Korxona iqtisodiyoti


Rentabellik ko‘rsatkichlari


Download 213.68 Kb.
bet17/20
Sana02.06.2024
Hajmi213.68 Kb.
#1834392
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Korxona iqtisodiyoti

Rentabellik ko‘rsatkichlari korxona faoliyati qanchalik foyda keltirishini ko‘rsatadi. Bu ko‘rsatkichlar moliyaviy hisobotning ichki va tashqi foydalanuvchilarda qiziqish uyg‘otib, korxona resurslaridan foydalanish samaradorligi hamda uning investitsiyalarni jalb qilish qobiliyatini aniqlaydi.

Quyida korxona faoliyatining samaradorligini tavsiflovchi rentabellikning asosiy ko‘rsatkichlari keltirilgan.


Sof foyda (SF)

Aktivlar rentabelligi (RA) q = ---------------------------------------------------------


Aktivlarning o‘rtacha yillik qiymati (A)

Sof foyda (SF)


Sotish rentabelligi (RS) q= -----------------------------------------------------------

Mahsulotni sotishdan tushgan tushum(ST)


Sof foyda


Xususiy kapital rentabelligi (XK) = -----------------------------------------------------

Xususiy kapital o‘rtacha yillik qiymat (XK)


Sof foyda (SF)


Bitta aksiya daromadi (AF) q = ------------------------------------------------------

Muomaladagi aksiyalar soni (Na)


Shu tariqa, tavsiya qilinuvchi ko‘rsatkichlar tahlil jarayonida korxonaning moliyaviy barqarorligini aniqlash, ishlab chiqarish samaradorligi va korxonaning bozordagi raqobatbardoshligini oshirishga oid chora-tadbirlar belgilashga imkoniyat yaratadi.




11-Mavzu: KORXONANING INVESTITSION FAOLIYATI

Investitsiyalar korxonalar va xalq xo‘jaligi miqyosida yangi ishlab chiqarish korxonalari yaratish yoki mavjud korxonalarni zamonaviylashtirish, ilg‘or texnika va texnologiyalarni o‘zlashtirish, mahsulot ishlab chiqarish va foyda (daromad) olishni ko‘paytirish maqsadida uzoq muddatli mablag‘lar kiritilishidir. Investitsiyalar ijtimoiy ishlab chiqarish tuzilmasini yaxshilash, ishlab chiqarishdagi nomutanosibliklarini bartaraf qilish va iste'mol bozorini ta'minlashda alohida e'tiborga ega.


Kapital qo‘yilmalarasosiy fondlarni qayta tiklash va o‘stirish uchun sarflanuvchi moddiy, mehnat va pul resurslaridir. Ular asosan bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladigan xarakterga ega bo‘lib, ishlab chiqarish xarajatlari yoki mahsulot tannarxi shaklidagi, joriy xarajatlardan farq qiladi. Kapital qo‘yilmalar maqsadli xarakterga ega bo‘ladi hamda xodimlarga mukofot to‘lash, xizmat safari (komandirovka) xarajatlari va hokazolarga sarflanishi mumkin emas.



Download 213.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling