Korxona va tashkilotlar moliyasi statistikasi


ladigan avtomatlar — bankomatlar


Download 36.18 Kb.
bet6/10
Sana27.12.2022
Hajmi36.18 Kb.
#1067917
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
KORXONA VA TASHKILOTLAR MOLIYASI STATISTIKASI

ladigan avtomatlar — bankomatlar orqali ularga xizmat ko‘rsatadi
Bu usul mijoz uchun o‘ta qulay bo‘lib, pulni yozin-qishin, ke-
cha-yu kunduz, istalgan vaqtda olishi mumkin.
Banklar valuta auksionida qatnashib, katta miqdorda valuta sotib
oladilar, shuningdek, aholidan ham valutani xarid etadilar, so‘ngra
uni sotib, bu ishdan daromad ko‘radilar. Banklarda maxsus valuta
hisob varaqlari ham bo‘ladi, undagi valutani chet elda turib ham olish
mumkin. Xullas, banklar pul bilan bog‘liq xilma-xil ishlarni bajaradilar.
Yer yuzida banklar o‘z mijozlariga 600 xil xizmatlarni ko‘rsatadilar.
10.6. Bank operatsiyalari
Bank bajaradigan ish bank operatsiyalari deb yuritiladi. Bank
operatsiyasi 2 turga bo‘linadi: 1. Passiv operatsiya — bu bankka pul
mablag‘larini jalb etishdir. Buning passiv deb atalishiga sabab, bu
bankka daromad keltirmaydi, balki undan xarajat talab qiladi. Passiv
operatsiyaga depozitlarga pul qabul qilish, tashqaridan qarz olish,
o‘z aksiyalarini sotish kiradi. 2. Aktiv operatsiya — bu bank kapitalini
ishlatib daromad topish. Bu foyda keltirganidan aktiv ish deb
yuritiladi. Bunga kredit (qarz) berish, qimmatli qog‘ozlarni sotib
olib dividendga ega bo‘lish, valuta oldi-sotdisini uyushtirib, undan
pul topish, mijozlar pulini ishlatishda vositachilik qilib daromad

103
ko‘rish kabilar kiradi. Aktiv operatsiyalarning asosiy turi kredit


berishdir.
Pul bor joyda qarz olish va qarz berish yuzaga keladi, bu ishni
banklar bajaradi. Pulning o‘z egasi qo‘liga kelib tushishi va ishlatilishi
bir vaqtda yuz bermaydi, pul vaqtincha bo‘sh qoladi, ayni paytda
boshqa yerda pul yetishmay qoladi.
Firma, kompaniya, fermer, ishchi-xizmatchilar, nafaqaxo‘rlar, davlat
idoralari, mulk sohiblariga tekkan pulning bir qismi sarflansa, ikkinchi
qismi yig‘ilib, jamg‘ariladi. Pulning jamlanishi esa bankda yuz beradi.
Jamlangan pul bank orqali kredit resurslarini hosil etadi.
Bank o‘zgalar pulini jamlab, uni o‘z nomidan kreditga beradi.
Ammo banklar faqat depozitdagi o‘zgalar pulini qarzga beradi deb
o‘ylash noto‘g‘ri, chunki banklarning o‘zining ham puli bor.

Download 36.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling