Korxona pul oqimlarini boshqarish


Pul mablagʻlari manbalari va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi analitik hisobot shakli


Download 116.35 Kb.
bet4/9
Sana18.06.2023
Hajmi116.35 Kb.
#1589684
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7-mavzu ma\'ruza

Pul mablagʻlari manbalari va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi analitik hisobot shakli

Hisobot davri boshidagi pul mablagʻlari

1. Pul mablagʻlari manbalari

Balans passivi moddalaridagi oʻsish

Balans aktivi moddalaridagi kamayish

= Jami manbalar

2. Pul mablagʻlaridan foydalanish

Balans passivi moddalaridagi kamayish

Balans aktivi moddalaridagi oʻsish

= Jami foydalanilgan summa

3. Pul mablagʻlarining sof oʻsishi yoki kamayishi (1 – 2)

Hisobot davri oxiridagi pul mablagʻlari

Mazkur amaliyotni aniq bir korxona misolida koʻrib chiqishingizni soʻraymiz.


Pul oqimlari toʻgʻrisidagi detallashgan hisobotlarni tuzishning ikkita asosiy metodi toʻgʻri va egri metodlar amal qiladi. Moliyaviy hisobotlarning xalqaro hisobotlariga muvofiq ularda pul oqimlari uchta asosiy faoliyat turi: opeartsion (asosiy), investitsion, moliyaviy faoliyatlar kesimida detallashtiriladi.
Korxona butun faoliyatining keltirib oʻtilgan uchta tarkibiy qismga ajratilishi har bir mamlakat iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyatga ega. Chunki yaxlit faoliyat boʻyicha musbat pul oqimlariga erishish asosiy faoliyati boʻyicha pul oqimlariga manfiy boʻlgan holatda ham investitsion faoliyat yoki moliyaviy faoliyat hisobiga ta’minlanishi mumkin. Bunday holatda jami pul oqimi miqdori korxonaning zarar bilan ishlayotganligini yopib ketishi mumkin.
Keltirib oʻtilgan pul oqimlarining har birining asosiy elementlarini koʻrib chiqamiz.
Asosiy (operatsion) faoliyat boʻyicha pul mablagʻlari harakati (Cash Flow From Operations – CFFO) mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayoni bilan bogʻliq. Umumiy holda mazkur faoliyat boʻyicha pul oqimlarining quyidagi bazaviy elementlarini belgilab olish mumkin:
- mahsulot va xizmatlar realizatsiyasidan pul mablagʻlari tushumlari, shuningdek xaridorlardan olingan avanslar;
- mol yetkazib beruvchilarga xom ashyo, materiallar, xizmatlar va boshqalar uchun toʻlovlar;
- toʻgʻridan-toʻgʻri va qoʻshimcha xarajatlar, shuningdek joriy foiz toʻlovlari;
- soliqlar va davlat byudjetiga majburiy ajratmalar boʻyicha toʻlovlar.
Asosiy faoliyat boʻyicha pul oqimlari shakllanishining umumiy sxemasi quyidagi rasmda keltirilgan (2-rasm).


Download 116.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling