1. Iqtisodiy xarajatlar. O‘zbekistonda iqtisodiy xarajatlar xalq
xo‘jaligi xarajati deb yuritiladi. Bularga moddiy zaxiralarni tashkil etish,
korxonalarga moliyaviy yordam ko‘rsatish, ishlab chiqarish va ijtimoiy
sohalarga pulni investitsiyalash, davlat qarzini to‘lash kiradi.
2. Ijtimoiy xarajatlar. Bularga ta’lim, madaniyat, sog‘liqni saqlash
kabi sohalarni pul bilan ta’minlash, aholiga nafaqalar va pensiyalar,
muhtojlarga bir yo‘la yordam ko‘rsatish sarflari kiradi.
3. Davlatni idora qilish xarajatlari. Bunga markaziy va mahalliy hoki-
miyat organlarining, chunonchi, hukumat, turli vazirliklar, parlament, pre-
zident idoralari, joylardagi (munitsipal) davlat idoralarining sarflari kiradi.
Budjet defitsiti (kamomadi) degan narsa bor. Budjet defitsitli
bo‘lganda, uning xarajatlari daromadlaridan ko‘p bo‘ladi, ya’ni uning
natijasi manfiy bo‘ladi. Budjet profitsitli bo‘lganda, daromadlar xara-
jatlardan ortib qoladi, ya’ni uning natijasi musbat bo‘ladi (10.2-rasm).
Soliq — bu korxona, tashkilotlar va fuqarolar budjetga beradigan
majburiy pul to‘lovidir.
Moliya vazirligi
BUDJET
DA
RO
M
AD
XA
RA
JAT
10.1-rasm. Daromad va xarajatlar.
100
Budjet ikki darajalidir. Birinchisi, markaziy budjet, bu O‘zbekis-
tonda Respublika davlat budjeti deb yuritiladi. Ikkinchisi, munitsi-
pal budjetlar, bular O‘zbekistonda mahalliy budjet nomini olgan.
Davlat budjetining daromadlari va xarajatlari shu ikki turdagi
budjetlar o‘rtasida taqsimlanadi.
10.4. Moliyalashtirish usullari
Moliya bor ekan, moliyalashtirish ham bo‘ladi.
DAROMAD
DEFITSIT
XARAJAT
XARAJAT
DAROMAD
PROFITSIT
10.2-rasm. Defitsit va profitsit.
Moliyalashtirish muayyan davrda ma’lum ishlarni pul bilan
ta’minlashdir.
Budjet
Ta’lim xarajati
Kollejlar xarajati
Ijtimoiy xarajatlar
Moliyalashtirishning 3 ta usuli bor:
Do'stlaringiz bilan baham: |