Korxona pul oqimlarini boshqarish


-rasm. Korxonalarning pul oqimlari


Download 116.35 Kb.
bet2/9
Sana18.06.2023
Hajmi116.35 Kb.
#1589684
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7-mavzu ma\'ruza

1-rasm. Korxonalarning pul oqimlari
Avval qayd etib oʻtganimizdek, hisobotlarda aks etgan foyda koʻrsatkichlari korxonaning pul oqimlari va uning faoliyati iqtisodiy natijalari bilan bir xil emas. Bunday nomuvofiqlikning turli xil sabablari mavjud boʻlib, ularning eng asosiylari quyidagilar hisoblanadi:
- daromadlarni va xarajatlarni amalga oshirish hamda ularni hisobotlarda aks ettirishning, shuningdek zaxiralar qiymatini hisobga olish xususiyatlarining amaliyotda vaqt jihatdan mos kelmasligi;
- pulsiz elementlar (amortizatsiya, zaxiralar va boshqalar)ning amal qilishi;
- moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotlarda foydani aniqlash jarayonida pul mablagʻlari harakatini nazarda tutuvchi (kapital xarajatlar, qarzlar olinishi va qoplanishi, xususiy aksiyalarni sotib olish va boshqalar boʻyicha) moddalarning yoʻqligi.
Foyda va pul oqimlari oʻrtasidagi farqni tushunishning gʻoyat muhimligi sababli koʻrsatib oʻtilgan nomuvofiqliklarning mohiyati xususida batafsil toʻxtalib oʻtamiz.
Bizga ma’lumki, moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotni tuzishning asosi hisoblangan asosiy gʻoyalar oʻtgan davr uchun daromadlarni aniqlash va daromadlarni olish uchun sarflangan xarajatlarni solishtirish hisoblanadi. Bu jarayonda daromadlar olingan vaqt sifatida iste’molchidan pul mablagʻlarining real kelib tushish vaqtidan qat’iy nazar mahsulotlarni sotish vaqti tan olinadi. Masalan, toʻlovni kechiktirish sharti bilan tovarlarni sotish jarayonida yuklab joʻnatilgan vaqt daromad olingan vaqt sifatida tan olinadi. Vaholanki yuklab joʻnatilgan tovar boʻyicha pul mablagʻlari keyingi hisobot davrida kelib tushadi.
Xarajatlarni aks ettirishning asosida ham muvofiqlik prinsipi yotadi. Bunda tovarlarni tayyorlash va sotish bilan bogʻliq ishlab chiqarish va boshqa xarajatlar ham amalga oshirish vaqtida hisobga olinadi, haqiqatda xarajatlar boshqa vaqtda amalga oshirilsa ham.
Pul oqimi miqdoridan foyda miqdori farq qilishining yana bir muhim sababi asosiy vositalar boʻyicha amortizatsiya hisoblashning buxgalteriya mexanizmi hisoblanadi. Faraz qilaylik, korxona uskuna sotib oldi va buning uchun 1500 ming soʻm toʻladi. Aniqki, xarid vaqtida korxona ixtiyoridan 1500 ming soʻm miqdoridagi pul mablagʻi chiqib ketdi. Lekin buxgalteriyaning bu summani haqiqatda amalga oshirilgan xarajat sifatida mazkur uskunaning foydali xizmat muddati davomida moliyaviy-xoʻjalik faoliyati natijalariga amortizatsiya koʻrinishida bosqichma-bosqich chegirib borish orqali oʻtkazib boriladi. Masalan, 10 yil davomida har yili 150 ming soʻmdan. Bu jarayonda korxonada hech qanday real pul toʻlovlari paydo boʻlmaydi, lekin boshqa tomondan amortizatsiya xarajatlarining joriy xarajatlar tarkibiga kiritilishi bois foyda miqdori kamaytiriladi.
Umuman ta’kidlash lozimki, bevosita tovar realizatsiyasi bilan bogʻlash va aniq bir davr moliyaviy natijalariga kiritish bevosita mumkin boʻlmaganligi sababli korxonalar faoliyatida muhim ahamiyatga ega boʻlgan haqiqatda amalga oshirilgan toʻlovlar (xarajatlar) va tushumlarning koʻplab turlarini moliyaviy natijalar toʻrisidagi hisobotga kiritib boʻlmaydi. Masalan, yuqorida tilga olingan kapital xarajatlar (asosiy vositalar sotib olish) balansda aktivlarning oʻsishi koʻrinishida aks ettiriladi. Yana bir jihat, qarz mablagʻlari jalb qilish, ularni qoplash, taqdim etish boʻyicha operatsiyalar, xususiy kapital emissiyasi, boshqa kompaniyalardagi ulushlarni sotib olish va boshqa shu kabilar ham aniq sana boʻyicha tuzilgan balansda oʻz aksini topadi.



Download 116.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling