Korxona va tashkilotlar moliyasi statistikasi


Download 36.18 Kb.
bet5/10
Sana27.12.2022
Hajmi36.18 Kb.
#1067917
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
KORXONA VA TASHKILOTLAR MOLIYASI STATISTIKASI

a) Joriy depozitdagi pul egasining talabiga binoan darhol qaytarib
beriladi. Bunday pul hisob varag‘i muhlatsiz hisob varag‘i deyiladi.
b) Muhlatli depozitga qo‘yilgan pul uning egasiga xohlagan vaqtda
emas, ma’lum vaqtdan, masalan, bir yildan so‘ng va bankni barvaqt-
roq ogohlantirilgandan so‘ng qaytariladi.
Depozitdagi pulni naqd pulga aylantirib olish mumkin, lekin
bunga har doim ham zarurat bo‘lavermaydi, chunki depozitdagi
mablag‘ hisobidan chek berish va shu chek orqali kerakli narsani
xarid qilish mumkin. Chek — pulning o‘rinbosari, u to‘lov vositasi
sifatida qabul qilinadi, masalan, televizor yoki avtomashina sotib

102
olinganda. Bundan tashqari, depozitdagi pulni bir hisob varag‘idan


boshqasiga o‘tkazib qo‘yish bilan ham to‘lov operatsiyasi bajariladi.
Masalan, bir firma boshqasidan metall sotib oladi. Bunda xaridor
firmaning «Paxta bank»idagi puli sotuvchi firmasining «Biznes
bank»dagi hisob varag‘iga o‘tkazib qo‘yiladi. Bu bilan ora ochiq bo‘ladi.
Bank xizmatidan foydalanib o‘z ishini bitiruvchilar bank mijozlari
deb yuritiladi. Bular jumlasiga firmalar, davlat idoralari, jamoat
tashkilotlari, fuqarolar, chet elliklar kiradi. Ularning pulini bank kerakli
joyga o‘tkazib beradi.
Bank bir to‘lovni ikkinchi to‘lov bilan qoplash ishini ham ado
etadi. Agar «A» firma «B» firmadan 2 million so‘m qarz bo‘lsa, o‘z
navbatida «A» firmadan «D» firma 2 million qarz, deylik. Bank «D»
firmaning puli bilan «A» firmaning qarzini qoplaydi. Bunday ishni
bajarish kliring operatsiyasi deyiladi.
Banklar o‘z mijozlariga kredit kartochkalari beradi. Shu kartochka naqd
pul yoki chek o‘rniga o‘tadi. Тovar xarid etilganda uning haqi kredit
kartochkasida ko‘rsatilgan puldan chegirib olinadi, mijozning hisob varag‘i
turgan bankdan savdo firmasining hisob varag‘i bor bankka o‘tkazib qo‘yiladi.
O‘zbekistonda ish haqining bir qismi plastik kartochkalarga o‘tkaziladi.
Banklar o‘z mijozlariga qulaylik yaratish uchun naqd pul beri-

Download 36.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling