Korxona va tashkilotlar moliyasi statistikasi
Bank krediti pulni ma’lum shartlarga rioya etgan holda bank
Download 36.18 Kb.
|
KORXONA VA TASHKILOTLAR MOLIYASI STATISTIKASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10.7. Foizlar
Bank krediti pulni ma’lum shartlarga rioya etgan holda bank
tomonidan qarzga berilishi va uni pulga muhtojlar qarzga olib ishlatishini bildiradi. Bank krediti kreditning asosiy shakli, lekin bank bo‘lmagan (parabank) tashkilotlar ham, masalan, kredit shirkatlari, o‘zaro yordam kassalari, kredit ittifoqlari ham kredit berishadi. Hatto yirik korporatsiyalar o‘z partnyorlari va ishchi-xizmatchilariga ham kredit beradi. Kredit biznes uchun berilganda tadbirkorlik krediti, iste’mol tovarlari olish yoki o‘qish uchun berilganda iste’mol krediti kelib chiqadi. Kredit asosan pul shaklida berilsa-da, tovar krediti ham qo‘llanadi. Uning ikki turi bor: 1. Kommersiya krediti — bunda tovarlar sotib olish uchun nasiyaga beriladi. 2. Lizing (ingl. leasing) — bunda mashina-uskunalar keyinchalik sotib olish sharti bilan ishlatib turish uchun ijaraga beriladi, ularning pulga chaqilgan narxiga teng summa qarzga berilgan bo‘ladi. Bank krediti bir qator tamoyillarga asoslanadi: 1) Kredit ma’lum muddatga beriladi (masalan, 3 oy, 6 oy, 1 yil, 3 yilga va h.k.); 2) Kredit oluvchi qarz haqi — foiz to‘lashi kerak; 3) Kredit vaqti kelganda qaytarilishi kerak; 4) Kredit kafolatlanishi zarur, ya’ni qarz oluvchi biror bir qimmatbaho narsani (yer, bino, aksiya, obligatsiya, javohirot buyumlarini) garovga qo‘yishi talab qilinadi. 10.7. Foizlar Qarz puli ham tovar bo‘lganidan, uning narxi bor, bu foizdir. Foiz puldan foydalanganligi uchun beriladigan to‘lov. Foiz darajasi yoki stavkasi degan tushuncha bor. Bu foiz miqdori qarzning qancha qismiga, ya’ni qanday ulushiga teng bo‘lishini bildiradigan nisbiy 104
summasi (K r ) foiz stavkasiga (g s ) ko‘paytirilib, 100 ga bo‘linadi: 100
g r s G × = Misol uchun korxona bankdan 125 mln so‘m kreditni bir yilga 8 foiz to‘lash sharti bilan olgan bo‘lsa, to‘laydigan foiz miqdori quyidagicha bo‘ladi: 125 8 10, 0mln so‘m 100 G × = = Foizni to‘lash uchun tadbirkorlik maqsadida qarz ko‘tarilgan pulni ishlatishdan olingan foyda foiz miqdoridan ko‘p bo‘lishi kerak. Yuqoridagi misolga qaytsak, 125 mln so‘m kreditga 8 foiz haq to‘lash uchun uni ishlatishdan tushgan foyda normasi (F), masalan, 12 foiz bo‘lishi kerak. Bunda F>G, ya’ni 12>8 bo‘ladi. Foiz darajasi ko‘p omillarga bog‘liq, ulardan asosiylari quyidagilar: kreditga bo‘lgan talab va taklif; uning muddati va to‘lash sharti; inflatsiya darajasi; qarz berishning xatarli bo‘lishi va h.k. Download 36.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling