Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati. Termiz davlat universiteti yuridik fakulteti


Korrupsion jinoyatlarning boshqa tarkibiy xusuiyatlariga to‘xtaladigan bo‘lsak


Download 39.01 Kb.
bet7/8
Sana16.02.2023
Hajmi39.01 Kb.
#1204020
1   2   3   4   5   6   7   8
Korrupsion jinoyatlarning boshqa tarkibiy xusuiyatlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, O‘zbekiston Respublikasida bir necha korrupsion harakatlar, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilganligi ajablanarlidir[24]. Xususan, 611-modda (Nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining xizmatchisini pora evaziga og‘dirib olish), 1931-modda (Davlat organining, davlat ishtirokidagi tashkilotning yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining xizmatchisini pora evaziga og‘dirib olish), 1932-modda (Davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi xizmatchisining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo‘lishi) kabi harakatlar uchun ma’muriy javobgarlik xalqaro standartlarga zid bo‘lib, tegishli kompozitsiyalar ma’muriy javobgarlik kodeksidan olib tashlanishi va Jinoyat kodeksiga qamrab olinishi kerak.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa qilib aytganda, bugungi kundan korrupsiyaga qarshi kurashishda
samarali natijaga erishish uchun quyidagilar hal etilishi lozim bo‘lgan masalalar sirasiga kiradi:

  1. O‘zbekistonda davlat xizmati sohasida hali ham qonuniy kuchda bo‘lgan yagona qonun mavjud emas;

  2. Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish to‘g‘risidagi qoidalar qonun hujjatlariga kiritilgan bo‘lsada, ularni to‘g‘ri qo‘llash yanada tartibga solishni talab qiladi, shu jumladan, intizomiy jazo choralari bilan cheklanmasligi kerak bo‘lgan javobgarlik choralarini kengaytirish zarur;

  3. Boshqa korrupsiyaga qarshi vositalarni takomillashtirish kerak. Misol uchun, xulq-atvor qoidalarini samarali qo‘llash ustidan nazoratni ta’minlash tavsiya etiladi;

  4. O‘zbekiston Respublikasi tomonidan BMT Bosh Assambleyasining 106-yalpi

majlisida 34/169-Rezolyutsiyasi bilan 1979 yil 17 dekabrda qabul qilingan “Huquqiy tartibotni saqlash bo‘yicha mansabdor shaxslarning xulq-atvor Kodeksi” va BMT Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashi rezolyutsiyasi bilan 1989 yil 24 mayda qabul qilingan “Huquqiy tartibotni saqlash bo‘yicha mansabdor shaxslarning xulq-atvor Kodeksini samarali amalga oshirilishi uchun rahbariy prinsiplar”ini ratifikasiya qilish tavsiya etiladi.
Bunda barcha huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini tanlab, hukumatlar,
shuningdek, mintaqaviy va mintaqalararo darajalarda samarali tajriba almashish orqali ta’lim va o‘qitishga katta ahamiyat berilsa, ular uchun yetarli ish haqi va tegishli ish sharoitlari ta’minlansa, ichki intizomni va tashqi nazoratni ta’minlashning samarali mexanizmlari yaratilsa, jamiyat a’zolarining ularga qarshi shikoyatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish uchun yuqorida ko‘rsatilgan mexanizmlar asosida aniq qoidalar ishlab chiqilsa hamda bunday qoidalar mavjudligi jamoatchilikka ma’lum qilinsa ma’lum darajada korrupsiyaga chek qo‘yiladi;

  1. Davlat xizmatchilarining aktivlari va mulkiy manfaatlarini deklaratsiya qilish to‘g‘risidagi normalar to‘liq emas;

  2. Sud tizimida iyerarxiya saqlanib qolmoqda, sudlar raislariga, sudyalarga

siyosiy organlar va prokuratura ortiqcha ta’sir ko‘rsatadi, sudyalarning haqiqiy mustaqilligi haligacha ta’minlanganicha yo‘q;

  1. O‘zbekistonda ma’muriy yustitsiyani rivojlantirish, aholiga huquqiy yordam

ko‘rsatish tizimini yaratish, Ombudsman institutini kuchaytirish bilan prokurorlarning nazorat vakolatlarini qisqartirish yoki maksimal darajada qisqartirish kerak. Bundan tashqari, prokuratura vakolatidan o‘ziga xos bo‘lmagan funksiyalarni chiqarib tashlash, tegishli vakolatlarni ijro etuvchi organlarga topshirish kerak;

  1. Davlat xaridlari sohasi korrupsiya xavfi yuqori bo‘lgan soha bo‘lib qolmoqda. Shu sababli, davlat xaridlarini tashkil etish va tartibga solishning yangicha tizimini qaytadan ko‘rib chiqish lozim;

  2. Elektron vositalarini joriy etish va yanada kengaytirish, aholiga xizmat ko‘rsatish va axborot berishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishga qaratilgan sa’y-harakatlar korrupsiyaga qarshi ijobiy ta’sirga ega;

  3. Korrupsiyaga qarshi kurashish xalqaro standartlarini O‘zbekiston

Respublikasi Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga implementatsiya qilish lozim.
Shular bilan bir qatorda, mamlakatimizda bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy munosabatlarni tartibga solish, ushbu sohadagi chora-
tadbirlar samaradorligini oshirish, ushbu illatni ildizi bilan yo‘q qilish, jamiyatda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni qaror toptirishda idoralararo hamkorlikni yanada rivojlantirish, davlat boshqaruvi organlarining korrupsiyaga qarshi faoliyatiga
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, jumladan, videokuzatuv tizimlari, elektron hisob-kitob va almashinuv, idoralararo ma’lumotlar bazalarini keng joriy etish muhim ahamiyatga ega.



Download 39.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling