Korxona pul oqimlarini boshqarish
-rasm. Asosiy faoliyat boʻyicha pul oqimlarining shakllanishi
Download 116.35 Kb.
|
7-mavzu ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-rasm. Investitsion faoliyat boʻyicha pul oqimlarining shakllanishi
- 4-rasm. Moliyaviy faoliyat boʻyicha pul oqimlarining shakllanishi
2-rasm. Asosiy faoliyat boʻyicha pul oqimlarining shakllanishi
Qayd etib oʻtish kerakki, keltirib oʻtilgan sxema mamlakatlarning moliyaviy-iqtisodiy siyosatiga bogʻliq holda oʻzaro farqlanishi mumkin. Investitsion faoliyat boʻyicha pul oqimlari (Cash Flow From Investments – CFFI)ni baholashda asosiy va nomoddiy aktivlarni sotib olishga xarajatlar, shuningdek uzoq muddatli moliyaviy qoʻyilmalar, mulkni hamda uzoq muddatli moliyaviy qoʻyilmalarni sotishdan daromadlar koʻrib chiqiladi. Investitsion faoliyat boʻyicha pul oqimlarining asosiy elementlari quyidagi rasmda aks ettirilgan (3-rasm). 3-rasm. Investitsion faoliyat boʻyicha pul oqimlarining shakllanishi Korxonalarda biznesni muvaffaqiyatli yuritish uchun pul mablagʻlari chiqib ketishiga sabab boʻluvchi bozordagi oʻz ulushini oshirib borishga, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va modernizatsiyalashga, yangi mahsulotlar turlarini ishlab chiqish va mavjud ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni takomillashtirishga qaratilgan investitsion faoliyatni samarali tashkil etishga harakat qilinadi. Real sektor korxonasi uchun investitsion faoliyat boʻyicha musbat pul oqimlari ularning barqaror dinamikasi sharoitida aktivlarni, biznes birliklarini sotish yoki restrukturizatsiyalashni oʻzida ifodalaydigan moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini qisqartirishni, yoki yaqin istiqbolda oʻsish uchun quday imkoniyatlarning yoʻqligini anglatadi. Moliyaviy faoliyat boʻyicha pul oqimlari (Cash Flow From Financing – CFFF) kapital tarkibini shakllantirish bilan bogʻliq va ularni jalb qilish natijasidagi pul oqimlarini oʻzida ifodalaydi. Bunday pul oqimlariga aksiya va obligatsiyalar emissiyasi hisobiga pul mablagʻlari jalb qilish, kreditlar olish, kreditorlar va mulkdorlarga toʻlovlarni kiritish mumkin. Moliyaviy faoliyat boʻyicha pul oqimlarining asosiy elementlari quyidagi rasmda keltirilgan (4-rasm). 4-rasm. Moliyaviy faoliyat boʻyicha pul oqimlarining shakllanishi Moliyaviy faoliyat korxonaning asosiy va investitsion faoliyatini pul mablagʻlari bilan ta’minlashga qaratilgani uchun odatda musbat pul oqimlari kuzatiladi. Asosiy, investitsion va moliyaviy faoliyat boʻyicha pul oqimlari yigʻindisi ma’lum bir davr boʻyicha pul mablagʻlarining sof oʻzgarishini oʻzida ifodalaydi: bu erda - koʻrib chiqilgan davr boʻyicha “Pul mablagʻlari” moddasining oʻzgarishi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobot toʻgʻri va egri metodlar boʻyicha tuzilishi mumkin. Bunda toʻgʻri metod asosida shakllantirilgan hisobot moliyaviy va investitsion faoliyat kesimidagi pul oqimlari haqidagi axborotni oʻzida aks ettiradi. Egri metod asosida tuzilgan metod operatsion faoliyat boʻyicha pul oqimlari harakatini oʻzida aks ettiradi. Download 116.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling