Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati. Termiz davlat universiteti yuridik fakulteti
Keywords: corruption, anti-corruption, national security, international law, anti-corruption policy. KIRISH
Download 39.01 Kb.
|
Keywords: corruption, anti-corruption, national security, international law, anti-corruption policy.
KIRISH Bugungi kunda rivojlanib borayotgan, jahon hamjamiyati vakillarini tobora tashvishga solayotgan global muammolardan biri bo‘lgan korrupsiya jamiyat xavfsizligi va barqarorligi, iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy rivojlanishi va hukumatning institusional rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan illatlardan biridir. Korrupsiyaga oid jinoyatlar hukumat vakillarining jamiyat oldidagi obro‘siga putur yetkazibgina qolmay, ichki va tashqi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy aloqalarning samarali yo‘lga qo‘yilishida ham jiddiy muammo tug‘diradi. Korrupsiya bilan bog‘liq muammolarning keng talqin qilinishi va huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashga qaratilgan chora-tadbirlarning kuchaytirilishiga qaramay ushbu jinoyatni ildiz otib borishi uning mohiyatini yanada chuqurroq tahlil qilish va paydo bo‘lish sabablarini kengroq o‘rganishga undaydi. Zero, “korrupsiya kasalligini” yengishda bugungi kunda mamlakatimizda joriy qilingan ma’muriy chora tadbirlarning o‘zi yetarli emas. Poraxo‘rlikni oldini olishgan bo‘lgan urinishlar har tomonlama puxta ishlab chiqilishi, bunda aholining milliy mentaliteti, siyosiy madaniyati, ijro etuvchi hokimiyat organlari ustidan nazoratni amalga oshiruvchi fuqarolik institutlarining rivojlanganlik darajasini ham qamrab olinishi lozim. Korrupsiya hodisasining ilmiy tahlili shuni ko‘rsatadiki, poraxo‘rlik jinoyatijuda keng qamrovli tushuncha bo‘lib, hatto korrupsiya so‘zining etimologiyasi ham ingliz adabiyoti va boshqa xalqlar adabiyotida tarixiy nuqtai nazardan turlicha ma’no va konnotatsiyaga ega[1, B.129]. Aksariyat chet el tadqiqotchilarining talqiniga ko‘ra, korrupsiya atamasi lotincha “corruptio” - “talon taroj” va “buzilish” ma’nolarini anglatuvchi so‘zdan kelib chiqqan[2, B.5]. Ushbu tushunchaning axloqiy va madaniy prinsiplar asosidagi talqini rus tadqiqotchisi, yuridik fanlar nomzodi Mishin G.K. izlanishlarida o‘z aksini topadi. Uning fikriga ko‘ra, korrupsiya atamasi lotin tilidagi ikkita so‘zdan iborat bo‘lib, “cor”, “ruptum” – “yurak”, “ruhiyat”, “buzilishi”, “barbod bo‘lishi” degan ma’noga ega[3,B.364]. Oksford ingliz tili lug‘atida korrupsiya tushunchasining 9 ta ma’nosi berilgan bo‘lib, ulardan faqat bittasini siyosiy kontekstda qo‘llash mumkin: korrupsiya pora yoki boshqa ta’magirlik turlari orqali davlat vazifalarini bajarish yoki bajarmaslik davlat, korporatsiyalar va boshqa idoralarda korrupsiya amaliyotlaridan foydalanish yoki ularda ishtirok etish[4, B.974]. O‘zbek tilining izohli lug‘atida esa mansabdor shaxslarning o‘zlariga ishonib topshirilgan huquqlari va hokimiyat vakolatidan shaxsiy boylik orttirish maqsadida foydalanishi (korrupsiya poraxo‘rlik, mansabni suiste’mol qilish va boshqa noqonuniy harakatlarni o‘z ichiga oladi)[5]. Download 39.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling