Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati. Termiz davlat universiteti yuridik fakulteti


Download 39.01 Kb.
bet4/8
Sana16.02.2023
Hajmi39.01 Kb.
#1204020
1   2   3   4   5   6   7   8
Siyosatshunoslik fani doirasida korrupsiyaga bo‘lgan e’tibor XX asrning 60 yillarida yuzaga kela boshladi. Bu sohada o‘z izlanishlari bilan muvaffaqqiyatga erishgan siyosatshunos olimlar poraxo‘rlikning asosiy elementi sifatida davlat amaldorlarining pora olishi hamda ularning bevosita boshqaruvga ega chiqishga intilishlarini ta’kidlashadi. Xususan, ingliz akademigi, yurist va diplomat Djeyms Brays fikriga ko‘ra korrupsiya jamiyatda 4 xil ko‘rinishda uchraydi:

  1. davlat xizmatchilarini naqd pul ko‘rinishida pora olishi;

  2. davlat xizmatchilarini boshqa narsalar vositasida pora olishi;

  3. hujjatlar oldi sotdisi;

  4. nomzodlar foydasiga chayqovchilik bilan shug‘ullanish[6,B.149].

Djeyms Brays qarashlarini davom ettirgan yana bir siyosiy partiyalar faoliyatini o‘rganuvchi olim M. Dyuverje ham saylovlar qatnashchilari o‘rtasida g‘alabaga
erishishda poraxo‘rlik harakatlaridan foydalanishlarini ta’kidlaydi [7,B.201]. Bunda korrupsiya jamiyatda mansabdor shaxslarni hokimiyatni egallash va saqlab qolish uchun o‘z lavozimlaridan noqonuniy foydalanishlarini ifodalovchi hatti harakatlar sifatida namoyon bo‘ladi. Siyosiy fanlar doktori Baxtiyor Omonov ta’kidlashicha, O‘zbekiston Respublikasida ham korrupsiya sxemalari, mehnat qilmasdan tezda boyib qolish mexanizmlari, ishlangan usullari “zanjiri” uzib tashlanmas ekan, davlatimizning har qanday siyosiy, iqtisodiy islohotini hayotga olib kirish, xalqni farovon qilish vazifasi qog‘ozda qolib ketaveradi. Zero korrupsiyaga qarshi kurash faqatgina tegishli organlarning emas balki, barchaning ishi bo‘lishi zarur[8]. Olib borilgan izlanishlar natijasida shunga guvoh bo‘lamizki, korrupsiyaga qarshi kurashda aholini siyosiy jarayonlarda faol ishtirokini ta’minlash, mansabdor shaxslar faoliyati ustidan jamiyat nazoratini o‘rnatish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, fuqarolarda siyosiy madaniyatni kuchaytirish samarali natijalarga olib kelishi mumkin.
Iqtisodiy nazariyada korrupsiya deganda davlat xizmatchilarini davlat resurslarini shaxsiy manfaatlari uchun ishlatish hisobiga foyda olishga qaratilgan xatti harakatlar tushuniladi[9]. Bunda moddiy imtiyozlar va imtiyozlar taqsimlanishini hamda soliqlar hajmini belgilovchi va ularni ustidan nazoratni amalga oshiruvchi asosiy organ davlat bo‘lsa, amaldorlar esa davlat tomonidan ajratilgan imtiyozlarni taqsimlash huquqiga ega bo‘lgan shaxslardir. Ko‘proq imtiyozga ega chiqishni xohlovchi shaxslar yoki kompaniyalar ko‘proq moddiy foyda olish maqsadida ushbu imtiyozlarni sotib olishga harakat qilishlari mumkin. AQSHning Yel universiteti professori Rouz Akkerman fikriga ko‘ra korrupsiyani avj olishi jamiyatning iqtisodiy hayotida davlat amaldorlarining haddan tashqari va samarasiz aralashuvi bilan bog‘liq[9, B.400]. Shunday ekan korrupsiyaga qarshi kurashda asosiy choralardan biri sifatida davlat amaldorlarining o‘zboshimchaliklariga chek qo‘yish va mansabdor shaxslarni jamiyatning iqtisodiy faoliyatiga aralashuvini kamaytirish belgilab olinishi lozim. Korrupsiya tushunchasining yuridik tavsifi o‘z xizmat vakolatlaridan xudbinlik bilan foydalanadigan mansabdor shaxslarning porxo‘rligi va ta’magirligi bilan ifodalanuvchi xavfli noqonuniy hodisa deb hisoblanadi. Bunda korrupsiya nafaqat jinoiy xarakterga ega, balki u ma’muriy huquqiy, fuqarolik va intizomiy xususiyatlarni ham o‘zida mujassamlashtirgan murakkab fenomenga aylanadi. Yuridik sohada ham ko‘pgina olimlar korrupsiyaning huquqiy mohiyatini va uni bartaraf etish chora-tadbirlarini asoslab berishga urinishgan. Xususan, korrupsiyaga qarshi kurashda huquqiy tartib faoliyati, uning yuzaga kelishi va rivojlanishiga oid muammolarni, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashning huquqiy mexanizmlari tahliliga oid ma’lumotlarni N.G.Aleksandrova, S.S.Alekseyeva, L.I.Antonovoy, B.C.Afanaseva, V.V.Borodina, G.A.Gadjiyeva, Yu.I.Grevsova, D.A.Kerimova, S.F.Kechekyana, A.I.Koroleva, M.M.Kuritsina, D.I.Lukovskoy, L.A.Nikolayevoy, M.N.Marchenko, I.F.Pokrovskogo, V.P.Salnikova, L.I.Spiridonova G.Nurmuhammedova, B.Isroilov, R.Obidov kabi olimlarning ilmiy asarlarida uchratishimiz mumkin. Taniqli rus olimi G.N.Borzenkova fikriga ko‘ra korrupsiyani mansabdor shaxslar o‘zlarining rasmiy vakolatlaridan xudbin maqsadlar uchun foydalanishlari asosida vujudga keluvchi boshqaruv apparatining parchalanishi deb tushunish kerak[10,B.30]. Bunday yondashuvning kengroq talqinini S.P.Kushnirenko tomonidan berilgan ta’rifda ko‘rishimiz mumkin: “Korrupsiya bu davlat amaldorlarining o‘z xizmat vakolatlaridan uchinchi shaxs yoki guruh manfaatlari yo‘lida ularni moddiy rag‘batlantirish uchun muntazam foydalanishlarini ifodalovchi ijtimoiy huquqiy hodisa bo‘lib, uning natijasida davlat hukumati va davlat xizmatlarining obro‘yi pasayadi. Bunda mansabdor shaxslar o‘z xizmat vakolatlaridan bevosita yoki bilvosita foydalanadilar”[11]. Demak, korrupsiya natijasida davlat hukumatining avtoriteti yo‘qolib, davlat boshqaruv apparati parokandalikka uchrashi mumkin. Bunday holatning oldini olish esa mutassadi tashkilotlar va davlat organlari tomonidan poraxo‘rlikni kamaytirishga oid kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishini talab qiladi. Bizning fikrimizcha, korrupsiyaga qarshi siyosatni yo‘lga qo‘yish masalasi davlat boshqaruv organlarining oldiga puxta ishlab chiqilgan reja asosida ish ko‘rishdek juda murakkab muhim vazifani qo‘yadi. Chunki korrupsiyaga qarshi qaratilgan siyosiy faoliyat mamlakatdagi korrupsiya bilan bog‘liq kriminologik vaziyatni tahlil qilib va kelajakda kutilishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldindan hisobga olgan holda mamlakatda mavjud ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy imkoniyatlar asosida amalga oshirilishi lozim. Shu o‘rinda avvalambor korrupsiyaga qarshi siyosat tushunchasining ta’rifini aniqlab olish kerak. Ilmiy manbalarga asoslanadigan bo‘lsak korrupsiyaga qarshi siyosat bu davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining korrupsiyani oldini olish va uning salbiy oqibatlarini kamaytirishga, korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni va shartlarni bartaraf etishga qaratilgan ilmiy nazariy jihatdan asoslangan, tizimli va izchil faoliyatidir. Siyosatshunos olim professor V.Lopatin fikriga ko‘ra korrupsiyaga qarshi siyosat tarkibida quyidagi elementlar mavjud bo‘lishi lozim:

  1. korrupsiyaga karshi siyosat konsepsiyasi, uning maqsadlari va tamoyillarini shakllantirish;

  2. inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish bo‘yicha davlat va fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish;

  1. korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni va choralarni

belgilash, shuningdek korrupsiyaga qarshi siyosatni amalga oshirish sub’ektlarini aniqlash;

  1. korrupsiyaga qarshi kurashni shakllantirish va amalga oshirishda hokimiyat vakolatlarini aniqlash;

  2. qonun ishlab chiqarish va huquqni muhofaza qilish faoliyatida korrupsiyaga

qarshi kurash prinsiplarini aniqlash va amalga oshirish, korrupsiyaga qarshi standartlarga muvofiq jamiyatning huquqiy ongini shakllantirish[12, B.25].
Korrupsiya hodisasini jamiyat hayotidan ildizi bilan yo‘qotib yuborish imkonsizdir, ushbu illatga qarshi faqatgina profilaktik chora-tadbirlar qo‘llanilishi
mumkin. G.Nurmuhammedova fikriga ko‘ra korrupsiyaga qarshi kurashda kurashning maqsadini aniqlab olish muhim ahamiyatga ega. Korrupsiyaga qarshi kurashning maqsadini aniqlashda umumiy (bosh maqsad) va aniq vaziyatga asoslangan (muayayyan muddat ichida) maqsadga ajratish mumkin[13]. Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida aniq vaziyatga asoslangan korrupsiyaga qarshi kurash chora-tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil 7 fevraldagi “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF- 4947-sonli Farmonida to‘laqonli o‘z aksini topdi[14].
Yuqoridagi farmonga ko‘ra harakatlar strategiyasi besh bosqichda amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Harakatlar strategiyasida korrupsiyani oldini olish bilan
bog‘liq chora tadbirlarga alohida e’tibor berilgan bo‘lib, korrupsiyaga qarshi kurash ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan. Harakatlar strategiyasida belgilab olingan korrupsiyaga qarshi kurash bilan bog‘liq vazifalarni va boshqa ustuvor maqsadlarni amalga oshirishni nazorat qiluvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti boshchiligidagi Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Milliy komissiya tuzildi[15].
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashning tashkiliy huquqiy asoslari yaratilgan bo‘lib, korrupsiyaga qarshi kurashda asos bo‘luvchi xalqaro kelishuvlar ratifikatsiya qilingan, konseptual strategik va milliy reja asosida antikorrupsion hujjatlar, shu bilan birga ularni amalga oshirishga qaratilgan normativ huquqiy qonunlar qabul qilingan.
2003 yilda qabul qilingan BMTning “Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi” dunyo hamjamiyati a’zolari oldiga korrupsiyaga qarshi kurashning tizimli siyosatini ishlab chiqish vazifasini qo‘ydi. Jumladan, O‘zbekistonda ham korrupsiyaga qarshi kurashda ijro etuvchi hokimiyatda boshqaruv jarayonlarining aniq va shaffof bo‘lishiga korrupsiyaga qarshi kurash ustidan nazoratni amalga oshirishning samarali mexanizmlari hali hanuz ishlab chiqish va mavjud chora tadbirlar tizimini isloh etish talab etiladi.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarni aniqlash va ularni oldini olish borasida olib borilgan islohotlar tahsinga sazovordir. Zero, ushbu islohotlar amalda o‘z samarasini ko‘rsatayotganligini O‘zbekiston Respublikasini Tranparency International xalqaro tashkilotining statistik ma’lumotlariga qaraganda korrupsiya indeksi 2007-2020 yillar oralig‘ida 9 ballga yoki 175-o‘rindan 146-o‘ringa ko‘tarilganligidan ham bilib olish mumkin[16].
Korrupsiyani yo‘q qilishga qaratilgan muhim qadamlardan yana biri bu O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan xalqaro standartlarga muvofiq 2017 yil 3 yanvar kuni “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunning imzolanishi bo‘ldi. Qonunda “korrupsiya”, “korrupsion huquqbuzarlik”, “manfaatlar to‘qnashuvi” kabi tushunchalarga izoh berilgan bo‘lib, unga ko‘ra:

  • aholining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan toqatsizlikni shakllantirish;

  • davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyadan ogohlantirish bo‘yicha choralarni amalga oshirish;

  • korrupsion huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularning oqibatlari, sabablari va keltirib chiqargan sharoitlarni bartaraf etish hamda korrupsion huquqbuzarliklar sodir etilgani uchun muqarrar jazolash tamoyilini tadbiq etish kabilar davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari etib belgilangan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevralda PQ- 2752-sonli “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Qaroriga muvofiq 2017-2018 yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturi tasdiqlandi. Ushbu Davlat dasturida 5 ta yo‘nalish bo‘yicha 50 dan ortiq korrupsiyaga qarshi choralarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Respublikamizning 60 dan ortiq vazirlik va idoralarida korrupsiyaga qarshi idoraviy rejalar ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
Bundan tashqari korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha “Respublika idoralararo komissiyasi to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlandi. Komissiyaga O‘zbekiston Respublikasi
Bosh prokurori raislik qiladi va komisiyaning ishchi organi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi faoliyat olib boradi. Uning tarkibi davlat organlari rahbarlari va ekspertlari, fuqarolik jamiyati institutlari va ilmiy doiradagi 43 nafar a’zodan iborat. Komissiya tomonidan qabul qilinadigan qarorlar barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar tomonidan ijro etilishi majburiydir. Komissiya huzurida korrupsiyaga qarshi kurash choralari va bu boradagi tashkiliy-amaliy va huquqiy mexanizmlarni amalga oshirish holatini ko‘rib chiqish va tahlil qilish bo‘yicha Ekspertlar guruhi tashkil etildi[17].

Download 39.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling