Korxona pul oqimlarini boshqarish
Pul oqimlarini boshqarishning mohiyati va vazifalari hamda asosiy yoʻnalishlari
Download 116.35 Kb.
|
7-mavzu ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pul oqimlarini boshqarishning bosh maqsadi Pul oqimlarini boshqarishning asosiy vazifalari
3. Pul oqimlarini boshqarishning mohiyati va vazifalari hamda asosiy yoʻnalishlari
Pul oqimlarini boshqarish korxonaning moliyaviy jihatdan barqaror oʻsishiga yoʻnaltirilgan pul mablagʻlarini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish bilan bevosita bogʻliq boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va amalga oshirish prinsiplari va metodlari tizimini oʻzida aks ettiradi. Moliyaviy menejmentning barcha funksional tizimlari kabi pul oqimlarini boshqarish ham korxona bozor qiymatini oshirish orqali mulkdorlar moddiy farovonligini oshirishga qaratilgan bosh maqsadga bevosita boʻysunadi. Moliyaviy menejmentning bu umumiy maqsadi pul oqimlarini boshqarishning alohida bosh maqsadi – korxonadagi doimiy moliyaviy muvozanatni ta’minlashni qoʻllab-quvvatlaydi. Korxona pul oqimlarini boshqarishning oʻz bosh maqsadini amalga oshirish jarayonida quyidagi asosiy vazifalarni hal qilishga e’tibor qaratiladi (2-jadval): 2-jadval Korxona pul oqimlarini boshqarishning bosh maqsadini amalga oshirishga yoʻnaltirilgan asosiy vazifalar tizimi
Keltirib oʻtilgan vazifalar xususida qisqacha toʻxtalib oʻtadigan boʻlsak, istiqboldagi moliyaviy-xoʻjalik faoliyati talabiga mos ravishda korxonaning yetarli miqdordagi pul mablagʻlarini shakllantirish vazifasi strategik va joriy maqsadlarni amalga oshirish uchun talab qilinadigan moliyaviy resurslar miqdorini belgilab olish yoʻli bilan amalga oshiriladi va bunda pul mablagʻlarini jalb qilish uchun talab qilinadigan xarajatlarga ham e’tibor qaratiladi. Download 116.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling