Korrupsiyaviy omillar - huquqni qo‘llovchilarga asossiz ravishda ko‘rib chiqishning keng doirasini yoki umumiy qoidalardan chiquvchi istisnolarni asossiz qo‘llash imkoniyatini belgilovchi, jismoniy va yuridik shaxslarga noaniq, bajarilishi qiyin bo‘lgan va (yoki) og‘irlashtirilgan talablarni, shuningdek huquqni tartibga solishdagi bo‘shliqlarni o‘z ichiga olgan loyihalarning normalaridir.
Korrupsiyani bir nechta asosiy turlarga ajratish mumkin:
1) sub’ektlarning maqomiga ko‘ra:
a) hokimiyat organlaridagi korrupsiya;
b) xususiy sektordagi korrupsiya;
v) siyosatdagi korrupsiya yoki siyosiy korrupsiya;
2) darajasiga ko‘ra:
a) quyi darajadagi korrupsiya;
b) yuqori darajadagi korrupsiya;
v) vertikal korrupsiya;
3) ijtimoiy xavflilik darajasiga ko‘ra:
a) korrupsiya-qilmish;
b) korrupsiya-jinoyat.
Korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlikning ayrim jihatlari.
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida aynan korrupsiya uchun jinoiy javobgarlikni belgilovchi aniq modda yo‘q.
O‘zbekiston Respublikasida 2001 yilda chop etilgan Yuridik ensiklopediyasida «Korrupsiya bu o‘zi alohida jinoyat qonunida mustaqil jinoyat tarkibi bo‘lmay, balki bir qator mansabdorlik jinoyatlarini o‘z ichiga qamrab oluvchi umumlashgan tushunchadir»1 deb ta’rif berilgan.
Binobarin, korrupsiyaga oid jinoyatlarning hususiyatidan kelib chiqib, mazkur qilmishlar faqatgina maxsus sub’ekt xisoblangan mansabdor shaxs tomonidan sodir etilishi bilan tavsiflanadi.
Shu sababli korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarni o‘rganish uchun quyidagi mansabdorlik jinoyatlarini tahlil qilish lozim bo‘ladi ...
Korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi moddalari:
- Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiste’mol qilish (205-modda);
- Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish (206-modda);
- Mansabga sovuqqonlik bilan qarash (207-modda);
- Xokimiyat harakatsizligi (208-modda);
- Mansab soxtakorligi (209-modda);
- Pora olish (210-modda);
- Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni oshkorlashtirish (243-modda) va boshq.
Do'stlaringiz bilan baham: |