rentabel ishlash, ya’ni foyda olish; likvidlikka ega bo‘lish — o‘z
mablag‘ini naqd pulga aylantirish imkoni bo‘lishi; mijozlar man-
faatiga ustuvorlik berish — ularning hojatini chiqarish birlamchi
bo‘lishi.
Bu tamoyillarga amal qilish banklarni iqtisodiyotdagi rolini
mustahkamlaydi.
Biroq, banklar va boshqa moliya institutlari va davlat moliyasi
ishining izdan chiqishi ham yuz berib turadi.
Iqtisodiyotning pul bilan ta’minlanish me’yori bor, bu mone-
tizatsiya darajasi deb ataladi.
106
10.9. Moliyaviy krizislar
Moliya iqtisodiyot ishtirokchilari o‘rtasidagi pul oqimi bo‘lib,
bu pulning ular o‘rtasidagi oldi-berdisini bildiradi. Biroq bu har
doim ham bir me’yorda va ravon boravermaydi, chunki krizislar
bo‘lib turadi.
Moliyaviy krizis, bu moliyadagi inqiroz holati bo‘lib, moliyaviy
aloqalarning izdan chiqishi, moliya o‘z vazifalarini bajarishda katta
qiyinchiliklarga duch kelishi bilan tavsiflanadi.
Bu bank, fond bozori va davlat budjeti krizislarini o‘z ichiga
oladi. Bank krizisi yuz berganda unga uchragan banklar o‘z
kapitalining katta qismini yo‘qotib, bankrot holiga tushadilar.
Buning sababi shundaki, banklar mo‘maygina pul topaman deb
katta kreditni, hatto qaytarilishi gumonli bo‘lgan kreditni beradilar.
Qaltis operatsiyalarga qo‘l uradilar. Fond birjalarida chayqovchilik
qiladilar.
Kreditni o‘z vaqtida yoki umuman qaytmasligi, kredit hisobidan
garovga olingan mol-mulk narxining tushib ketishi, birjada aksiya va
obligatsiyalarning birdaniga arzonlashib ketishi kabi holatlar banklarni
katta pulga tushirib qo‘yadi.
Fond bozoridagi krizis shundan iboratki, bu yerda aksiya va
obligatsiyalarning narxi birdaniga tushib ketib, uning egalari katta
pulni yo‘qotadilar, moliyaviy bankrotga aylanadilar, fond bozoridagi
operatsiyalar kutilmagan darajada pasayib ketadi, bu bozordagilarga
vahma soladi.
Bunday ko‘ngilsiz hodisalarning sababi moliya ope-
ratsiyalarining tartibsiz va nazoratsiz o‘sishi bo‘ladi. Bu ham
bozor iqtisodiyoti nuqsonli ekanligini ko‘rsatadi. Budjet krizisi
yuz berganda budjet defitsiti oshib ketadi, katta xarajatlarni
qoplash uchun davlat qarz majburiyati bo‘lgan obligatsiyalarni
ko‘plab sotadi. Ularni qaytadan sotib olish uchun kuchi yetmaydi,
davlat qarzga botib qoladi.
Krizisdagi katta pul yo‘qotishlar bozordagi jami talabni qisqartirib,
iqtisodiy tanglikka olib keladi, retsessiya holati paydo bo‘ladi. Eng
so‘nggi va g‘oyat kuchli moliya krizisi 2009–2010-yilgi krizis bo‘lib,
dunyoning ko‘pchilik mamlakatlarini qamrab oldi. Moliya krizislari
abadiy emas, ular bir paydo bo‘lsa, bir yo‘qolib turadi. Ulardan tez
va katta talafotsiz chiqish uchun davlatdan faol antikrizis siyosatini
yurgizish talab qilinadi.
107
I. ТAYANCH TUSHUNCHALAR
1. Moliya sektori.
2. Moliya resurslari.
3. Moliya funksiyalari.
4. Moliya turlari.
5. Davlat budjeti.
6. Soliq.
7. Budjet defitsiti.
8. Joriy depozit.
Do'stlaringiz bilan baham: |