Korxona iqtisodiyoti
Tiklanish qiymati bo‘yicha
Download 213.68 Kb.
|
Korxona iqtisodiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qoldiq qiymati bo‘yicha
Tiklanish qiymati bo‘yicha - asosiy fondlar yoki ularning biron-bir qismini (binolar, qurilmalar, mashinalar, ishlab chiqarish uskunalari va hokazo) hozirgi paytdagi inflyasiya va boshqa omillarni hisobga olgan holda baholash. Baholashning bu usuli ob'ektning hozirgi paytdagi qayta ishlab chiqarish davrida qancha turishini ko‘rsatadi.
Qoldiq qiymati bo‘yicha - asosiy fondlarning eskirishini inobatga olgan holda, birlamchi va qayta tiklash qiymatlari o‘rtasidagi farq ko‘rinishidagi baholashdir. Boshqacha qilib aytganda, bu asosiy fondlarning ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga hali o‘tkazilmagan qismidir. Hozirigi kunda amaliyotda asosiy vositalarning korxona balansi va hisobotlarida aks ettiriluvchi (ya'ni, boshlang‘ich, belgilangan tartibda o‘tkaziluvchi qayta baholashdan keyin esa tiklanish), hisobga olish qiymati balans qiymati deb ataladi. Bundan asosiy vositalarning qoldiq qiymatini asosiy vositalarning balans qiymatidan eskirish summasini ayirib tashlash yordamida topish mumkinligi anglashiladi. Asosiy ishlab chiqarish fondlari hajmi va ulardan foydalanish darajasi korxonaning ishlab chiqarish quvvati kattaligini belgilaydi. U ishlab chiqarish dasturini asoslashda katta rol o‘ynaydi hamda korxonaning belgilangan nomenklatura va sifatli mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha potensial imkoniyatlarini tavsiflaydi. Bundan kelib chiqadiki, ishlab chiqarish quvvati – bu, ma'lum bir vaqt davomida ilg‘or texnologiyalardan foydalanish, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning ilg‘or sharoitlarida ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan mahsulotlarning maksimal darajasidir. U qoidaga ko‘ra, ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmining natural ko‘rinishda, ushbu korxonaning ixtisoslashganligi va mahsulotning alohida turlari o‘rtasidagi o‘zaro nisbatiga ko‘ra aniqlanadi. Korxona ishlab chiqarish quvvatining boshlang‘ich (yil boshida), yakuniy(yil oxirida), o‘rtacha yillik hamda loyiha quvvati turlari mavjud. Loyiha quvvati qurilish loyihasida ko‘zda tutilgan bo‘ladi. Qayta tiklash, kengaytirish va texnik jihatdan qayta qurollantirish davomida loyiha quvvati kattalashtirilishi mumkin. Shu sababli amaliyotda loyiha quvvati ko‘pincha korxonaning amaldagi quvvati bilan solishtiriladi. Korxonaning amaldagi quvvati korxona ishlab chiqarish dasturini tayyorlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Download 213.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling