Korxona va tashkilotlar moliyasi statistikasi
O‘zini o‘zi moliyalashtirish
Download 36.18 Kb.
|
KORXONA VA TASHKILOTLAR MOLIYASI STATISTIKASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Homiylar tomonidan moliyalashtirish.
- 10.5. Banklar
- Bank ishi — pul olamidagi biznesdir
1. O‘zini o‘zi moliyalashtirish, bu usul kommersiya korxonalari
va tashkilotlariga xos, bular o‘z xarajatini o‘zi topgan pul bilan qoplaydi. 2. Budjetdan moliyalashtirish. Bunda xarajatlar uchun zarur pul budjetdan beriladi. Shu usulda pul bilan ta’minlanuvchi tashkilotlar budjet tashkilotlari deb yuritiladi. Bular jumlasiga kollejlar ham kiradi. Kollejlar xarajatining manbayi quyidagi chizmada ko‘rsatilgan: Defitsit va profitsit YAIM ga nisbatan foizlarda hisoblanadi. O‘zbekiston budjeti 2009-yil profitsitli bo‘lib, bu YAIM ning 0,2% iga teng bo‘ldi. 3. Homiylar tomonidan moliyalashtirish. Bunda xarajatlar homiy- lar xayr-u ehson qoidalari asosida ajratgan pul bilan qoplanadi. Homiylikni davlat, firmalar, banklar va ayrim puldor shaxslar amalga oshiradilar. Moliyalashtirishning turli usullari bir vaqtning o‘zida 101
o‘zini o‘zi moliyalashtirish ustuvorlik qilishi kerak. 10.5. Banklar Hammaning pul bilan bog‘liq ishi bank orqali bitadi, chunki iqtisodiyotdagi pul oqimini banklar boshqaradi. Bank nima? Bank pul yuzasidan bo‘lgan aloqalarga xizmat qiluvchi moliya instituti, ya’ni muassasadir. Bank ham firma, u tadbirkorlik qiladi, lekin boshqalardan farqliroq u faqat pul bilan ishlaydi. Pul iqtisodning qoni bo‘lsa, bank uning yurak-tomir qismi bo‘lib, hamma a’zo-yu hujayralarni oziqlantirib turadi. Shu sababli, iqtisodning tirikligi bank bilan. Bank ishi — pul olamidagi biznesdir. Bank ishi bilan shug‘ullanuvchilar bankirlar — bankchilar deyiladi. Bank iqtisodiyot uchun ahamiyatli ishlarni bajaradi, chunonchi, pul va qimmatbaho buyumlarni omonatga olib, saqlab beradi; pul bilan bo‘ladigan hisob-kitob operatsiyalarini, xususan, pul to‘lash ishlarini bajaradi; chet el valutasini sotadi va sotib oladi; o‘z qo‘lidagi pulni qarzga beradi, ya’ni kredit bilan shug‘ullanadi; o‘z puliga aksiya sotib olib, uni boshqa sohaga joylashtiradilar; biznes yuzasidan maslahat beradi. Bankdan o‘tadigan pul oqimi naqd pullar va naqd bo‘lmagan pullar harakatidan iborat. Naqd pul — bu banklardagi, korxona va tashkilotlar kassasidagi va aholi qo‘lidagi qog‘oz va tanga pullardir. Naqd bo‘lmagan pul bunday shaklga ega emas, u pulning borligi haqidagi axborot, yozuv bo‘lib, u bank hisob varag‘ida qayd etiladi. Naqd bo‘lmagan pullar bank depoziti shakliga ega, ya’ni firmalar, jamoat tashkilotlari, davlat muassasalari va ayrim fuqarolar o‘z pulini bankdagi depozit hisob varag‘ida saqlaydilar. Depozit ikki xil bo‘ladi: Download 36.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling