Qarzga olingan aylanma mablag‘lar doimo harakatda bo‘lmaydi hamda korxonaning mahsulotlarni sotishdagi qiyinchiliklar, moddiy-tovar boyliklar bilan ta'minlash, mahsulot ishlab chiqarish dasturini oshirib bajarish va boshqa vaqtinchalik ehtiyojlarni qoplash uchun foydalaniladi. Ular qatoriga bank kreditlari, kreditorlik qarzlari (tijorat kreditlari) va boshqa passivlarni kiritish mumkin.
Aylanma mablag‘larni normalashtirish korxonaning uzluksiz ishlashi ta'minlaydigan moddiy boylik va boshqa resurslarning minimal, lekin yetarli zahiralarini shakllantirish uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘larini aniqlashda ifodalanadi. U ichki zahiralarni aniqlash, ishlab chiqarish sikli davomiyligini qisqartirish va tayyor mahsulotni tezroq sotish imkon yaratadi.
Korxona aylanma mablag‘laridan samarali foydalanish uchta asosiy ko‘rsatkichni tavsiflaydi:
1)aylanishkoeffitsiyenti;
2)aylanma mablag‘larning yuklanish koeffitsiyenti;
3)vositalarning bir marta aylanishi davomiyligi.
Aylanish koeffitsiyenti korxona aylanma mablag‘larining ma'lum bir vaqt (yil, chorak) davomida amalga oshiruvchi aylanishini tavsiflaydi yoki aylanma mablag‘larning har 1 so‘miga to‘g‘ri keluvchi sotilgan mahsulotlarni ko‘rsatadi. U quyidagi formula asosida hisoblab topiladi:
Ka q Rm : Sa
Bu yerda:
Rm –sotilgan mahsulot hajmi, pul o‘lchovida;
Sa – aylanma mablag‘larning o‘rtacha qoldiq hajmi, pul o‘lchovida (aylanma mablag‘lar normativi).
Aylanma mablag‘larni yuklanish koeffitsiyentiaylanish koeffitsiyentiga teskari bo‘lgan qiymatdir. U sotilgan har 1 so‘m mahsulotga sarflangan aylanma mablag‘larni tavsiflaydi hamda quyidagi formula asosida hisoblab topiladi:
Kyu q Sa : Rm
Bir marta aylanish davomiyligi kunlarda o‘lchanadi hamda shu davrdagi kunlar sonini aylanish koeffitsiyentiga nisbati orqali quyidagi formula asosida hisoblanadi:
T q D : Ka
Do'stlaringiz bilan baham: |