Korxona va tashkilotlar moliyasi statistikasi


Download 36.18 Kb.
bet8/10
Sana27.12.2022
Hajmi36.18 Kb.
#1067917
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
KORXONA VA TASHKILOTLAR MOLIYASI STATISTIKASI

10.8. Bank turlari
Banklar bajaradigan ishining mazmuniga qarab 2 guruhga bo‘linadi:
markaziy banklar, kommersiya (tijorat) banklari.
Markaziy banklar faqat davlatga qarashli bo‘ladi. Bu bankning
asosiy vazifalari quyidagicha:
— Muomalaga pul chiqarish, ya’ni emissiya (lot. emiso — chiqarish)
markazi bo‘lish; davlat xazinasini, valuta boyligini saqlash, davlatning
xazinaboni bo‘lish; davlat pul-kredit siyosatini amalga oshirish; bank
ishi, umuman, kreditga oid qoida-tartiblarni belgilab, ularning
bajarilishini nazorat qilish.
Bular orasida pul muomalasini tartiblab turish birlamchi bo‘ladi,
chunki sog‘lom (qadri barqaror) pul sog‘lom iqtisodiyot demakdir.
Iqtisodiyotda shunday qoida bor:
Iqtisodiyot bir me’yorda rivojlanib borishi uchun pul miqdori
keragidan ortiqcha bo‘lishi mumkin emas.
Keragicha pul — bu iqtisodiyotdagi pul aylanishini ta’minlashga
yetarli bo‘lgan pul miqdoridir. Pul miqdori bundan ortib ketsa,
iqtisodiyotga zarar keltiradi, chunki inflatsiya paydo bo‘lib, pul qadri
pasayadi, pulga ishonch kamayadi, pul o‘z vazifasini yaxshi bajarmay
qo‘yadi. Shu bois Markaziy bank pul yetarli bo‘lishini nazorat qiladi:

105
Monetizatsiya (ingl. monetisation) darajasi (Zd) muomaladagi pul


miqdorining (Mq) YAIM qiymatiga (Wq) nisbati bo‘lib, foizda ifoda
etiladi, ya’ni: 

100.
Mq


Zd
Wq
=
×
Masalan, YAIM 500, pul miqdori 100
birlik bo‘lsa, 
100

100 
20%


500
Zd
=
×
=
bo‘ladi. Bu muayyan miqdordagi
500 YAIM yaratilganda, 100 birlik pul yetarli degani bo‘ladi, chunki
shu pul 5 marta aylanishida (100:20=5) YAIM summasiga teng
bo‘ladi. Bunda 500=500 kelib chiqadi, ya’ni tovar va pul muvozanati
hosil bo‘ladi. Shu tenglikni ta’minlash uchun Markaziy bank pul
ortiqcha bo‘lganda uning bir qismini muomaladan olib turadi, agar
u yetishmay qolsa, pulni muomalaga chiqaradi. Bu ish pul
miqdorining tovarlar summasidan oshib ketishiga yo‘l bermay,
inflatsiyani bartaraf etadi.
Banklarga xos vazifalarni eng avval kommersiya banklari baja-
radi.
Kommersiya banklari turli xil operatsiyalarni amalga oshiruvchi
va kredit ishlarini bajaruvchi banklardir. Ular aksiyadorlar jamiyati
shaklida tuziladi.
Ularning ixtiyoridagi kapital ikki manbadan shakllanadi:
a) Mijozlarning bank depozitlaridagi puli, ya’ni o‘zgalar puli;
b) Banklarning o‘z puli, ya’ni bank ta’sischilari qo‘ygan pul bo‘lib,
foyda hisobidan o‘sib boradi.
Kommersiya banklari ishining 3 ta asosiy tamoyili mavjud:

Download 36.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling