Korrupsiya tushunchasi, kelib chiqish sabablari va huquqiy tabiati


O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurash siyosatining mazmuni va huquqiy asoslari


Download 489.05 Kb.
bet12/32
Sana08.05.2023
Hajmi489.05 Kb.
#1445822
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32
Bog'liq
1.1. Маъруза матн (3)

O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurash siyosatining mazmuni va huquqiy asoslari.


Korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining barcha qatlamlari, eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinmas ekan, jamiyatimizning barcha a’zolari, ta’bir joiz bo‘lsa, "halollik vaksinasi" bilan emlanmas ekan, o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak marralarga erisha olmaymiz. Biz korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan uning barvaqt oldini olishga o‘tishimiz kerak (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga MUROJAATNOMASI, 2020 yil 24 yanvar).

Keyingi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim tashkiliy-huquqiy islohotlar amalga oshirildi. Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga yo‘naltirilgan tizimli choralar ko‘rildi.


Islohotlarni amalga oshirish doirasida fuqarolarning huquq va manfaatlari himoya qilinishini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini, jamoat va parlament nazoratini ta’minlash mexanizmlari takomillashtirildi, shuningdek, davlat organlari huquqni muhofaza qilish va sud organlari faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvini oldini olishning huquqiy asoslari isloh qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan amalga oshirilayotgan iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan asosiy islohotarining o‘ntasini ichida korrupsiyaga qarshi kurash siyosati yetakchi o‘rinda turadi. Bu holat mamlakatimiz yetakchisi va parlamenti tomonidan qabul qilinayotgan korrupsiyaga qarshi kurashish borasida qabul qilinayotgan qonusn hujjatlarni ko‘laidan ham ko‘rinib turibdi. Keyingi yillarda qabul qilinayotgan ko‘pchilik qonun hujjatlarning barchasida korrupsiyaga qarshi kurash masalasi qizil chiziq bilan belgilab ketilgan va bunda mamlakatmizdla korrupsiyaga qarshi siyosatning asosiy yo‘nalishlari ko‘rsatilgan. Xususan, siyosat korrupsiyaga qarshi kurash tizimining quyidagi sakkizta elemantlarini o‘z ichiga oladi:

  1. Korrupsiyaga qarshi kurashish asosiy ichki hujjatlarni mavjudligi;

2. Korrupsiya xavfini aniqlash va baholash;
3. “Yuqoridan quyiga munosabat” . Yuqori darajada rahbarlik namunasi;
4. Aniqlangan qoidabuzarliklarga chora-ko‘rish va javobgarlikka tortish;
5. Korrupsiya qarshi choralar, aniqlangan korrupsiya xavflarini minimallashtirish;
6. Korrupsiyaga qarshi kurashish uchun javobgar shaxslar va bo‘linmalar;
7. Monitoring, nazorat va hisobdorlik;
8. Axborot, aloqa va maslahat.
Davlat organlari va muassasalarining rahbarlari, shuningdek, ushbu organlari va muassasalarining tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlari o‘ziga bo‘ysunuvchilar, fuqarolar va yuridik shaxslar bilan munosabatlarda halol, adolatli va mustaqil xulq-atvor namunasi bo‘lishlari kerak.
Vazir, vazir o‘rinbosarlari, davlat organlari va muassasalari rahbarlari korrupsiyaga qarshi kurashish samarali tizimni yaratish va amalga oshirishda quyidagilar orqali yetakchilikni namoyish etadilar:
- davlat organlari va muassasalari faoliyatining xavf-xatarga ega funksiyalari(yo‘nalishlari)ga korrupsiyaga qarshi kurashish samarali chora-tadbirlar va tartiblarni joriy etish, shu jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashish dasturi/yo‘l xaritasini ishlab chiqish va uning ijrosini nazorat qilish orqali ko‘maklashish;
- o‘z mansab majburiyatlarini bajarish doirasida, davlat organlari
- va muassasalari xodimlarida korrupsiyaning barcha shakllari hamda ko‘rinishlariga murosasiz munosabatni shakllantirgan holda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qonunchilik normalari, qabul qilingan ichki hujjatlarga rioya qilish va axloqiy xulq-atvor yuzasidan shaxsan namuna sifatida namoyon bo‘lish.
Yuqoridan quyiga munosabat”ning amalga oshirish namunasi:
Davlat idoralari va muassasalari rahbarlari, shuningdek, mazkur organlar va muassasalarining tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari quyi bo‘g‘inlar, fuqarolar va yuridik shaxslar bilan munosabatlarda halol, adolatli va mustaqil xulq-atvor namunasi bo‘lishi kerak.
1. korrupsiyaga qarshi talablarga rioya qilishning ahamiyati to‘g‘risida rahbarlardan torib to quyi xodimlarga qadar video yoki yozma xabarlarni tayyorlash va nashr etish;
2. Rahbar xodimlar uchun KPI tizimiga korrupsiyaga qarshi ko‘rsatgichlarni kiritsh;
3. ichki va tashqi manbalarda korrupsiyag qarshi qo‘llanmaningdavriy maqolalari va nashrlari;
4. korrupsiyaga qarshi tadbirlarda faol ishtirok etish;
5. ish yuritish va korrupsiyaga qarshi talablar yuzasidan o‘z xodimlaridan ularga kelib chiqadigan masalalar bo‘yicha maslahatlar berish;
6. halollik, odillik, ochiqlik va o‘zaro yordam tamoyillari asosida korporativ madaniyatni shakllantirish;
7. nazorat protseduralarini ishlab chiqish va baholashda uning funksiyalari tarkibiga kiruvchi korrupsiya bilan bog‘liq xatarlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash va taxlil qilishda qatnashish;
8. Boshqparuv protsedurlarini bajarishda yuz bergan og‘ishlar va yuzaga kelgan noxushliklar, tuzatish choralarini ishlab chiqishda qatnashish to‘g‘risida Departamentni xabardor qilish;
9. ahloqiy hulq-atvorning shaxsiy na’munasini va korrupsiyaga qarshi kurashish qonnular va qabul qilingan ichk hujjatlarni namoyish qilish;
10. korrupsiyaga qarshi samarali chora-tadbirlar va protseduralarni amalga oshirishga ko‘maklashish, shu jumladan krrupsiyaga qarshi choralar dasturini (xaritasini) ishlab chiqishda ishtirok etish va uning bajarilishini nazorat qilish.
O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish institutsional tizimni quyidagilar tashkil etadi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi
O‘zbekiston Respublikasi vazirlik va muassasalari
Mahalliy davlat hokimiyati organlari
Korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etilishini oldini olishda nazorat tizimlari;

  • Parlament nazorati

  • Jamoatchilik nazorati

  • Prokuror nazorati

  • Davlat moliyaviy nazorati

  • Ma’muriy nazorat

  • Tadbirkorlik sub’ektlarini himoya etish sohasidagi nazorat.

Undan tashqari, xalqaro naorat shakli ham mavjuddir, Masalan, 2003 yilda Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik tashkiloti tomonidan Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari uchun Korrupsiyaga qarshi Stambul xarakat dasturi qabul qilingan va O‘zbekiston Respublikasi unga 2010 yilda qo‘shilgan, shu davrdan boshlab O‘zbekistonda muntazam korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari montoring qiinib kelinmoqda, Jumladan, 2016 yilga kelib 3 monitoring missiyasi vaziyatni o‘rgangan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatining normativ-huquqiy asoslarini takomillashtirishni strategik yo‘nalishlari:
Davlat xizmati tizimi, uning maqsadlari va vazifalarini tubdan takomillashtirish;
Tadbirkorlikning rivojlanishi uchun huquqiy cheklovlarni
va tashkiliy to‘siqlarni olib tashlash;
Davlat xizmatlarini taqdim etish va ma’muriy tartib-taomillarni tartibga solishning huquqiy va institutsional asoslarini takomillashtirish;
Ma’muriy islohotlarni amalga oshirish, davlat organlarining vazifalarini optimallashtirish, davlatga tegishli bo‘lmagan funksiyalarni xususiy sektorga o‘tkazish;
Korrupsiyaga qarshi kurash sohasida sud va huquqni muxofaza qilish organlarining maqsadlari, vazifalari va funksiyalarini optimallashtirish;
Davlat organlari, jamoat va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida aloqa kanallarini yo‘lga qo‘yish;
Kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, yuqori ahloqiy me’yorlarni shakllantirish.
Shuningdek, Strategiyaning 2.4. bandida Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish borasida jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirishning samaradorligini oshirish bilan bir qatorda korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatining tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish va korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlarining samaradorligini oshirish vazifasi belgilangan.
Respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati ko‘plab qonun hujjatlarda o‘z ifodasini topgan ular qatoriga bir qator qonunlar, Prezident Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari kiradi va quyida biz ularning ayrimlarini keltirib o‘tamiz:
O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurash siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilab berilgan va “korrupsiya”, “korrupsiyaga oid huquqbuzarlik”, “manfaatlar to‘qnashuvi” kabi asosiy tushunchalar, korrupsiyaga qarshi kurashning asosiy prinsiplari bu boradagi davlat siyosati, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo komissiyalar va davlatning vakolatli organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, OAV qatnashishi, aholini korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy ong va huquqiy madaniyatini yuksaltirish va h.k.
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat protsessual, Ma’muriy javobgarlik, Mehnat kodekslari, “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi va h.k. qonunlari.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 oktyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5843-son farmoni asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 oktyabrdagi PQ-4472-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan Agentlik Nizomi tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 02.02.2017 yilldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zR. qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, 2019 yil 9 yanvardagi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida PF-5618-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi PF-5729-sonli “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 iyundagi PF-6013-sonli “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va h.k.

Download 489.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling