boylik orttira olmasin». 
Aytishlariga qaraganda, odamlarning befarqligi jamiyatda korrupsiyaning urchishiga zamin yaratib berar ekan. Saratonga qiyos bu xastalik fuqarolarning demokratiya va hukumatga bo‘lgan ishonchini o‘ldirib, innovatsiya va ijodkorlik ishtiyoqlarini yo‘q qiladi. 
Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, korrupsiyaga qarshi kurashda quyidagi tadbirlarning ahamiyati yuqori. 
1. Korrupsiya faqatgina pora degani emas: uning turlari ko‘p va har biriga qarshi kurashda alohida yondashuvdan foydalangan afzal.
2. Fuqarolar salohiyati: fuqarolarga salohiyatlarini namoyish qilishlari uchun zarur sharoitni yaratish, davlat boshqaruvida ishtirok etishlariga keng yo‘l ochib berish. 
3. Korrupsiyaga qarshi kurashda davlat tashkilotlari bilan birga, nodavlat muassasalar imkoniyatlaridan ham keng foydalanish.
4. Biz 21 asrdamiz: hukumat, fuqaro, tadbirkor, jamiyat, media hamda ilm-fan o‘rtasidagi yaqin aloqalarni yo‘lga qo‘yishda texnologiyalardan foydalanish.
5. Davlat xizmatlarini yangi shaklga ko‘chirish: barqaror rivojlanayotgan davlatlar fuqaroga xizmat ko‘rsatishda inson omilini kamaytirishmoqda. Fuqaro xizmat ko‘rsatuvchi davlat vakili bilan qancha kam ko‘rishsa, korrupsiya ehtimoli shu qadar past bo‘ladi. 
6. Rag‘batlantirish: munosib davlat ishchilari va tashabbuskorlarni adolatli yo‘l bilan rag‘batlantirish tizimini ishlab chiqish. 
7. Jazolarning ahamiyati: korrupsiya ishtirokchilarini ayovsiz jazolash choralarini qo‘llash -- ko‘p mamlakatlarni korrupsiya domidan xalos qilgan omil
8. Ham xalq, ham xalqaro ovozga quloq tutish: korrupsiyaga qarshi kurashda hukumat uchun eng yaxshi hamkor -- xaqldir. Qolaversa, xalqaro monitoring tashkilotlarining ma’lumot va tajribalari ham qo‘l keladi. 
9. Korrupsiyaga qarshi kurashuvchi organ faoliyatini kuchaytirish: korrupsiya avj olgan jamiyatlarda fuqarolar zo‘ravonlik qurboni bo‘lishadi. Ularni himoya qiluvchi tashkilot faoliyatini muvofiqlashtirish lozim.
10. Kurash usullarini takomillashtirish: korrupsiyaga qarshi har qanday yaxshi strategiya takomillashtirilishi kerak. Buning uchun monitoring qilish, muvofiqlashtirish bo‘yicha muntazam ishlarni amalga oshirish zarur. 

Download 62.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling