Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati. Termiz davlat universiteti yuridik fakulteti


Download 39.01 Kb.
bet3/8
Sana16.02.2023
Hajmi39.01 Kb.
#1204020
1   2   3   4   5   6   7   8
MUHOKAMA VA NATIJALAR
O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 24 noyabrda qabul qilingan O‘zbekiston
Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni 3 modasida korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish deya izohlanadi. Korrupsiya atamasiga berilgan ta’rifning o‘zgarib borishi ushbu tushunchani zamonlar osha ijtimoiy hayotda turli ma’nolarda qo‘llanilishi bilan bog‘liqdir. Korrupsiya fenomeni keng qamrovli tushuncha bo‘lganligi sababli bugungi kunda ushbu muammoni o‘rganishda turli xil yondashuvlar mavjud: sotsiologik yondashuv, yuridik (kriminologik) yondashuv, iqtisodiy, siyosiy yondashuv va axloqiy madaniy yondashuv. Shulardan biri sotsiologik yondashuv bo‘lib, bunda korrupsiyani o‘rganishga bo‘lgan urinishlar korrupsiya xodisasini tushuntirishda turli xil metodlarni paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Manbalarda keltirilishicha, sotsiologik nuqtai nazardan korrupsiya uning sub’ektlari, korrupsiya sohalari, korrupsiyadan ko‘zlangan maqsad va uni amalga oshirish usullari, korrupsiya shakllari va uning ob’ektlari kabi o‘zaro aloqadorlikda bo‘lgan elementlarni qamrab oluvchi interaktiv munosabatlarda shakllangan, ishtirokchilarning ratsional tanlovi asosida amalga oshadigan, moddiy va ramziy resurslarni almashinishni ifodalaydigan disfunksional hodisadir (E.Giddenson, Yu. Xabermas, Dj. Mid, G.Blumer, N. Luman, T. Parsons, R. Merton, N. Smelzer, Dj. Xomans, P. Blau, A. Daune, G. Bekker, Dj. Koulman, M. Olson).
Bunda korrupsiyani ijtimoiy hayotga salbiy ta’siri va ijtimoiy munosabatlarda o‘zaro ishonchsizlik hamda ta’magirlikni yuzaga keltirishini oldini olish maqsadida aholiga poraxo‘rlikni jamiyat taraqqiyotini orqaga suruvchi, odamlar o‘rtasida ijobiy xarakterga ega axloqiy munosabatlar o‘rnatilishiga to‘sqinlik qiluvchi illat ekanligini singdirish muhim ahamiyatga ega.

Download 39.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling