Korxona va tashkilotlar moliyasi statistikasi


 O‘zini o‘zi moliyalashtirish


Download 36.18 Kb.
bet4/10
Sana27.12.2022
Hajmi36.18 Kb.
#1067917
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
KORXONA VA TASHKILOTLAR MOLIYASI STATISTIKASI

1. O‘zini o‘zi moliyalashtirish, bu usul kommersiya korxonalari
va tashkilotlariga xos, bular o‘z xarajatini o‘zi topgan pul bilan
qoplaydi.
2. Budjetdan moliyalashtirish. Bunda xarajatlar uchun zarur pul
budjetdan beriladi. Shu usulda pul bilan ta’minlanuvchi tashkilotlar
budjet tashkilotlari deb yuritiladi. Bular jumlasiga kollejlar ham kiradi.
Kollejlar xarajatining manbayi quyidagi chizmada ko‘rsatilgan:
Defitsit va profitsit YAIM ga nisbatan foizlarda hisoblanadi. O‘zbekiston
budjeti 2009-yil profitsitli bo‘lib, bu YAIM ning 0,2% iga teng bo‘ldi.
3. Homiylar tomonidan moliyalashtirish. Bunda xarajatlar homiy-
lar xayr-u ehson qoidalari asosida ajratgan pul bilan qoplanadi.
Homiylikni davlat, firmalar, banklar va ayrim puldor shaxslar amalga
oshiradilar. Moliyalashtirishning turli usullari bir vaqtning o‘zida

101
birgalikda qo‘llanishi ham mumkin. Ammo bozor qoidalariga ko‘ra


o‘zini o‘zi moliyalashtirish ustuvorlik qilishi kerak.
10.5. Banklar
Hammaning pul bilan bog‘liq ishi bank orqali bitadi, chunki
iqtisodiyotdagi pul oqimini banklar boshqaradi. Bank nima?
Bank pul yuzasidan bo‘lgan aloqalarga xizmat qiluvchi moliya
instituti, ya’ni muassasadir.
Bank ham firma, u tadbirkorlik qiladi, lekin boshqalardan farqliroq
u faqat pul bilan ishlaydi. Pul iqtisodning qoni bo‘lsa, bank uning
yurak-tomir qismi bo‘lib, hamma a’zo-yu hujayralarni oziqlantirib
turadi. Shu sababli, iqtisodning tirikligi bank bilan. Bank ishi — pul
olamidagi biznesdir. Bank ishi bilan shug‘ullanuvchilar bankirlar —
bankchilar deyiladi. Bank iqtisodiyot uchun ahamiyatli ishlarni
bajaradi, chunonchi, pul va qimmatbaho buyumlarni omonatga olib,
saqlab beradi; pul bilan bo‘ladigan hisob-kitob operatsiyalarini,
xususan, pul to‘lash ishlarini bajaradi; chet el valutasini sotadi va
sotib oladi; o‘z qo‘lidagi pulni qarzga beradi, ya’ni kredit bilan
shug‘ullanadi; o‘z puliga aksiya sotib olib, uni boshqa sohaga
joylashtiradilar; biznes yuzasidan maslahat beradi.
Bankdan o‘tadigan pul oqimi naqd pullar va naqd bo‘lmagan
pullar harakatidan iborat. Naqd pul — bu banklardagi, korxona va
tashkilotlar kassasidagi va aholi qo‘lidagi qog‘oz va tanga pullardir.
Naqd bo‘lmagan pul bunday shaklga ega emas, u pulning borligi
haqidagi axborot, yozuv bo‘lib, u bank hisob varag‘ida qayd
etiladi.
Naqd bo‘lmagan pullar bank depoziti shakliga ega, ya’ni
firmalar, jamoat tashkilotlari, davlat muassasalari va ayrim fuqarolar
o‘z pulini bankdagi depozit hisob varag‘ida saqlaydilar. Depozit
ikki xil bo‘ladi:

Download 36.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling