Korxona iqtisodiyoti


Download 213.68 Kb.
bet15/20
Sana02.06.2024
Hajmi213.68 Kb.
#1834392
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Korxona iqtisodiyoti

Nominal ish haqibu xodimning ma'lum bir vaqt mobaynida bajargan mehnati uchun hisoblangan va to‘langan ish haqidir.


Real ish haqinominal ish haqiga sotib olish mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlar miqdori; real ish haqi – bu, nominal ish haqining “iste'mol qobiliyati”dir.


Mehnatga ishbay haq to‘lash ishlab chiqarilgan mahsulot (bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmat) uchun to‘lanadigan haqni anglatadi.

Korxonalarda ko‘pincha faqat ishbay emas, balki ishbay-mukofotli haq to‘lashdan foydalaniladi.




Mehnatga ishbay-mukofotli haq to‘lashda ishchi bajargan ishiga haq olishdan tashqari, mukofotga ham ega bo‘ladi. Mukofot asosan ma'lum bir ko‘rsatkichlarga erishish - mahsulot ishlab chiqarish rejasini bajarish, mahsulot sifatini oshirish, xom ashyo va materiallarni tejash va shu kabilar uchun beriladi.


Mehnatga vaqtbay haq to‘lash tarif tizimida ko‘zda tutiluvchi ishlab berilgan vaqt - kalendar vaqt emas, balki normativ vaqt uchun to‘lanadigan haqni anglatadi.


Vaqtbay-mukofotli haq to‘lashda ishchi ishlab bergan vaqtiga haq olishdan tashqari, ushbu ish haqiga ma'lum bir foiz hisobida mukofot ham oladi.


Mehnatga akkord haq to‘lash tizimi mehnatga ishbay haq to‘lashning bir turi bo‘lib, uning mohiyatiga ko‘ra, bunda bajarilishi kerak bo‘lgan ishlarni muddatini ko‘rsatgan holda baholash amalga oshiriladi.

Ko‘pchilik korxonalarda ish haqini hisoblash tarif tizimi, ayniqsa uning tarif stavkasi va tarif setkalari kabi elementlari asosida amalga oshiriladi.




Tarif stavkasiturli guruh va kategoriyadagi ishchilarning vaqt birligidagi mehnati uchun to‘lanuvchi haqning mutlaq (absolyut) o‘lchamidir. Minimal tarif stavkasi yoki birinchi razryadli stavka boshlang‘ich hisoblanadi.


Tarif setkalari mehnatga haq to‘lashdagi mutanosibliklarni malaka darajasini hisobga olgan holda, belgilash uchun xizmat qiladi. U tarif razryadlari va ularga mos keluvchi tarif koeffitsiyentlari yig‘indisini ifodalaydi.

Download 213.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling