Korxona va tashkilotlar moliyasi statistikasi
Download 36.18 Kb.
|
KORXONA VA TASHKILOTLAR MOLIYASI STATISTIKASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10.3. Davlat moliyasi
Xonadon moliyasi. Bu xonadon pul kirimi va chiqimini bildiradi,
bu oila budjeti deb ham yuritiladi. Xonadonga pul ish haqi, pensiya, nafaqa, stipendiya, dividend, ijara haqi, tadbirkorlik foydasi, zayom va lotereya pul yutug‘i, bank beradigan foiz, tomorqadan keladigan pul shaklida kelib tushadi. Bu puldan soliqlar va ixtiyoriy to‘lovlar chegirilgandan so‘ng qolgan qism qo‘lga tekkan daromadni hosil etadi. Bu pul 2 ta fondga ajratiladi: 1. Тovar va xizmatlarni xarid etish yoki iste’mol fondi. 2. Jamg‘arish fondi. Xarid fondi darhol sarflansa, jamg‘arish fondi to‘planib boradi. Moliya munosabatining ishtirokchilari fond bozorida qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisida qatnashadilar, bundan maqsad aksiya va obligatsiyalarni arzon olib, qimmatiga sotish yo‘li bilan pul topishdir. Bu ishda faqat korxona va tashkilotlardan tashqari aholi ham qatnashadi, ular bunga o‘zining jamg‘arma fondidagi pulini sarflaydilar. 10.3. Davlat moliyasi Davlat moliyasi o‘zagini davlat budjeti tashkil etadi (budjet ingl. budjet — «puli bor qop» degani), ammo budjetdan tashqari davlat pul fondlari ham bo‘ladi. Ular birgalikda davlatning joriy yildagi xazinasini tashkil etadi. Davlat budjeti — bu muayyan davlatning bir yillik daromadlar va xarajatlarining balansi, ya’ni yig‘indisidir. Davlat budjetidagi pul uning daromadi bo‘lib, butun jamiyatning ehtiyojini qondirish uchun ketadi. Budjetda katta pul to‘planadi, bunday pul hech bir firma yoki xonadonda bo‘lmaydi. 2009-yil O‘zbekiston davlatining qo‘lida 10,8 trillion so‘m bo‘lib, bu YAIMning 23,0 foiziga teng bo‘ldi. 99
uchun zarur bo‘ladi, chunki bu pul sarflashni talab qiladi. Shu pul hisobidan davlat jamiyatga ijtimoiy xizmat, ya’ni ne’matlar yetkazib beradi. Bular jumlasiga mudofaa, tinchlik va xotirjamlikni, ijtimoiy tartibni ta’minlash, ommaviy obodonchilik va sanitariya-gigiyena ishlarini bajarish, davlatni idora qilish, turmush xavfsizligini ta’minlash, ekologik muhitni asrash, tabiiy boyliklarni himoya qilish, ommaviy savodxonlikni ta’minlash, nochorlarga yordam berish kabi ishlar kiradi. Bular uchun zarur pulni davlat soliqlar yordamida yig‘ib oladi. Budjetga pul soliqdan tashqari boshqa pul to‘lovlari orqali ham keladi. Masalan, O‘zbekistonda pensiya, bandlik, ijtimoiy sug‘urta, yo‘l va maktab fondi uchun ham korxona va tashkilotlar davlatga pul o‘tka- zadilar. Budjetga davlat mulkini sotish yoki ijaraga berishdan, davlat zayomlarini sotishdan kelgan pul, davlat qo‘lidagi aksiyalarga tekkan dividend shaklidagi va nihoyat chetdan olingan qarz sifatidagi pullar ham tushadi (10.1-rasm). Davlatning daromadlari uning sarf-xarajatlarini qoplash uchun kerak. Davlat xarajatlari 3 turda bo‘ladi: Download 36.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling