Korxonada byudjetlashtirish tarkibi va tashkil etilishi
Download 35.42 Kb.
|
Корхонани бюджетлаштириш реферат
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korxonada byudjetlashtirish tarkibi va tashkil etilishi
- Korxonada byudjetlashtirishning asosiy omili
Korxonani byudjetlashtirish – korxonalarda moliyaviy rejalashtirish masalalari. Mavzuga oid rejalar: Korxonada byudjetlashtirish tarkibi va tashkil etilishi; Korxonalarda moliyaviy rejalashtirish va byudjetini ishlab chiqish. Korxonada byudjetlashtirish tarkibi va tashkil etilishi Korxona resurslarini boshqarish oson emas. Moliyaviy rejalarni tuzish, daromadlar va xarajatlar harakatini nazorat qilish, strategik va boshqaruv qarorlarini kompaniyaning iqtisodiy holati bilan bog'lash va boshqalar kerak. Moliyaviy rejalashtirish va byudjetlashtirish boshqaruvda ushbu vazifalarni hal qilishga yordam beradi. Bu jarayon nimalarni o’z ichiga oladi?, qanday byudjetlar mavjud va korxonada byudjet tuzishni qaerdan boshlash kerak? Mazkur savollar orqali, buni tushunishga harakat qilamiz. Korxonada byudjetlashtirishning asosiy omili- byudjetlashtirishning asosiy vazifasi bu tashkilotni zarur resurslar, shu jumladan moliyaviy resurslar bilan ta'minlashdan iboratdir. Bu esa ikkita oddiy qoidadan iboratdir ya’ni -mavjud resurslarni taqsimlash va kelajakda yangi tushumlarni rejalashtirishdir. Umuman jahondagi mavchud qoidalar nuqtai nazaridan qaralsa, byudjetlashtirish tashkilotga strategik maqsadlarga erishishga va raqobat jarayonlarida g'alaba qozonishga yordam beradi. Kompaniyada resurslar mavjud bo'lgan holatda, ishonch bilan ish sur'atini oshirilishi, yangi bo'shliqlarni to’ldirilishi, umuman qisqa qilib bir so'z bilan aytganda, rivojlantirilishi mumkin. Shuning uchun har qanday tashkilotda moliyaviy rejalashtirish yaxshigina strategiya ishlab chiqilgandan keyingina boshlanadi. Strategik maqsad aniq bo'lganda, moliya bo'limi unga erishish uchun zarur bo'lgan resurslar miqdorini va ularni qanday jalb qilishni baholaydi. Moliyaviy rejalashtirish tushunchasi byudjetlashtirishdan biroz kengroq tavsiflanadi, chunki birinchisi ikkinchisini o'z ichiga oladi. Moliyaviy rejalar kompaniyaning ma'lum bir davrda erishishi kerak bo'lgan ko'rsatkichlarni belgilasa. Byudjetlar - tashkilotning iqtisodiy rejalarini aniqlaydi, resurslarni bo'limlar o'rtasida taqsimlaydi va bu har bir menejerning kompaniya muvaffaqiyatiga qo'shgan hissasini baholashga imkon beradi. Byudjet – bu har bir kompaniyaning kelgusi davr uchun pul ko'rinishidagi faoliyatining rejasidir. U kutilayotgan daromad va xarajatlarni va kapital miqdorini ko'rsatadi va bu biznesning maqsadlariga erishishi uchun juda zarur. Download 35.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling